Berilganlar bazasi va ilovalarni yaratish




Download 378,85 Kb.
bet47/89
Sana12.12.2023
Hajmi378,85 Kb.
#116419
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Bog'liq
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org

2. Berilganlar bazasi va ilovalarni yaratish.
Berilganlar bazasi – bu oʻzaro bogʻlangan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi boʻlib, u koʻrilayotgan obyektlarning xususiyatini, holatini va obyektlar oʻrtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida BBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol oʻynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik oʻzimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur boʻlamiz. Demak, BBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
Ma’lumki, BB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli koʻrinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina oʻrinli boʻlardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni qayd qilish lozimki, BBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, koʻrinishi, ularni qoʻllaydigan dasturlarga bogʻliq boʻlmasligi lozim, yahni BBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini oʻzgartirganda, dasturlarni oʻzgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, BBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham BBni tashkil etishda mahlum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot soʻzini ma’lumot soʻzidan farqlaymiz, yahni axborot soʻzini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
BB bilan ishlashda Microsoft Access, LibreOffice, Database.NET, MySQL Workbench, Navicat, DataExpress, dbForge Studio, Paradox Data Editor, Reportizer, HeidiSQL kabilardan foydalaniladi.

Download 378,85 Kb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Download 378,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Berilganlar bazasi va ilovalarni yaratish

Download 378,85 Kb.