136
adresatiga yetib kelganidan so‘ng yuqoriga qarab sathlar bo‘yicha
ko‘chiriladi. Har bir sath, ushbu sathga mos vazifalarni bajargani holda,
o‘z sathi sarlavhasini tahlillaydi va ishlatadi. So‘ngra bu sarlavhani
chiqarib tashlab, axborotni yuqori sathga uzatadi.
OSI modelida protokollarning ikki xili farqlanadi.
Ulanishni
o‘rnatishli
(connection oriented) protokollarida ma’lumotlarni
almashishdan avval uzatuvchi va qabul qiluvchi ulanishni o‘rnatishi va
ehtimol, ma’lumotlar almashishida ishlatiladigan protokolning ba’zi
parametrlarini tanlashi lozim. Muloqot tugaganidan so‘ng ular ulanishni
uzib tashlashlari lozim. Ulanishni o‘rnatishga asoslangan o‘zaro aloqaga
misol sifatida telefonni ko‘rsatish mumkin.
Protokollarning ikkinchi guruhi – oldindan ulanishni o‘rnatishsiz
(connection less) protokolidir. Bunday protokollarni
datagrammali
protokollar ham deb yuritiladi. Uzatuvchi axborotni u tayyor bo‘lganida
uzatadi. Oldindan ulanishni o‘rnatishsiz aloqaga misol sifatida xatni
pochta qutisiga tashlashni ko‘rsatish mumkin. Kompyuterlarning uzaro
aloqasida protokollarning ikkala xili ishlatiladi.