|
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 36/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org3. Namunaviy loyihadagi sinflar.
IBM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va multimedia tizimlari koʻrilishi uchun foydalaniladigan DVI texnologiyasi toʻrt bazaviy unsurdan tashkil topgan:
- videotizimning asosi boʻlgan ixtisoslashgan mikroprotsessor turkumi (masalan, tasvirlar kompressiyasi va dekompressiyasi uchun Intel firmasining I 82750RV piksel protsessori; signallarni raqamli qayta ishlash uchun Texas Instrument firmasining TMS320S10 protsessori; tasvirning videoxotirasida joylashgan ifoda uchun Iptel firmasining i82750DV displeyli protsessori va boshqalar); oxirgi paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda taklif qilinmoqda;
- drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM Driver hamda CD - ROM Driver ) va alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy interfeys: grafika va videoeffektlar ma’lumotlari kompressiyasi va dekompressiyasi AVSS (Audio-Video Support System); RTX (Real Time Executive) STD (Standart) multivazifadorligini ta’minlash, xotirani, kirish-chiqishni boshqarish va boshqalar;
- galma-gal paydo boʻluvchi audio va video axborot saqlovchi, ma’lumotlarni CD - ROM jamgʻaruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta’minlovchi maxsus shaklli fayllar;
- subyektiv qabul qilishga yoʻnaltirilgan va ba’zi yoʻqotish yoki boʻzib koʻrsatishlarga yoʻl qoʻyuvchi axborotning turli namunalari tiklash algoritmlari. Bu texnologiyani qoʻllashning eng oddiy misoli boʻlib, siyraklash algoritmi, ya’ni tasvirning diskretligini kamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. JPEG (Joint Photographic Exerts Group) statik tasvirlarni siqishning eng koʻp tarqalgan algoritmida jarayonlar natijasida koʻchmas tasvirlarning vizual zararsiz 20- 50 martagacha siqilishga olib borish mumkin.
Harakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun prediktiv kodlash (Predictive Coding) algoritmlaridan foydalaniladi.
Bu guruh algoritmlari orasida MREG (Moving Pictures Experts Groups ) algoritmlarini ajratib koʻrsatish mumkin, ular 25-50 marta siqish koeffitsentini ta’minlaydi. Jumladan, agar 24-betli rangli va 30 kadrlar /s.li 640x480 oʻlchamli siqilmagan raqamli televizion tasvir uchun 27 Mb/s ma’lumotlarni oʻzatish tezligi talab etilsa, unda MREG1 algoritmi talab etilayotgan oʻzatish tezligini 550 kb/s. gacha kamaytiradi. MREG1 algoritmi, shuningdek, siqish koeffitsenti 5-10 marta boʻlgan audioaxborot kompressiyasi uchun ham qoʻllaniladi.
Gain Technology Ins (A+Sh) kompaniyasi Gain Momentum tizimini taklif etdi, u UNIX OT muhitida X Window, OSF/Motif va OpenLook grafik interfeysi bilan ishlashda multimedia imkoniyatini ta’minlaydi. Bunga qoʻshimcha ravishda Massachusets texnologiya instituti X Window Assotsiatsiyasi X Window muhitida ishlovchi standart dastur uchun VEX videokengaytirishni ishlab chiqdi va foydalanishga taqdim etdi. Gain Momentum tizimi asosan MBBT, obyektlar birlashishi tili va kutubxonalar turkumidan iborat. MBBT moduli matnli fayllar, fayl turkumlari, raqamlashgan tovush va tasvirlar oʻrtasidagi aloqani oʻrnatadi. Obyektlarni birlashtiruvchi Arrle firmasining Nurermedia Yengine tili foydalanuvchiga multimedia ma’lumotlari bazasida yoʻnalish topishga yordam beruvchi 30 modulli kutubxonalar turkumini oʻzida namoyon etadi. Tizim kompyuterli ishchi stansiyaga moslashishga imkon beruvchi amaliy dasturlarning portativ interfeysini (ARI - Arrlication Rgogram Interface) ham oʻz ichiga oladi.
|
| |