Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua




Download 378,85 Kb.
bet46/89
Sana12.12.2023
Hajmi378,85 Kb.
#116419
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
Bog'liq
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org

1.14. Konseptual model.



Reja:
1. Berilganlarning konseptual modelini yaratish.

2. Berilganlar bazasi va ilovalarni yaratish.


3. Kengaytirilgan bog‘lanishlar.


Tayanch tushunchalar: konseptual model; berilganlarning konseptual modeli; berilgan­lar bazasi; kengaytirilgan bog‘lanishlar.
1. Berilganlarning konseptual modelini yaratish.

Axborot jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy masalalari quyidagilardan iborat:


– axborot jarayonlari bilan bog‘liq amallarni bajarishda ortiqcha mehnat sarfini kamaytirish;
– eskirgan, an’anaviy usullarning ayrimlaridan voz kechish;
– yangi axborotlarni hosil qilish va qayta ishlashni tezlashtirish;
– axborotda aniq hisob-kitob mezonini kuchaytirish va statistik tahlil ko‘lamini kengaytirish;
– foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish borasida sifat va tezkorlikni oshirish;
– an’anaviy texnologiya elementlarini modernizatsiya qilish yoki to‘liq almashtirish;
7) zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali axborot resurslaridan samarali foydalangan holda tashkilot imkoniyatlarini yanada kengaytirish.
Funksional imkoniyatlaridan kelib chiqib, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini quyidagi to‘rtta tipga ajratish mumkin:
– bir tashkilotdagi bitta jarayonni qamrab oluvchi AAT;
– bir tashkilotdagi bir nechta jarayonlarni birlashtiruvchi AAT;
– o‘zaro aloqador bir nechta tashkilot miqyosidagi bir xil jarayon bilan shug‘ullanuvchi AAT;
– o‘zaro aloqador bir nechta tashkilot miqyosidagi bir nechta jarayonlar bilan shug‘ullanuvchi AAT.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish nuqtayi nazariga ko‘ra eng ko‘p tarqalgan va rivojlanish tendensiyasi yuqori bo‘lgan quyidagi AATlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) faktografik AAT;
2) hujjatli AAT.
Faktografik AAT deganda, tuzilmalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljal­langan axborot tizimlari tushuniladi. Bunday turdagi ma’lumotlar ustida ularni saralash, izlash, filtrlash, birlashtirish kabi turli amallarni bajarish mumkin.
Hujjatli AAT deganda, referat, oddiy konspekt, laboratoriya ishlanmalari kabi tuzilmalash­tirilmagan ma’lumotlar bilan ishlashga mo‘ljallangan axborot tizimlari tushuniladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan ishlash uchun eng avvalo foydalanuvchilarning (shu jumladan, xodimlarning ham) “avtomatlashtirilgan ishchi o‘rni” deb ataluvchi maxsus ishchi o‘rnini yaratish talab etiladi.
Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rni deganda, turli axborot muammolarini hal etishga mo‘ljallab o‘rnatilgan turli qurilmalar, vositalar va hatto maxsus mebellar to‘plami bilan jihozlangan maxsus auditoriya tushuniladi.
Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rniga nisbatan umumiy holda quyidagi talablar qo‘yiladi:
– o‘ta sodda va qulay muloqot tizimining o‘rnatilganligi;
– har bir foydalanuvchi uchun ergonomik konstruksiyaning to‘g‘ri tashkil etilganligi;
– hujjatlarni yangilash, mavjudlarini izlash va tarqatish, qayta ishlash tezkorligining ta’min­langanligi;
– boshqa tashkilot yoki shaxslar bilan o‘zaro axborot almashishda tezkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi;
– foydalanuvchilarning sog‘ligi uchun xavfsizlik chora-tadbirlarining ko‘rilganligi.
Bir tomonlama qaralganda, avtomatlashtirilgan axborot tizimini iste’molchilarga axborot xizmatini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va axborot tizimlaridan tarkib topgan avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining majmui sifatida tasavvur etish mumkin.
Bajaradigan vazifasiga qarab avtomatlashtirilgan axborot tizimlari sodda va murakkab ko‘rinishida bo‘ladi.
2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli.
AATning hayotiy sikli deb, uni yaratish g‘oyasi boshlangan vaqtdan boshlab, uning muallifi (ishlab chiquvchi firma) tomonidan qo‘llab-quvvatlash tugagan vaqtgacha bo‘lgan davrga aytiladi.
Hayotiy sikl jarayonining tarkibi xalqaro standart ISO/EIS 12207:1995 “Information Technology – Software Life Cycle Processes” (“Axborot texnologiyalari – dasturiy ta’minot hayotiy siklining jarayoni”) bilan tartibga solinadi.
ISO – International Organization for Standardization - Standartlashtirish xalqaro tashkiloti.
IEC – International Electro technical Commission – Elektrotexnika bo‘yicha xalqaro komissiya.
Ushbu standart AAT hayotiy siklining tuzilmasini va uning jarayonini tavsiflaydi.
Ishlab chiqish jarayoni (Development process) standartiga muvofiq ishlab chiquvchi tomonidan bajarilayotgan amallar va vazifalarni ko‘zda tutadi hamda berilgan talablarga muvofiq AAT va uning komponentlarni yaratish bo‘yicha ishlarni jumladan, loyiha va ekspluatatsion hujjatlarni rasmiylashtirishni, shuningdek, ishlash qobiliyatini qamrab oladi.



Download 378,85 Kb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Download 378,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua

Download 378,85 Kb.