• Adabiyotlar
  • Tayanch tushunchalar
  • Mavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar




    Download 378,85 Kb.
    bet22/89
    Sana12.12.2023
    Hajmi378,85 Kb.
    #116419
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
    Bog'liq
    Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org

    Mavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar:
    1. Ma’lumotlarning qanday turlarini bilasiz?
    2. Belgili ma’lumotlar haqida gapirib bering.
    3. Sonli ma’lumotlar haqida gapirib bering.
    4. Mantiqiy ma’lumotlar haqida gapirib bering.
    5. Iyerarxik,tarmoqli, relyatsion tizimlar haqida gapirib bering.


    Adabiyotlar:
    1. Грекул В.И., Денищенко Г.Н., Коровкина Н.Л. Проектирование информационных систем. Учебное пособие. Интернет-университет, университет информационных технологий, – М., 2005. – 304 с.
    2. Рочев И.В. Информационные технологии. Анализ и проектирование информационных систем. Учебное пособие. 2-е изд. испр. – Москва-Cанкт-Петербург: Ланг., 2019. – 128 с.
    3. Крэг Ларман. Применение UML 2.0 и шаблонов проектирования. Практическое руководство. 3-е изд. Издательский дом “Вильямс”. – М.: 2013. – 736 с.

    1.7. Axborot tizimiga talablar



    Reja:
    1. Tizimga talablar. Tizimga umumiy talablar.

    2. Tizim bajaradigan funksiya (masala)larga talablar.


    3. Ta’minot turlariga talablar.


    Tayanch tushunchalar: tizimga talablar; funksiyalarga talablar; ta’minot turlariga talablar.
    1. Tizimga talablar. Tizimga umumiy talablar.

    Ierarxik modellarda kalit bo‘yicha bevosita kirish odatda, faqat boshqa obyektlarga tobe bo‘lmagan eng yuqori pog‘onadagi obyektgagina mumkin. Boshqa obyektlarga kirish modelning eng yuqori pog‘onasidagi obyektdan aloqalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tarmoqli modellarda esa kalit bo‘yicha bevosita ixtiyoriy obyektga kirish (uning modelda joylashgan pog‘onasidan qa’tiy nazar) ta’minlanishi mumkin. Shuningdek, aloqalar bo‘yicha har qanday nuqtadan kirish ham mumkin. Tarmoqli modellarda obyekt (yozuv, fayl)ning tuzilmasi ko‘pincha chiziqli va kamroq hollarda esa ierarxik bo‘ladi. Quyi pog‘onadagi ma’lumotlarning tuzilmasi ham o‘z xususiyatga va nomiga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, atribut bu ma’lumotlar elementining analogi. Chiziqli tuzilmaga ega bo‘lgan obyekt faqat oddiy va kalit atributlardan iborat. Ierarxik modellardagi obyekt (yozuv, segment) tuzilmasi ierarxik yoki chiziqli bo‘lishi mumkin.
    Turli predmet sohalari uchun ma’lumotlarning tarmoqli modeli ierarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko‘plab predmet sohalarining ma’lumotlari o‘rtasidagi aloqalar tarmoqli ko‘rinishga ega. Bu esa ma’lumotlarning ierarxik modeliga ega bo‘lgan MBBTdan foydalanishni cheklab qo‘yadi. Tarmoqli modellar, ma’lumotlarning ierarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi. Bundan tashqari, tarmoqli modellar bilan ishlash texnologiyasi foydalanuvchi uchun qulaydir, chunki ma’lumotlarga kirishni amalga oshirishda hech qanday cheklashlar yo‘q va bevosita ixtiyoriy pog‘onadagi obyektlarga kirish imkoni mavjud.
    Ierarxik ma’lumotlar bazasida - ma’lumotlar ierarxiya (daraxt) ko‘rnishida saqlanadi.
    Masalan, bu erda A12 tugunidagi ma’lumotni olish uchun, oldin MBdan A tugun, keyin A1 tugun va undan keyin A12 topiladi.
    Tarmoq ma’lumotlar bazasi - ichki ma’lumotlar strukturasi, biri ikkinchisiga bog‘liq ravishda bo‘ladi. Uning ko‘rinishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin.
    Ierarxik va tarmoq modellarida ma’lumotlar tasvirining murakkabligi va bu ma’lumotlar orasidagi aloqani MBni loyihalashda aniqlash kerak bo‘lib, bu esa MBga so‘rov berilganda rellyasion MB jadvallari orasida aloqa o‘rnatishni ta’minlab beradi.
    Ma’lumotlarga tezkor ishlov berish tizimlari. Bunday tizimlarga murojaat qilish uchun OLTP (On-line Transaction Processing - tranzaktsiyalarni onlayn ishlashi yoki real vaqt rejimida operatsiyalarni bajarish) atamasidan foydalaniladi. Bunday tizimlar juda ko‘p foydalanuvchilarning nisbatan oddiy so‘rovlariga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan. Bunday tizimlarning ishlashining mantiqiy birligi bu ma’lumotlar manipulyatsiyasi operatsiyalarining ajralmas ketma-ketligi bo‘lgan o‘qish (o‘chirish, kiritish va o‘zgartirish).
    Ajratishsizlik, agar tranzaktsiyaga kiritilgan barcha operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarilgan bo‘lsa, ma’lumotlarga kiritilgan o‘zgartirishlarni amalga oshirish faktini aniqlaydi. Agar hech bo‘lmaganda bitta operatsiya bajarilmasa, u holda e holatidagi o‘zgarishlar ma’lumotlarning holatida aks etmaydi.
    O‘zgarishlarning yaxlitligi. Ma’lumotlar bazasidagi barcha o‘zgarishlar saqlanadigan ma’lumotlarning yaxlitligini buzmasligi kerak va buning uchun o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qadamlarni tizim tomonidan umuman qabul qilish kerak.

    Download 378,85 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




    Download 378,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar

    Download 378,85 Kb.