1.9. Asosiy mahsulotlar.
Reja:
1. Yechimli hujjatlar: dasturiy ta’minot bo‘yicha.
2. Yechimli hujjatlar: texnik ta’minot bo‘yicha.
3. Yechimli hujjatlar: axborot ta’minoti bo‘yicha.
Tayanch tushunchalar: dasturiy ta’minot bo‘yicha yechimli hujjatlar; texnik ta’minot bo‘yicha yechimli hujjatlar; axborot ta’minoti bo‘yicha yechimli hujjatlar.
1. Yechimli hujjatlar: dasturiy ta’minot bo‘yicha.
Hozirgi kunda axborot bilan ishlash, uni qabul qilish, yaratish, qayta ishlash koʻp vaqt talab qilmoqda. Shuning uchun 1995-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan axborotlarni kirituvchi, uni tahrir qiluvchi, ularni jadval usulida tartiblovchi, hattoki matematik amallarni bajaruvchi Microsoft Office paketi dasturini ishlab chiqdi.
Bu dastur kundan kunga koʻpgina kerakli dasturlarni oʻz ichiga olmoqda. Masalan ular ichida eng koʻp foydalanadiganimiz MS Word, MS Excel, MS PowerPoint va h.k.
Microsoft Office dasturi ilk bor Windows 95 operatsion tizimi uchun 1995-yilda Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan. Microsoft Office 95 paketida asosan Excel, Word, Publisher dasturlari joy olgan edi. Keyinchalik 1998-yilda Microsoft yangi Office dasturini Microsoft Office 98 deb nomlanuvchi paketni ishlab chiqdi. Bu paketga qoʻshimcha qilib, Outlook va Power Point dasturlari kiritildi. 2000, 2003, 2007, 2010 va 2013 yilda yaratilgan Office paketidagi dasturlar soni yil sayin koʻpayib takomillashib kelmoqda. Hozirgi kunda eng koʻp foydalaniladigan turi bu Microsoft Office 2003 dasturidir. Bu dastur nafaqat mutaxassislar balki yangi ishlovchilar uchun ham bir muncha qulay.
Microsoft Office versiyasi
|
Tarkibidagi dasturlar soni
|
Ishlab chiqarilgan yili
|
Microsoft Office 95
|
3
|
1995
|
Microsoft Office 97
|
4
|
1997
|
Microsoft Office 2000
|
5
|
2000
|
Microsoft Office XP
|
5
|
2001
|
Microsoft Office 2003
|
7
|
2003
|
Microsoft Office 2007
|
9
|
2006
|
Microsoft Office 2010
|
9
|
2009
|
Microsoft Office 2013
|
12
|
2012
|
Microsoft Office 2010 paketining imkoniyatlari. Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qoʻshilib borsada, oʻz koʻrinishini oʻzgartirmagan edi. Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2007 paketi oʻzidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan boʻlsada, koʻrinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi. Bu farqni dasturlarning ish sohasiga ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida sezish mumkin.
Microsoft Word - Windows muhitida ishlash uchun moʻljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri boʻlib, uni matn muharriri deb atashadi. U har xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blankalar va anketalar, maqolalar hamda risolalar ham tayyorlash mumkin. Word -matn kiritish, tahrirlash, nusxa olish, formatlash, jadval oʻrnatish, grafik oʻbektlar qoʻyish va umuman matnlar tayyorlash dasturidir.
Wordda hujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, koʻplab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. Word WYSIWYG (nimani koʻrsang shuni olasan, ya’ni ekranda qanday koʻrinsa, chop etilganda qogʻozda ham shundayligicha koʻrinadi) turidagi muharrirlar guruhiga kiradi.
Odatda Word matnli fayllarni oʻzining shaxsiy ikkilik formatida .doc kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli lahjasi .rtf format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn muharrirlari tomonidan ham qoʻllash uchun qabul qilingan. RTF formati oʻzining matnli tuzilmasi boʻyicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Hozirda .doc formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi boʻlib hizmat qilmoqda. Bu muharrirning oxirgi lahjalari fayllarni gipermatnli formatlarda ham saqlash imkoniyatiga ega.
|