|
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 20/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org2. Texnik topshiriqning tuzilishi.
Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizim iyerarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli aloqalami o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl)ni shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxijadvallari orasida alohida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkonini beradi.
Bir pog‘onadagi ma’lumotning boshqa pog‘onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.
Relyatsion tizim. Relyatsion tizim 1970- yilda IBM firmasining xodimi E.F.Kodd tomonidan taklif etilgan bo‘lib, hozirgi paytda eng ko‘p tarqalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma’lumotlar orasida eng qulay bog‘lanishlami amalga oshirish mumkin.
Ma’lumotlarning relyatsion modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning relyatsion ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning relyatsion tizimi deyiladi.
Ma’lumotlarningjadval ko‘rinishida saqlanishiga ma’lumotlarning relyatsion modeli deyiladi.
Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo‘qligi tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish mumkin. Ya’ni ixtiyoriy to‘zilishga ega ma’lumotni ikki o‘lchamli jadval ko‘rinishiga keltirish mumkin.
Mashina muhitida ma’lumotlarni tashkil etish ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, mantiqiy va fizik pog‘onalar bilan xarakterlanadi. Ma’lumotlarni bevosita fizik tashkil etishda ularni mashina "tashuvchisi"da joylashtirish usuli aniqlab olinadi. Zamonaviy amaliy dasturlar vositalarida ma’lumotlarni tashkil etishning bu pog‘onasi avtomatik ravishda foydalanuvchi aralashuvisiz ta’minlanadi. Odatda, foydalanuvchi amaliy dasturlar vositalarining ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etish haqidagi tushunchalar bilan operatsiyalar bajaradi. Mashina “tashuvchisi”da ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etish, foydalanilayotgan dasturiy vositalardan va mashina muhitida ma’lumotlar bilan yuritishdan bog‘liq. Ma’lumotlarni tashkil etishning mantiqiy usuli foydalanilayotgan ma’lumotlar tuzilishining turi va dasturiy vositalar orqali qo‘llaniladigan modelning shakli aniqlanadi.
|
| |