|
Mavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar
|
bet | 34/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.orgMavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar:
1. Office dasturlari paketi va uning tarkibi qanday tuzilgan?
2. Elektron jadvallar qanday masalalarni yechish uchun moʻljallangan?
3. Ekspert tizimlari deganda nimani tushunasiz ?
4. Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari nimada ?
5. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish texnologiyasini tushuntirib bering.
Adabiyotlar:
1. Грекул В.И., Денищенко Г.Н., Коровкина Н.Л. Проектирование информационных систем. Учебное пособие. Интернет-университет, университет информационных технологий, – М., 2005. – 304 с.
2. Рочев И.В. Информационные технологии. Анализ и проектирование информационных систем. Учебное пособие. 2-е изд. испр. – Москва-Cанкт-Петербург: Ланг., 2019. – 128 с.
3. Крэг Ларман. Применение UML 2.0 и шаблонов проектирования. Практическое руководство. 3-е изд. Издательский дом “Вильямс”. – М.: 2013. – 736 с.
1.10. Axborot tizimining namunaviy loyihasi
Reja:
1. ATni me’yoriy loyihalashdagi 6-8-bosqichlar.
2. ATning namunaviy loyihasi.
3. Namunaviy loyihadagi sinflar.
4. Modelga yo‘naltirilgan loyihalash.
Tayanch tushunchalar: ATni me’yoriy loyihalash; ATning namunaviy loyihasi; namunaviy loyihadagi sinflar; modelga yo‘naltirilgan loyihalash.
1. ATni me’yoriy loyihalashdagi 6-8-bosqichlar.
Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga qiyoslab shunday bayon etish mumkin:
erishilgan puxta bilim, asos yo‘qolmaydi, u hujjatlashtirishi, uzatilishi, ijro etilishi va ko‘payishi mumkin;
nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va shu kabi boshqa ishonchsiz omillar bo‘lmaydi;
tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali mutaxassislardan ko‘ra arzonroq tushadi.
Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka unchalik moslashmaganligi hozirgi ekspert tizimining kamchiligidir. Ko‘p hollarda bu tizim yuqori malakali mutaxassislar o‘rnini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali ekspertga muhtojli joylar ham bo‘lib turadi. Ekspert tizimi eng oxiridagi foydlanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va ko‘paytirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ochig‘i, bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis-ekspertlar darajasidagi bilimni namoyish etmog‘i kerak. Tizim yaxshi yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng anglaydi.
Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan.
Bashoratlovchi ekspert tizimlari o‘tmish va bugunning voqealariga asoslanib kelajak ssenariysini oldindan aytib bermog‘i, ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak. Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik parametrik modellar qo‘llaniladi.
Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan hodisalarning normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar to‘plami tahlil uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular yordamida etalon hatti-harakatdan chetlanish aniqlanadi va tashhis qo‘yiladi.
O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashhis qo‘yish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat to‘g‘risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi. Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:
xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada to‘liq bo‘li-shini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek, kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;
ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki, mutaxasislar bilimi – bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim elementlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni qo‘shish uchun «yopiq» bo‘lib qoladi;
yechiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli ishonchsiz natijalar olish mumkinligi.
Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:
tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;
ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o‘xshash-ligining bo‘lishi;
muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;
predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash.
Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan talablarni bajarish ekspert tizimini qo‘llashning zarur hamda yetarli sharti sanaladi.
Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning nisbatan muhim bosqichlariga quyidagilarni kiritish mumkin: konseptulizatsiya, realizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modernizatsiyalash.
Konseptualizatsiya bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis ekspert bilan hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni yechishning uslublarini bayon etish uchun qanday tushuncha, munosabat va protseduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani yechish jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat. Konseptualizatsiya muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi.
Identifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o‘lchami, ishlanma jarayonidagi ishtirokchilar tarkibi aniqlanadi. Modelning yaroqliligi ko‘rib chiqiladi, talab etiladigan vaqt - mashina resurslari baholanadi, ekspert tizimini yaratish maqsadi belgilanadi.
Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni ifodalashning o‘ziga xos rasmiy tiliga o‘tkaziladi. Bu yerda ko‘rib chiqi-layotgan vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlarni taqdim etishning o‘xshash usullari tanlanadi.
Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan ekspert tizimining jismoniy “qobig‘i”, yuzasi yaratiladi.
Ekspert tizimi faoliyatining to‘g‘riligini testdan o‘tkazish bosqichida tekshirish mumkin.
|
| |