Yechimli hujjatlar: texnik ta’minot bo‘yicha




Download 378,85 Kb.
bet31/89
Sana12.12.2023
Hajmi378,85 Kb.
#116419
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89
Bog'liq
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org

2. Yechimli hujjatlar: texnik ta’minot bo‘yicha.

Matn muharririning AbiWord, Adobe InCopy, Apple iWork Pages, ChiWriter - Sharqiy Evropada ilmiy matnlar bilan ishlash uchun so‘z protsessori, JWPce - bu yaponcha so‘z protsessori, LaTeX - bu TeX kodlash tizimining eng mashhur makro kengaytmalar to‘plami, LibreOffice Writer - bu LibreOffice ofisning bepul to‘plamiga kiritilgan matn protsessori. Docx, xlsx bilan ishlash va PDF-ga saqlashni o‘z ichiga oladi, Lotus WordPro, Microsoft Word, OpenOffice.org Writer, PolyEdit, WordPad - MS Windows tarqatilishiga kiritilgan, WordPerfect, WPS Office Writer - WPS Office-ga kiritilgan. Docx, xlsx bilan ishlash va PDF-ga saqlashni o‘z ichiga oladi. Windows uchun pullik, Linux uchun bepul turlai ishlatiladi.


Bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil koʻrinishlari: sahifalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va tarqatish boʻyicha eng kuchli vositaga aylandi.
Reklama namoyishini yaratish bu koʻp vaqtni talab qiladigan, juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Bu oʻrinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan tushuncha stsenariyni oʻylab topishdir. Namoish(prezentatsiya)lar va slayd-filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy kompyuter va proektorlardan foydalangan holda seminarlar, konferentsiyalar, bitiruv ishlari himoyalari hamda oʻquv jarayonida namoyishlardan foydalanish oddiy holga aylandi.
Ma’lumotlar bazasi – bu oʻzaro bogʻlangan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi boʻlib, u koʻrilayotgan obyektlarning xususiyatini, holatini va obyektlar oʻrtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol oʻynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik oʻzimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur boʻlamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli koʻrinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina oʻrinli boʻlardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, koʻrinishi, ularni qoʻllaydigan dasturlarga bogʻliq boʻlmasligi lozim, yahni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini oʻzgartirganda, dasturlarni oʻzgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda mahlum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot soʻzini ma’lumot soʻzidan farqlaymiz, yahni axborot soʻzini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
MB bilan ishlashda Microsoft Access, LibreOffice, Database.NET, MySQL Workbench, Navicat, DataExpress, dbForge Studio, Paradox Data Editor, Reportizer, HeidiSQL kabilardan foydalaniladi.
Zamonaviy jamiyatda tobora o‘sib borayotgan axborot oqimi, axborot texnologiyalarining turli-tumanligi, kompyuterda yechiladigan masalalarning murakkablashuvi ushbu texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini insondan EHMga o‘tkazish masalasi yuzaga keladi. Bu vazifani yechish yo‘llardan biri – bu ekspert tizimlarini yaratish va foydalanish sanaladi. Ekspert o‘zidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali axborotni aniqlab oladi, chorasiz yo‘llardan voz kechgan holda qaror qabul qilishning eng maqbul yo‘llarini vujudga keltiradi.

Download 378,85 Kb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89




Download 378,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yechimli hujjatlar: texnik ta’minot bo‘yicha

Download 378,85 Kb.