133
Shinaning har bir uchida terminator (signalning akslanishini istisno
qiluvchi) bo‘lishi lozim. Shinaning bir uchi yerga ulanishi kerak. Shinali
topologiya “passiv”
hisoblanadi, chunki kompyuterlar signallarni
regenerasiyalamaydi. Signal so‘nishi muammosini hal etishda
tarkorlagichlardan foydalaniladi. Shinaning uzilishi butun tarmoq
ishlashining buzilishiga sabab bo‘ladi (signalning akslanishi hisobiga).
Tizimning fizik sathida axborotning sust himoyalanganligini aytish
lozim. Chunki, bir kompyuterning ikkinchi kompyuterga yuborgan
xabari boshqa ixtiyoriy kompyuterda qabul qilinishi mumkin.
“Xalqasimon”
topologiyada har bir kompyuter boshqa
ikkita
kompyuter bilan ulangan va signal aylana bo‘yicha o‘tadi (5.2-rasm).
5.2-rasm. “Xalqasimon” topologiya
Xalqasimon topologiya “aktiv” hisoblanadi, chunki har bir
kompyuter keyingi kompyuterga signal regeneratsiyalaydi.
Topologiyaing kamchiligi sifatida masshtablashning murakkabligini
hamda umumiy shina topologiyasidagidek uzilish sodir bo‘lganida
tarmoqning ishdan chiqishini va axborotning sust
himoyalanganligini
ko‘rsatish mumkin.
“Yulduzsimon” topologiya har bir kompyuterni markaziy
konsentrator bilan ulash orqali tashkil etiladi (5.3-rasm).
5.3-rasm. “Yulduzsimon” topologiya
134
Ushbu topologiyaning afzalligi uzilishlarga barqarorligi (faqat bitta
kompyuter uziladi), kompyuterlarni qo‘shish imkoniyatining kamchiligi
sifatida konsentratorga xarajatni ko‘rsatish mumkin.
“Uyali” topologiyada har bir kompyuter boshqalari bilan ulangan.
Shu tufayli ulanishlarning uzilishiga eng yuqori barqarorlikka erishiladi.
Topologiyaning kamchiligi sifatida kabelli ulanishlarga xarajatni
ko‘rsatish mumkin.
Ta’kidlash lozimki, topologiya fizik va mantiqiy bo‘lishi mumkin.
Fizik topologiya kabel yotqiziladigan yo‘lni, mantiqiy topologiya esa
signal o‘tadigan yo‘lni ko‘zda tutadi. Masalan, Token Ring arxitektura
fizik nuqtai nazardan yulduzsimon topologiyani
ifodalasa, mantiq nuqtai
nazariyadan xalqasimon topologiyani ifodalaydi.
Tarmoqqa qo‘yiladigan talablar:
−
ochiqlilik
– tarmoqning mavjud komponentlarining texnik va
dasturiy vositalarini o‘zgartirmay qo‘shimcha abonent kompyuterlarini
hamda aloqa liniyalarini (kanallarini) kiritish imkoniyati;
−
moslashuvchanlik
– kompyuterni yoki aloqa liniyalarini ishdan
chiqishi natijasida struktura o‘zgarishining ishga layoqatlikka ta’sir
etmasligi;
−
samaradorlik
– kam sarf-xarajat evaziga foydalanuvchilarga
xizmat qilishning talab etiladigan sifatini ta’minlash.
Tarmoq – turli uskunalarning birlashmasi, demak ularni
birgalikda
ishlatish muammosi jiddiy muammolardan hisoblanadi. Ishlab
chiqaruvchilarning uskuna qurilishidagi umumiy qoidalarga rioya
qilmaslaridan turli tarmoqlarni qurishda taraqqiyotga erishish mumkin
emas. Shu sababli kompyuter sohasidagi yuksalishlar standartlarda
akslanadi. Boshqacha aytganda, har qanday texnologiya, uning mazmuni
standartlarda o‘z aksini topganidagina “qonuniy” himoyaga ega bo‘ladi.
1980 – yilning boshlarida standartlash bo‘yicha qator tashkilotlar
tomonidan yaratilgan model tarmoqlar rivojida muhim rol o‘ynadi. Bu
model ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa modeli (Open System
Interconnection) yoki OSI modeli deb yuritiladi. OSI modeli
tizimlarning o‘zaro aloqasining turli sathini belgilaydi, ularga
standart
nomlar beradi va har bir sathning qanday vazifalarni bajarishini
ko‘rsatadi. Ushbu modelning talablariga muvofiq tarmoqning har bir
tizimi ma’lumotlar kadrini uzatish orqali o‘zaro aloqada bo‘lishlari
lozim. OSI modeliga binoan kadrlarni hosil qilish va uzatish 7 ta ketma-
ket harakatlar yordamida amalga oshiriladi (5.4-rasm). Bu harakatlar
“ishlash sathlari” nomini olgan.