Behavior Diagrams:
Interaction Diagrams:
Communication diagram (UML2.0) / Collaboration (UML1.x)
Interaction overview diagram (UML2.0)
Sequence diagram
Timing diagram (UML2.0)
Xususan, uning Structure Diagrams sinfiga quyidagi diagrammalar kiradi: Class diagram (sinflar diagrammasi), Component diagram (komponentlar diagrammasi), Composite structure diagram (tarkibiy tuzilmalar diagrammasi, Collaboration (UML2.0)), Deployment diagram (yoyish diagrammasi), Object diagram (obyektlar diagrammasi), Package diagram (paketlar diagrammasi).
Boshqa har qanday til kabi, UML ham o‘zining modellarni formatlash qoidalari va sintaksisiga ega. UMLning grafik notatsiyasidan foydalanib, tizimni vizuallashtirish, uning barcha komponentlarni yagona strukturaga birlashtirish, ish jarayonida modelni takomillashtirish mumkin.
Umumiy darajada, UML grafik notatsiyasi quyidagi 4 ta asosiy tipdagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
raqamlar;
chiziqlar;
nishonlar;
harflar.
UMLdan foydalanib tizimni loyihalash, tijorat-obektlarining modellarini yaratishda qo‘l keladigan eng qulay servislardan biri – bu Diagrams.net onlayn dasturidir. Ushbu dastur Google Docs, Git, Dropbox, OneDrive va boshqa ko‘plab dasturiy vositalar bilan hamkorlikda ishlay oladi.
Diagrams.net dasturining oflayn versiyasi ham mavjud bo‘lib, Diagrams.net Desktop deb nomlanadi. Bu dastur orqali Windows, macOS va Linux operatsion tizimlarida Internetga ulanmagan holatda ham bemalol ishlash mumkin bo‘ladi.
Diagrams.net onlayn dasturining bosh ishchi oynasi quyidagi 1-rasmda keltirilgan:
1-rasm. Diagrams.net dasturining ishchi oynasi.
Axborot tizimlarini loyihalashtirishda vizual modellashtirish uslubini qo‘llashga imkon beruvchi bunday grafik dasturiy vositalarga ko‘plab misollar keltirish mumkin va ularning barchasi orqali biz quyidagi diagrammalarni yaratish imkoniga ega bo‘lamiz:
Blok-sxemalar;
UML;
Mohiyat-aloqa diagrammalari;
Tarmoq diagrammalari;
Biznes-jarayon modellari;
Tashkilotga oid sxemalar;
Elektrik sxemalar;
Karkas sxemalar va modellar.
Topshiriqlar:
1. Diagram.net dasturi va uning imkoniyatlari haqida yozma ma’lumot tayyorlang.
2. Diagram.net dasturida o‘zingizga qiziqarli bo‘lgan biznes jarayonining konseptual modelini yarating.
|