|
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 45/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org3. Tizimga talablarni yaratish.
Tizim va to‘plam tishinchalari bir jihatdan qaraganda bir-biriga monand tushunchadek tuyuladi, ammo to‘plamdan farqli ravishda tizimga nisbatan turlicha talablar qo‘yilgan. Masalan:
1) tizim elementlardan tashkil topgan bo‘lishi lozim;
2) bu elementlar o‘zaro va tashqi muhit bilan aloqada bo‘lishi lozim;
3) tizim aniq maqsad bilan “faoliyat yuritishi” lozim;
4) tizimda funksiya bo‘lishi lozim;
5) tizim komponentlarga va strukturaga ega bo‘lishi lozim va h.k.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari axborot jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy tamoyillaridan birini belgilab beradi va shu nuqtayi nazardan axborot jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyillari quyidagilarga asoslanadi:
1) chiqimni, ya’ni sarflangan mablag‘larni qoplay olish;
2) ishonchlilikni ta’minlay olish;
3) moslashuvchanlikka javob bera olish;
4) xavfsizlikni ta’minlash;
5) do‘stona munosabatni ta’minlay olish;
6) standartga javob berish.
Axborot jarayonlarini avtomatlashtirishdan asosiy maqsad – ishchi-xodimlarning mehnat samaradorligi va unumdorligini oshirish, axborot xizmati va mahsulotlari sifatini yaxshilash, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirishdan iborat.
Axborot jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
– axborot jarayonlari bilan bog‘liq amallarni bajarishda ortiqcha mehnat sarfini kamaytirish;
– eskirgan, an’anaviy usullarning ayrimlaridan voz kechish;
– yangi axborotlarni hosil qilish va qayta ishlashni tezlashtirish;
– axborotda aniq hisob-kitob mezonini kuchaytirish va statistik tahlil ko‘lamini kengaytirish;
– foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish borasida sifat va tezkorlikni oshirish;
– an’anaviy texnologiya elementlarini modernizatsiya qilish yoki to‘liq almashtirish;
Savol va topshiriqlar:
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida ma’lumot bering.
2. Axborot muhiti nima?
3. Axborot tizimining namunaviy tarkibini tushuntiring
Adabiyotlar:
1. Грекул В.И., Денищенко Г.Н., Коровкина Н.Л. Проектирование информационных систем. Учебное пособие. Интернет-университет, университет информационных технологий, – М., 2005. – 304 с.
2. Рочев И.В. Информационные технологии. Анализ и проектирование информационных систем. Учебное пособие. 2-е изд. испр. – Москва-Cанкт-Петербург: Ланг., 2019. – 128 с.
3. Крэг Ларман. Применение UML 2.0 и шаблонов проектирования. Практическое руководство. 3-е изд. Издательский дом “Вильямс”. – М.: 2013. – 736 с.
|
| |