• Zararli hujumlar.
  • Xizmatdan voz kechishga undash (Denial of service, DOS)




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/133
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,33 Mb.
    #244665
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133
    Bog'liq
    Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

    Xizmatdan voz kechishga undash (Denial of service, DOS) 
    hujumlari. 
    Xizmatdan voz kechishga qaratilgan hujumlarda hujumchi 


    140 
    mijozlarga, foydalanuvchilarga tashkilotlarda mavjud bo‘lgan biror 
    xizmatni cheklashga urinadi. DOS hujumlari biror axborotning 
    o‘g‘irlanishiga yoki yo‘qolishiga olib kelmasada, tashkilot funksiyasini 
    bajarilmasligiga sababchi bo‘ladi. DOS hujumlari tizimda saqlangan 
    fayllar va boshqa maxfiy ma’lumotlarga, hattoki web-saytning 
    ishlashiga ham ta’sir qiladi. Ushbu hujum bilan web-sayt faoliyatini 
    to‘xtatib qo‘yish mumkin. 
    Taqsimlangan DOS hujumlar: (Distributed DOS, DDOS). 
    DDOS 
    keng qamrovli nishondagi tizim va tarmoq resurlarida xizmatdan 
    foydalanishni buzishga qaratilgan hujum bo‘lib, Internetdagi ko‘plab 
    zombi kompyuterlar orqali bilvosita amalga oshiriladi. Bunda, hujum 
    ostidagi xizmatlar asosiy nishon deb qaralib, tizimlarni obro‘sizlantirish 
    (zombi holatiga olib kelish) ikkilamchi nishon deb qaraladi.
    Zararli hujumlar. 
    Zararli hujumlar tizim yoki tarmoqqa bevosita 
    va bilvosita ta’sir qiladi. Zararli dastur – fayl bo‘lib, kompyuter tizimiga 
    tahdid qilish imkoniyatiga ega va troyanlar, viruslar, “qurt”lar 
    ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
    Zararli dasturiy vositalari foydalanuvchining ruxsatisiz hujumchi 
    kabi g‘arazli amallarni bajarishni maqsad qilgan vosita hisoblanib, ular 
    yuklanuvchi kod (.exe), aktiv kontent, skript yoki boshqa ko‘rinishda 
    bo‘lishi mumkin. Hujumchi zararli dasturiy vositalardan foydalangan 
    holda tizim xafsizligini obro‘sizlantirishi, kompyuter amallarini buzishi, 
    maxfiy axborotni to‘plashi, web saytdagi kontentlarni 
    modifikatsiyalashi, o‘chirishi yoki qo‘shishi, foydalanuvchi kompyuteri 
    boshqaruvini qo‘lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, zararli 
    dasturlardan hukumat tashkilotlaridan va korporativ tashkilotlardan katta 
    hajmdagi maxfiy axborotni olish uchun ham foydalanish mumkin. 
    Zararli dasturlarning hozirda quyidagi ko‘rinishlari keng tarqalgan: 
    -
    viruslar: 
    o‘zini o‘zi ko‘paytiradigan dastur bo‘lib, o‘zini boshqa 
    dastur ichiga, kompyuterning yuklanuvchi sektoriga yoki hujjat ichiga 
    biriktiradi;
     
    -
    troyan otlari: 
    bir qarashda yaxshi va foydali kabi ko‘rinuvchi 
    dasturiy vosita sifatida o‘zini ko‘rsatsada, yashiringan zararli koddan 
    iborat;
     
    -
    adware:
    marketing maqsadida yoki reklamani namoyish qilish 
    uchun foydalanuvchi faoliyatini kuzatib boruvchi dasturiy ta’minot;
     
    -
    spyware: 
    foydalanuvchi ma’lumotlarini qo‘lga kirituvchi va uni 
    hujumchiga yuboruvchi dasturiy kod;
     
    -
    rootkits: 
    ushbu zararli dasturiy vosita operatsion tizim 
    tomonidan aniqlanmasligi uchun o‘z harakatlarini yashiradi;
     


    141 
    -
    backdoors: 
    zararli dasturiy kodlar bo‘lib, hujumchiga 
    autentifikatsiyani amalga oshirmasdan, aylanib o‘tib tizimga kirish 
    imkonini beradi, masalan, ma’mur parolisiz imtiyozga ega bo‘lish;
     
    -
    mantiqiy bombalar: 
    zararli dasturiy vosita bo‘lib, biror mantiqiy 
    shart qanoatlantirilgan vaqtda o‘z harakatini amalga oshiradi;
     
    -
    botnet: 
    Internet tarmog‘idagi obro‘sizlantirilgan kompyuterlar 
    bo‘lib, taqsimlangan hujumlarni amalga oshirish uchun hujumchi 
    tomonidan foydalaniladi;
     
    -
    ransomware: 
    mazkur zararli dasturiy ta’minot qurbon 
    kompyuterida mavjud qimmatli fayllarni shifrlaydi yoki blokirovkalab, 
    to‘lov amalga oshirilishini talab qiladi.
     
     

    Download 3,33 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133




    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xizmatdan voz kechishga undash (Denial of service, DOS)

    Download 3,33 Mb.
    Pdf ko'rish