• Mexanik qulflar
  • K. A. Tashev texnika fanlari nomzodi, dotsent, Muhammad




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/133
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,33 Mb.
    #244665
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133
    Bog'liq
    Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

    tumba
    kichik vertikal shaklida bo‘lib, avtomobillarni kirishidan 
    himoyalaydi; 
    -
    turniketlar 
    shaxs tomonidan mos tanga, bilet, barmoq izi yoki 
    token ko‘rsatilganida bir vaqtda bir shaxsni ichkariga kirishiga yoki 
    chiqishiga ruxsat beradi; 
    fizik himoyani tashkil qilishda 
    turli eshiklar, oynalar, panjaralar, 
    deraza pardalaridan
    ham foydalaniladi. 
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik xodimi 
    (qo‘riqchi) 
    tashkilotning fizik xavfsizligini tashkil etish, monitoringlash va 
    madadlash vazifasini bajarib, maxfiy axborotni yo‘qolishidan, 
    o‘g‘irlanishidan, noto‘g‘ri foydalanishidan himoyalash uchun xavfsizlik 
    tizimini o‘rnatish, baholash va ishlab chiqish uchun javobgardir. Yuqori 
    malakali va tajribaga ega xodim har qanday tashkilotning xavfsizligida 
    muhim rol o‘ynaydi. Tashkilotda xodimlar tomonidan amalga oshirilgan 
    himoya 
    24 × 7 × 365
    tartibida amalga oshirilishi zarur. Fizik 
    xavfsizlikka jalb etilgan shaxslar quyidagilar. 
    Qo‘riqchilar 
    odatda asosiy kirish eshigi va darvozadan 
    kiruvchilarni va xodimlarni nazorat etishga javobgar bo‘lib, xususan, 
    ulardan begona shaxslarning tashkilot hududiga kirmasligini, turli 
    taqiqlangan buyumlarni olib kirmasligini ta’minlashi talab etiladi. 
    Tashkilotdagi barcha kirish eshiklaridagi holatlar qo‘riqchilar tomonidan 
    CCTV (Closed-circuit television) kameralar yordamida kuzatib boriladi 
    va yozib olib ma’lum vaqtda saqlanadi. 
     
    Tashkilotdagi qo‘riqchilar boshlig‘i. 
    Tashkilotdagi qo‘riqchilar 
    boshlig‘i qo‘riqchilar harakatini kuzatish, talab etilgan vaqtda 
    qo‘riqchilarga ko‘mak berish, olamonni tarqatib yuborish, binodagi 
    qulflarni, yoritish tizimlarini boshqarishga javobgar. 


    122 
     
    Xavfsizlik xodimi
    tashkilot atrofida xavfsizlikka aloqador jixozlarni 
    o‘rnatish, boshqarish va ularni to‘g‘ri ishlayotganini kafolatlashi shart. 
     
    Axborot xavfsizligining bosh xodimi (Chief Information Security 
    Officer). 
    O‘tgan davrlarda, axborot xavfsizligining bosh xodimi 
    tashkilotdagi barcha xavfsizlikka aloqador jarayonlarni nazoratlashi, 
    hattoki, tarmoq va tizim xavfsizligiga ham javobgar bo‘lgan. Hozirda 
    esa, ushbu shaxslarga, asosan, texnik tomondan bilim va ko‘nikmalar 
    berilishi talab etiladi. 
    Foydalanishlarni nazoratlash: autentifikatsiya usullari. 
    Tashkilot 
    hududida shaxslarni autentifikatsiyalash vazifasi o‘rta to‘siqlar 
    vazifasini bajaruvchi turniketlar tomonidan yoki qo‘riqchilar tomonidan 
    ham amalga oshirilishi mumkin.
    Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik qulflar 
    ruxsatsiz fizik 
    foydalanishlarni cheklashda foydalaniladi. Har bir tashkilot o‘zining 
    xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda ularni tanlashi shart. 
    Quyidagi turdagi fizik qulflardan amalda keng foydalanilmoqda: 
    Mexanik qulflar
    tashkilotda fizik foydalanishlarni cheklashning 
    eng oson usuli hisoblanib, kalitli yoki kalitsiz bo‘lishi mumkin. Mexanik 
    qulflarga 4.19-rasmda misollar keltirilgan. 
    4.19-rasm. Mexanik qulflar 
     
    Raqamli qulflar: 
    raqamli qulfli eshiklarni ochish uchun biror 
    narsani (kalitni) olib yurish talab etilmaydi, barmoq izi, smart karta yoki 
    PIN koddan oson foydalaniladi.
    Elektr/ elektromagnetik qulflar: 
    elektr yoki elektron qulflash tizimi 
    elektr quvvatini kamaytirishga asoslangan bo‘lib, natijada eshik 
    ochiladi. Ularni, odatda magnit yoki va elektromotor faollashtiradi va 
    deaktivlashtiradi. Ushbu qulflar ochilishi uchun kalit talab etilmaydi.

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K. A. Tashev texnika fanlari nomzodi, dotsent, Muhammad

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish