• Noutbuklarni stolga qulflash vositasi
  • K. A. Tashev texnika fanlari nomzodi, dotsent, Muhammad




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/133
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,33 Mb.
    #244665
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133
    Bog'liq
    Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

    Ish joyining xavfsizligi: Muhim aktivlar va olib yuriluvchi 
    qurilmalar. 
    Tashkilot har doim o‘zining server va zaxira nusxalash 
    vositalari bilan bir qatorda, boshqa muhim aktivlar, ishchi stansiyalar, 
    routerlar va svitchlar, printerlar, olib yuriluvchi vositalar va 
    boshqalarning xavfsizligiga e’tibor berishi lozim. Tashkilotga kiruvchi 
    va chiquvchi barcha ma’lumotlar axborot tarmog‘i orqali 
    harakatlanganligi sababli, tashkilot tarmoq kabellarining joylashuvi va 
    ularning xavfsizligiga ham jiddiy e’tibor berish lozim. 
    Ish joyining xavfsizligi: olib yuriluvchi vositalar. 
    Hozirgi kunda 
    har bir tashkilotda turli olib yuriluvchi vositalardan foydalanilmoqda. 
    Ularga leptoplar, planshetlar, proyektorlar va boshqalar misol bo‘lib, 
    ular osonlik bilan o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi va ularga zarar yetkazilishi 
    mumkin. Ushbu vositalarni fizik xavfsizligini ta’minlashda turli 
    mexanik qulflardan foydalanish yoki ularni xavfsiz xonalarda saqlash 
    choralarini ko‘rish talab etiladi (4.24-rasm). 
    4.24-rasm. Noutbuklarni stolga qulflash vositasi 


    128 
    Muhitni nazoratlash: isitish, ventilyatsiya va havoni sovitish 
    tizimlari (Heating, ventilating and air-conditioning system, HVAC). 
    Mazkur tizimlar xona yoki bino ichidagi muhitni nazoratlash uchun 
    ishlatiladi va tashkilotdagi qurilmalar ishlashi uchun zurur bo‘lgan 
    muhitni yaratishga xizmat qiladi. Ba’zi HVAC tizimlarida muzlatish 
    tizimi ham mavjud bo‘lib, ular HVAC&R (Refrigeration) tizimlari deb 
    ataladi. Ular nafaqat qurilmalar ishlovchi mos sharoitni yaratish uchun, 
    balki xodimlar ishlashi va tashkilot faoliyati uchun zarur bo‘lgan 
    muhitni yaratish uchun ham qo‘llaniladi.
    Muhitni nazoratlash: elektromagnit shovqinlarni ekranlash. 
    Tashkilotda elektron qurilmalardan hosil bo‘ladigan elektromagnit 
    shovqinlar atrofdagi boshqa qurilmalar ishiga ta’sir etishi mumkin. 
    Elektromagnit shovqinlarni ekranlashda elektron vositalar metall bilan 
    qoplanadi, natijada tarqaluvchi elektr to‘lqinining boshqa vositalarga 
    ta’siri keskin kamayadi. Bundan tashqari, qurilmalarni maxsus 
    materiallar bilan to‘sish orqali boshqa qurilmalardan ajratish mumkin. 
    Tashkilotlarda elektron qurilmalar soni ko‘p bo‘lgan hollarda (masalan, 
    telekommunikatsiya yoki shifoxonalarda) ularni ekranlash zaruriyati 
    yanada ortadi. 
    Fizik xavfsizlik: ogohlik / o‘qitish. 
    Yaxshi o‘qitilgan va malakaga 
    ega bo‘lgan xodim tashkilotning fizik xavfsizligiga bo‘lgan risklarni 
    minimallashtirishi mumkin. Yuqori fizik xavfsizlikni ta’minlashda 
    tashkilot o‘z xodimlari uchun ogohlik mashg‘ulotlarini tashkil etishi 
    lozim. Ogohlantirish yoki o‘qitish dasturlari quyidagilarni nazarda 
    tutishi shart: 
    -
    hujumlarni kamaytiruvchi usullarni ta’minlashni; 
    -
    maxfiy axborotni olib yurishdagi risklarni; 
    -
    xavfsizlik xodimlarining muhimligini; 
    -
    barcha qurilma va ma’lumotlarga bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
    hujumlar ehtimolini baholashni. 
    Tashkilotlar fizik xavfsizlik bo‘yicha ogohlik/ o‘qitish kurslarini 
    tashkil etishda turli usullardan foydalanishlari mumkin: 
    -
    sinf mashg‘ulotlari – 
    ma’ruzaga asoslangan interaktiv sinf 
    mashg‘ulotlarining afzalligi: 
    o
    barcha noravshan va noaniq masalalar shu joyning o‘zida 
    aniqlanadi; 
    o
    webga asoslangan yoki uchrashuvga asoslangan o‘qitish 
    sessiyalarini amalga oshiradi; 


    129 
    o
    rol o‘ynash yoki simulyatsiya o‘yinlari orqali o‘qitish yanada 
    interaktiv bo‘lishi mumkin. 
    -
    Aylana stol mashg‘ulotlari - 
    mazkur kurslar odatda oylik yoki 
    xaftalik bo‘lib, fizik xavfsizlik zarur bo‘lganda tashkilot xodimlarini 
    o‘qitish uchun amalga oshiriladi. 
    -
    Xavfsizlik haqida xabardor qiluvchi web sayt – 
    xavfsizlik haqida 
    xabardor qiluvchi web saytni yaratish orqali xodimlar o‘zlariga 
    biriktirilgan vazifalarni chuqurroq o‘rganadilar. Bunda turli rasm, video 
    va misollar asosida mavjud holat tushuntiriladi. 
    -
    Master klass darslari – 
    parolni almashtirish yoki parolni 
    bilmasdan uni olib tashlash master klass darslarida amalga oshiriladi. 
    Fizik xavfsizlikni amalga oshirilganligi quyidagilar orqali 
    baholanadi: 
    1.
    Ruxsatsiz foydalanishlarni oldini olish uchun mos foydalanishlarni 
    nazoratlash usullarining o‘rnatilganligi. 
    2.
    Muhim hududlar to‘g‘ri yoritish tizimi asosida kuzatilayotganligi. 
    3.
    Turli tahdidlar, yong‘in, tutun, elektr, suv va boshqalarni 
    aniqlovchi va ogohlantiruvchi tizimlar o‘rnatilganligi va ularni to‘g‘ri 
    ishlayotganligi. 
    4.
    Eshiklarni qulflash tizimini to‘g‘ri o‘rnatilganligi va ularni to‘g‘ri 
    ishlayotganligi. 
    5.
    Tashkilot binosi va hududi yetarli sondagi qo‘riqchilar tomonidan 
    qo‘riqlanayotganligi. 
    6.
    Xavfsizlik xodimlarini o‘quv mashg‘ulotlariga yuborilganligi. 
    7.
    Xavfsizlik xodimlarini ishonchli agentliklardan olinganligi. 
    8.
    Tashkilotdagi kuzatuv kameralari to‘g‘ri o‘rnatilganligi va uzluksiz 
    ishlayotganligi. 
    9.
    Fizik xavfsizlik insidentlarini aniqlashda va qaydlashda 
    muolajalarning to‘g‘ri amalga oshirilganligi. 
    10.
    Favqulotda vaziyatlarda xodimlar bilan aloqa o‘rnatishga oid 
    axborotning mavjudligi. 

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   133




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. A. Tashev texnika fanlari nomzodi, dotsent, Muhammad

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish