|
Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari
|
bet | 26/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org1. Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma’lum algoritmlar bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Masalan, har bir firmada o‘zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo‘lishi kerak.
2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan insonlarning axborotga bo‘lgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o‘tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o‘z ichiga oladi.
3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot texnologiyalari bu — tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muharriri, Excel elektron jadvali, Power point taqdimot dasturi, Microsoft Access ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko‘plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta’minlay oladi.
Ma’lumotlar ombori. Har qanday axborot texnologiyasining majburiy komponenti ma’lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan ofisda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi.
Matn protsessori. Bu matnli hujjatlarni tashkil etish va ularga ishlov berishga mo‘ljallangan dasturiy vosita turidir. Masalan, matn muharririda tayyorlangan xat va hujjatlarni doimiy ravishda qabul qilish menedjerga firmadagi holatni doimo nazorati ostida tutishga yordam beradi.
Elektron pochta (E-mail) — kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo‘lib, hamkorlarga ma’lumotlar junatish yoki ulardan ma’lumot olish imkoniyatini yaratadi.
Audiopochta — bu ma’lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi pochtadir.
|
| |