Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari




Download 123.46 Kb.
bet15/22
Sana24.03.2017
Hajmi123.46 Kb.
#2185
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

1.Ikkinchi jahon urushi yillaridan so’ng O’zbekistonda 50-60 yillarda sanoat va qishloq xo’jaligini boshqarish tizimiga ayrim o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 1954-1956 yillari ittifoq miqyosidagi bir qator yirik korxonalar respublika ixtiyoriga o’tkazildi. Natijada sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning salmog’i 31 foizdan 55 foizga ko’tarildi. Xo’jalikni boshqarishda iqtisodiy omillarga suyanish, mehnat manfaatdorligini oshirish va boshqa tadbirlar o’z samarasini bermadi, chunki jamiyatda tub islohatlar o’tkazilmagan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan, ya’ni tabiiy boyliklardan o’rinsiz, hisobsiz foydalanish, butun xalqning mehnatini haddan ortiq ekspluatatsiya qilish hisobiga 50-60- yillarda sanoatning yangi sohalari vujudga keldi.

2.50-60-yillari O’zbekistonda paxta maydonini yanada kengaytirish maqsadida qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish ishlari olib borilib, 1945-1985-yillari qariyib 2.400.000 gektar yangi yerlar o’zlashtirildi. Sug’orish ishlarini yaxshilash uchun sun’iy suv omborlari qurildi.Qishloq xo’jaligi uchun traktor, paxta terish mashinasi va boshqa texnika uskunalari tayyorlab berildi. Paxtachilikning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bilan birga paxta hosildorligini oshirish uchun kimyoviy moddalardan cheksiz foydalanildi. Ko’rilgan tadbirlar natijasida 1970 yili respublikada paxta maydoni 1.700.000 gektarni tashkil qildi, yalpi hosil 4.495.000 tonnaga yetdi. Paxta ekin maydonlarining o’rinsiz kengaytirilishi va agrotexnika qoidalarining buzilishi tufayli yerlarning hosildorligi pasayib ketdi. Hosildorlikni oshirish uchun ekin maydonlarida haddan tashqari ortiqcha meneral o’g’itlardan foydalanish oqibatida bu yerlar ma’lum bir vaqtdan keyin batamom yaroqsiz holatga kelib qoldi. Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, O’rta Osiyoning yirik daryolari suvlaridan nazoratsiz foydalanish, o’lkada o’rinsiz ravishda sun’iy suv havzalarining qurilishi natijasida Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi va XX asrning eng yirik Orol fojeasi vujudga keldi.

3.20-30-yillardan boshlab adabiyot va san’at sohasida jahonga mashhur yozuvchilar va shoirlar yetishib chiqdi. Teatr va kino san’ati o’zining dastlabki qadamlarini qo’ydi. Madaniy-oqartuv muassasalarini soni ortib bordi. Achinarlisi shundaki, respublikada ta’lim-tarbiya, madaniy-ma’rifiy ishlar «Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» niqobi bilan pardalanib, o’lkada rus madaniyatini, ularning turmush tarzini taqatishdan iborat bo’ldi. 1938 yil 19 martda O’zbekiston rahbariyati milliy maktablarda majburan rus tilini o’qitish to’g’risida qaror qabul qilindi. O’qishlar va idoralarda ish yuritishlar 1929 yildan boshlab lotin, 1940 yildan boshlab krill alifbosida olib boriladigan bo’ldi. Bularning oqibatida ko’p asrlar davomida arab alifbosida yaratilgan tariximiz, madaniyatimizni o’rganishdan respublikaning tub aholisi mahrum bo’ldi. 1927 yili o’tkazilgan «Hujum» harakati oqibatida o’zbek xotin-qizlari jahon taraqqiyotiga tortilgan holda, ikkinchi tomonda, ular industriyalashtirish girdobiga keng jalb qilinib, o’zlarining tabiiy burchlarini bajarish hamda sharqona fazilatlardan mahrum bo’ldilar. Madaniy-ma’rifiy muassasalar kompartiyaining g’oyalarini, sotsialistik mafkurani omma o’rtasida keng tarqatish yuzasidan faol ishlar olib borildi.





Download 123.46 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Download 123.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Download 123.46 Kb.