|
Mavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar
|
bet | 38/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.orgMavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar:
1. Tarmoq deganda nima tushuniladi?
2. Uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o‘lchoviga muvofiq qanday turlarga bo`linadi?
3. Kompyuter tarmoq turlari sanab o`ting?
Adabiyotlar:
1. Грекул В.И., Денищенко Г.Н., Коровкина Н.Л. Проектирование информационных систем. Учебное пособие. Интернет-университет, университет информационных технологий, – М., 2005. – 304 с.
2. Рочев И.В. Информационные технологии. Анализ и проектирование информационных систем. Учебное пособие. 2-е изд. испр. – Москва-CПб: Ланг., 2019. – 128 с.
1.11. UML tili.
Reja:
1. Vizual modellashning yagonalashgan tili (UML).
2. Obyektga yo‘naltirilgan tillardagi mexanizmlar.
Tayanch tushunchalar: vizual modellashning yagonalashgan tili; UML tili; obyektga yo‘naltirilgan tillardagi mexanizmlar.
1. Vizual modellashning yagonalashgan tili (UML).
Axborot tizimlarini loyihalashtirish jarayonida foydalanish uchun tahlil bosqichidan to dastur kodini yaratishgacha bo‘lgan juda ko‘p dasturiy vositalar qo‘llaniladi. Bular orasida yuqori darajali CASE vositalari (Upper CASE tools) va quyi darajali CASE vositalari (Lower CASE tools) alohida ajralib turadi.
Yuqori darajadagi CASE vositalaridan foydalanishning asosiy muammolari orasida ularni aniq loyihalarga moslashtirish muammolari ajralib turadi, chunki ular ishlab chiqish jarayonini qat’iy tartibga soladi va loyihaning alohida elementlari darajasida ishlarni tashkil etishga imkon bermaydi. Ularga alternativ vosita sifatida quyi darajadagi CASE-vositasini keltirish mumkin, ammo ulardan foydalanish boshqa muammolarni, ya’ni loyihaning turli elementlari ustida ishlaydigan jamoalar o'rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil etishdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Ushbu yondashuvlarni birlashtirishga imkon beruvchi vosita sifatida yangi texnologiya UML tili yaratildi. UMLning afzallik jihatlari sifatida shuni aytish mumkinki, unda axborot tizimlarining hayot siklini qo‘llab-quvvatlaydigan va loyihaning turli elementlarini ishlab chiquvchilar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini moslashtirish va aks ettirish imkonini beruvchi turli xil vositalar mavjud.
UML inglizcha “Unified Modeling Language” so‘zlaridan olingan bo‘lib, u o‘zbek tilida “Yagonalashtirilgan modellashtirish tili” degan ma’noni anglatadi.
UML dasturiy ta’minot yaratish sohasida obyektli modellashtirish uchun grafik tasvirlash tili bo‘lib, u ko‘proq biznes-jarayonlarni modellashtirish, tizimli loyihalash va tashkiliy tuzilmalarni akslantirish kabi masalalaarda keng qo‘llaniladi.
UML keng profilli til bo‘lib, u tizimlarning abstrakt modelini yaratishda maxsus grafik belgilashlardan foydalanuvchi, UML-model deb ataluvchi ochiq standart sanaladi. Axborot tizimlarini loyihalashda UML uni alohida-alohida obyektlarga ajratib oladi va shu asnoda vizual modellashtirishni amalga oshiradi.
UML asosan dasturiy tizimlarini aniqlash, vizuallashtirish, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UML aslida dasturlash tili hisoblanmaydi, biroq UML modellari asosida istalgan kod generatsiyasini amalga oshirish mumkin.
UML shuningdek, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilariga umumiy tushunchalarni (masalan, sinf, komponent, umumlashtirish, yig‘ish va xatti-harakatlar) ifodalash uchun grafik belgilar bo‘yicha kelishib olishga va dizayn hamda arxitektura muammolarini markazlashtirish va kengroq qamrab olishga imkon beradi.
UML tilining dastlabki 0.9 va 0.91 versiyalari mos ravishda 1996-yilning iyun va oktabr oylarida OMG (Object Management Group) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning keyingi versiyalari haqidagi ma’lumotlar esa quyidagi jadvalda batafsil berilgan:
|
| |