|
Ko‘p darajali kengaytirilgan bog‘lanishlar
|
bet | 51/89 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 378,85 Kb. | | #116419 |
Bog'liq Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org3. Ko‘p darajali kengaytirilgan bog‘lanishlar.
Masofadan oʻqitishning afzalligi shundaki, unda oʻquvchi oʻziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda oʻqishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Koʻpgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki oʻzgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.
Masofadan oʻqitishning yana bir afzallik tomoni unda oʻqish muddatini oʻquvchi oʻzi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda oʻqishni boshlaydi, materiallarni oʻqituvchi nazoratida oʻzlashtiradi. Oʻzlashtirish topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. Oʻquvchi berilgan dasturni qanchalik tez oʻzlashtirsa, shunchalik tez oʻqishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni oʻzlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, oʻqishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
Masofadan oʻqitishda talabgorlar odatda ishlayotganlar, onalar boʻlib, ular biror mutaxassislikni egallash yoki malakasini oshirish maqsadida oʻqiydilar. Bu uslub nogironlar uchun juda qulaydir. Masofadan oʻqitishda hattoki mahbuslar ham oʻqish imkoniga ega (Avstraliya). Masofadan oʻqitish ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy tomondan qulaydir.
Masofadan oʻqitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan oʻqitish uchun talabalar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan oʻqitishda moliyaviy xarajatlar, asosan, oʻquv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. Shuning uchun talabalar sonini oshishi bilan oʻqish narxi ham pasayadi. Masofadan oʻqitishda asosiy e’tiborni oʻquv (uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. Chunki oʻquv-uslubiy materiallarning sifati masofadan oʻqitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. Oʻquv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil boʻlsa, u shunchalik oʻquvchiga foydali boʻladi. Ya’ni material uslubiy jihatdan puxta boʻlmogʻi zarur.
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda .Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangiliklar va kutilmagan voqealar hodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir kunimiz informatsiya oqimi ostida kechmoqda Ta’lim tizimida masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi-bu sirtqi o‘qishning yangi shaklidir . Masofadan o‘qitish bu mustaqil masofadan dars o‘qishdir. Mustaqil o‘qitish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini shakllantiradi.
Masofadan o‘qitishning yana bir afzalliklari shundaki, unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda kundan-kunga keng tarqalmoqda. Ko‘pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakani oshirish yoki qayta tayyorlash uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamokdalar.
Masofadan o‘qitishning afzallik tomoni unda o‘qish muddatini tinglovchilar va o‘quvchilar o‘zlari belgilaydilar, ya’ni ular ixtiyoriy paytda o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. O‘zlashtirish topshiriqlarini, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. Tinglovchilar va o‘quvchilar berilgan vazifani qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez kursni va o‘qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
Masofadan o‘qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o‘qitish uchun tinglovchilar uchun auditoriyalar, yotokxonalar zarur emas. Masofadan o‘qitishda moliyaviy xarajatlar asosan o‘quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. Shuning uchun tinglovchilar sonining oshishi bilan o‘qish narxi ham pasayadi. Masofadan o‘qitishda asosiy e’tiborni o‘quv uslubiy materiallarni tayyoralshga qaratish darkor. Chunki o‘quv uslubiy materiallarning sifati, masofadan o‘qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O‘quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo‘lsa, shunchalik u o‘quvchiga foydali buladi, ya’ni material uslubiy jihatdan puxta bo‘lmogʻi zarur.
Masofadan o‘qitishda virtual kutubxonalar sputnik orkali videokonferensiyalar, darslar, Internet yordamida muloqat va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Bu esa o‘quvchi uchun maxsus o‘qish doirasini beradi.
Masofadan o‘qitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda ko‘pgina Universitetlarda va o‘quv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz mumkin.
Manzilga kirib bu o‘qish tinglovchisi bo‘lish uchun maxsus shaklni to‘ldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va o‘qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni to‘ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.
O‘qish tartibi quyidagicha: o‘qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz ko‘rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o‘qituvchiga yuborasiz. O‘qituvchi uni tekshirib, javobini sizga qaytaradi. Zarur holda sizga ko‘rsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari o‘rganib chiqiladi. Muzokara asosan elektron pochta orqali yuboriladi. Telefon tarmogʻidan ham ba’zan foydalaniladi. Bosma o‘quv materiallari pochta orqali yuboriladi. O‘quv jarayonida tinglovchilar darsliklardan, elektron forumlardan, videokonferensiyalardan foydalanadi.
Bunda o‘qish individual shaklda olib boriladi va o‘qituvchi o‘quvchining qobiliyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitadi. Bu individuallik o‘quvchida qiziqish uygʻotadi va uni o‘qishda aktivlikka ragʻbatlantiradi .
Respublikamiz Oliy va O‘rta maxsus bilim yurtlarida masofadan oʻqitishni tatbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Masofadan oʻqitish uslubi haqida batafsil www.dl.uz da tanishishingiz mumkin.
Ochiq va masofaviy ta’limda o‘tgan o‘n yil ichida turli hildagi texnologiyalar ishlatila boshlandi va ularning qo‘llanilish doirasi tobora kengaymoqda. Ochiq turdagi va masofali ta’lim sohasida eng ko‘p foydalaniladigan o‘n hil texnologiya, ya’ni chop etish, radio, audiokaseta, telefon, televizor, videokaseta, videokonferensiya, kompyuter-vositali muloqot, kompyuterga asoslangan o‘qitish va multimedia kiradi.
Radio o‘zining ta’lim sohasida samarador ekanligini isbot qilgan vositalardandir. Ko‘pchilik radioeshittirishlar bir tomonga uzatish bilan cheklanadi. Radio dasturlarni ishlab chiqish qimmat tursa ham, dastur ishtirokchilari yetarli darajada katta auditoriyani tashkil etganda bunday dasturlar kishi boshiga arzon tushadi. Bu texnologiya muvofiq uzatish va qabul qilib olish, elektr energiyasi va efir vaqtini talab qiladi. Radio chop etilgan materiallar va mos o‘qitish bilan birga tashkil etilganda nihoyatda samaralidir.
Masofaviy o‘qitishda telefondan foydalanishning ikki xil shakli mavjud. Bir o‘quvchi bilan telefon orqali bogʻlanish. Turli joylardagi o‘quvchilar bir-biri bilan va o‘qituvchi bilan o‘zaro audiokonferensiya orqali bogʻlanish. Audiografik texnologiyalar joylardagi kerakli jixozlar yordamida tasvirlar va muhim asosiy materiallarni kiritish imkoniyatini beradi. Bunday aloqani ta’minlovchi jixozlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
– Kompyuterlar, Elektron oq taxtalar (doskalar), Grafik taxtacha.
– Kompyuter ekrani, taxtacha va oq taxtada yozish uchun rangli ruchkalar (flamasterlar).
Bu jihozlar ishlatish va boshqarish uchun nisbatan oson. Audioaloqa kabi bunday texnologiya ham samaralidir va u telekommunikatsion infrastrukturaga tayanadi. Leksiya yoki monolog tipidagi 10-15 minutdan ortiq davom etadigan uslublar telefon orqali tavsiya qilinmaydi.
|
| |