|
Mavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar
|
bet | 43/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.orgMavzuni mustahkamlashga oid savol va topshiriqlar:
1. Tarmoq deganda nima tushuniladi?
2. Uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi qanday turlarga bo`linadi?
3. Kompyuter tarmoq turlari sanab o`ting?
4. Masofaviy ta’lim tizimlari haqida tushuncha bering?
5. Masofali ta’limda qo‘llaniladigan qanday texnologiyalar mavjud?
Adabiyotlar:
1. Грекул В.И., Денищенко Г.Н., Коровкина Н.Л. Проектирование информационных систем. Учебное пособие. Интернет-университет, УИТ, – М., 2005. – 304 с.
2. Рочев И.В. Информационные технологии. Анализ и проектирование информационных систем. Учебное пособие. 2-е изд. испр. – Москва-СПб: Ланг., 2019. – 128 с.
1.13. Tijorat obyektlar modeli.
Reja:
1. Tijorat obyektlarining modelini yaratish.
2. O‘xshash tijorat modellarini takomillashtirish.
3. Tizimga talablarni yaratish.
Tayanch tushunchalar: tijorat obyektlari; o‘xshash tijorat modellari; tizimga talablar.
1. Tijorat obyektlarining modelini yaratish.
Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot manbai va chiqadigan axborotning iste’molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan o‘tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to‘plash, ro‘yxatga olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo‘yicha manbadan kompyuterga uzatish, mashina eltuvchilariga o‘tqazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali bo‘yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qilishi uchun yaroqli shaklga o‘zgartirishdan iborat.
Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizimlari orqali amalga oshiriladi, ular ichida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: kiritiladigan axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga kiritish, axborotni saqlash va ishlov berish, axborotni chiqarish va uni aks ettirish (chiqarish kichik tizimi). AAT ning namunaviy tuzilishi 1 -rasmda keltirilgan.
Axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi axborotga dastlabki ishlov berish bo‘yicha bir qator operatsiyalarni bajaradi. Bu kichik tizim doirasida obyektlar to‘g‘risida obyekt uchun tabiiy bo‘lgan shaklda, ya’ni tabiiy tilning so‘zlari va simvollari, umumqabul qilingan sanoq tizimi raqamlarida taqdim etilgan dastlabki axborotni (masalan, kadrlarni hisobga olish bo‘yicha varaqa mazmuni, bemorni tibbiy tekshirish natijalari, maqolalarning matnlari, tovar-transport yukxatlari mazmuni va hokazo) to‘plash amalga oshiriladi.
Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining axborot fondida hali mavjud bo‘lmagan ma’lumotlar tanlab olinadi. Bu bilan tizimda axborot takrorlanishining oldi olinadi. Dastlabki axborotning tizimga keyin kiritilishi zarur bo‘lgan elementlariga dastlabki ishlov beriladi, ya’ni tizimda qabul qilingan muayyan shaklga va formatga keltiriladi: maxsus blankalarga yoziladi, belgilangan shakldagi jadvallarga kiritiladi, hujjatli axborot uchun muayyan qoidalar bo‘yicha annotatsiya va bibliografik bayoni tuziladi, fizik parametrlari birliklarning yagona tizimiga keltiriladi. Dastlabki ishlov berishdan o‘tgan va muayyan tarzda shaklga keltirilgan axborot eltuvchilarda, aksariyat hollarda, qog‘ozda qayd etiladi.
Axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan olinadigan axborot kompyuterga bevosita kiritish uchun yaramaydigan shaklda beriladi. Kiritish kichik tizimining vazifasi uni kompyuterga kiritish, shuningdek axborotning to‘g‘ri ko‘chirilishi va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo‘ladi.
Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko‘pincha kompyuter bilan maxsus tarmoq vositalari orqali bog‘langan displey va aloqa kanallaridan foydalaniladi. Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va axborot tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot fondining elementlari bilan ishlov berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va tuzatish operatsiyalari bajariladi. Natijada axborot fondining dolzarb holatda saqlanishi ta’minlanadi, shuningdek ishlov berish topshirig‘iga muvofiq bo‘lgan chiqish axboroti shakllantiriladi. Axborot massivlarini shakllantirish (strukturalashtirish) va saqlab turish, shuningdek axborotga ishlov berish bo‘yicha barcha amallar axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi tarkibiga kiradigan dasturlar majmui boshqaruvida amalga oshiriladi. Bu kichik tizim tashqi xotira qurilmalarida axborotni joylashtirish va undan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi, kichik tizimning ishini amalga oshiruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o‘zi ham), shuningdek axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash tizimi (AIST) ga birlashadi. AIST o‘z ichiga axborot massivlari, ularni tashkil etish va ishlov berish usullari, metodlari va algoritmlari, tegishli dasturiy va texnik vositalar majmuini oladi. AIST tashqi muhit bilan kiritish-chiqarish vositalari yordamida aloqa qilishi AIST doirasida hal qilinadigan bir qator vazifalarni ko‘rib chiqishda bu vositalarni ham albatta hisobga olish zarur.
|
| |