|
O‘xshash tijorat modellarini takomillashtirish
|
bet | 44/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org2. O‘xshash tijorat modellarini takomillashtirish.
Axborotga ishlov berish kichik tizimi adabiyotlarda ko‘p hollarda ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimi (MIAT) deb ataladi, bunda «ma’lumotlar» tushunchasi «axborot» tushunchasi bilan sinonim deb hisoblanadi.
“Axborot” tushunchasidan odatda xabarning mazmun-mohiyatini ta’kidlashni istagan holatlarda foydalaniladi. Lekin AIST ning asosi bo‘lgan kompyuter hozircha ishlov berilayotgan xabarlarning ma’nosini idrok qilishga qodir emas. Kompyuterlarga nisbatan ko‘pincha “ma’lumotlar” tushunchasi qo‘llaniladi va kompyuter mashina eltuvchilarda taqdim etilgan ma’lumotlar bilan operatsiyalarni bajaradi, deyiladi. Bunda har qanday belgilar to‘plami, uning mazmunidan qat’iy nazar, ma’lumotlar hisoblanadi. Ma’lumotlarga muayyan ma’no berib, ularga ishlov berishni axborotga ishlov berish deb qabul qilinadi. Shuning uchun bundan buyon “axborot” tushunchasidan asosan ma’noviy mazmuni muhimligini ta’kidlash zaruriyati yuzaga kelgan yoki u o‘zbek adabiyotida keng qo‘llaniladigan va o‘rnashib qolgan so‘z birikmalari tarkibiga kirgan hollardagina foydalanamiz.
Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi (chiqarish tizimi) berilgan so‘rovga javobni chiqarib berishni ta’minlaydi, bunda uni foydalanuvchi qabul qilishi uchun qulay shaklda taqdim etadi. Kichik tizim tarkibiga chiqarib beriladigan xabarning zaruriy shaklini ta’minlab beradigan dasturlar majmui va chiqarib berilayotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar kiradi. So‘rovga javob bosish qurilmasi, displey, grafik tuzgich, turli tablo va indikatorlar yordamida chiqarib berilishi mumkin.
Kichik tizimlarning o‘zaro aloqasi axborot manbalari va foydalanuvchilar hudud jihatdan markaziy kompyuter yaqinida joylashgan, degan nuqtai nazardan kelib chiqib bayon etildi. Mavjud axborot tizimlarida axborot manbalari va (yoki) foydalanuvchilar aksariyat hollarda markaziy kompyuterdan yuz metrdan yuzlab kilometrgacha bo‘lgan masofada joylashgan bo‘ladi. Bunday hollarda markaziy kompyuter bilan aloqa tarkibiga ma’lumotlarni uzatish kanali va uzoqda joylashgan terminallar (ular hozir o‘zi kompyuter hisoblanadi) kiradigan kichik aloqa tizimi orqali amalga oshiriladi.
Uzoqlashgan terminallarni –shaxsiy kompyuterlarni ulash uchun aloqa kanallaridan foydalaniladi, ular telefon tarmoqlari, umumfoydalaniladigan ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va ma’lumotlarni uzatishning maxsus tarmoqlaridan iboratdir. Kanal belgilangan yo‘nalishda va zaruriy tezlikda ma’lumotlar bilan almashinishni ta’minlashi zarur. Ma’lumotlarni uzatish kanallari ma’lumotlarni faqat bir yo‘nalishda uzatishni ta’minlaydigan –simpleks; ma’lumotlarni har ikki yo‘nalishda, lekin vaqtning har bir momentida faqat bir yo‘nalishda uzatishni ta’minlaydigan –yarimdupleks; bir vaqtning o‘zida har ikki yo‘nalishda ma’lumot uzatishni ta’minlaydigan dupleks kanallarga bo‘linadi.
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘plab axborot-ma’lumot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot so‘rovlarini qondirish uchun yo‘naltirilgan. Bunday tizimlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda so‘rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi, u olingan axborotdan o‘ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan, kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta’minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi.
|
| |