117
Sun’iy tahdidlar.
Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo‘ladigan salbiy ta’sirlarning
aksariyat qismi insonlar tomonidan bilmay yoki atayin qilingan xato
natijasida yuzaga keladi. Fizik xavfsizlik tizimiga insonlar tomonidan
bo‘ladigan quyidagi tahdidlar mavjud:
Vandalizim.
Xafa bo‘lgan xodimlar yoki sobiq xodimlar tizim
komponentlarini buzish yoki zarar yetkazish orqali tizimni
obro‘sizlantirishga harakat qilishlari mumkin.
Qurilmaning yo‘qolishi.
Ruxsatsiz foydalanish muhim axborot
yoki qurilmani yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Agar qurilma himoyasi
yetarli darajada bo‘lmasa, uning o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin.
Fizik qurilmalarning buzilishi.
Qurilmalarning noto‘g‘ri ishlashi,
masalan, qurilmalarning yoki ma’lumotlarning noto‘g‘ri saqlanganligi,
zararlangan qurilmalarni almashtirilmaganligi va zaif kabellar fizik
qurilmalarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
O‘g‘irlash.
Xavfsizlik tizimidagi zaifliklar jixozlarning
o‘g‘irlanishiga sabab bo‘ladi.
Terrorizm.
Tashkilot yaqinidagi yoki uning ichidagi terrorchilik
harakatlari, masalan, mashinaga qo‘yilgan, shaxslarda mavjud bo‘lgan
yoki masofadan turib boshqariluvchi bomba portlashi natijasida tashkilot
fizik xavfsizligiga turlicha zarar yetkazilishi mumkin.
Ijtimoiy injineriya.
Ijtimoiy injineriyaga shaxsiy axborotni boshqa
shaxslar tomonidan noqonuniy qo‘lga kiritish maqsadida qilgan
harakatlari sifatida qaraladi. Buzg‘unchi tashkilot xodimlaridan ijtimoiy
injineriya orqali ruxsatsiz fizik nazoratlashdan daromad ko‘radi.
Tizimlarni ruxsatsiz nazoratlash.
Har ikkala, ichki va tashki
foydalanuvchilar ham tashkilot haqidagi axborotni yoki tizimni ruxsatsiz
boshqarishga harakati.