Ishning maqsadi. Talabalarga ARGOUML muhiti va uning imkoniyatlari bo‘yicha amaliy bilim berish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
ArgoUML – UML modellashtirish vositasi bo‘lib, u ochiq dasturiy ta’minot sanaladi va EPL (Eclipse Public License) litsenziyasi ostida tarqatilgandir. ArgoUML to‘liq Java tilida yozilgan bo‘lib, u Java 2 JRE yoki JDK (1.4 versiyasi va undan keyingilari) o‘rnatilgan istalgan operatsion tizimlarda ishlay oladi. Funksional jihatdan ArgoUML quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
UML 1.3, 1.4, XMI 1.0, 1.1, 1.2;
to‘qqiz xildagi UML diagrammalari (sinflar, holatlar, kooperatsiyalar, faoliyatlar, pretsedentlar, obyektlar, komponentlar va yoyish diagrammalari);
sinflar uchun OCL;
Java, C++, C# va PHP kodlari generatsiyasi;
UML modelining avtomatik verifikatsiyasi (design critics) va h.k.
ArgoUML foydalanuvchilarga o‘zining intuitiv tushunarli bo‘lgan va imkoniyatlarga boy bo‘lgan grafik interfeysini taklif etadi. ArgoUML muhiti ko‘p panelli muhit bo‘lib, chapda iyerarxik tuzilma, o‘ngda tahrirlash paneli va pastki qismida esa aloqa funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan ma’lumotlar paneli mavjud. Dastur oynasining bunday tuzilmasi ArgoUML dasturiy vositasini o‘rganib chiqish uchun foydalanuvchilardan uzoq vaqt talab qilmaydi.
ArgoUML dasturining eng dastlabki versiyasi 1999-yilning aprelija, oxirgi versiyasi esa 2020-yilning may oyida yaratilgan. ArgoUML faoliyat ko‘rsatishi platformasi JVM (Java Virtual Machine) sanaladi.
ArgoUML dasturini o‘rnatish uchun avvalo JRE (Java Runtime Environment) yoki JDL (Java Development Kit) platformalaridan biri o‘rnatilgan bo‘lishi talab etiladi. Tegishli saytdan yuklab olingan quyidagi
jdk-6u20-ea-bin-b02-windowsi586-01_apr_2010.exe, М2
faylini ishga tushirib, Java platformasi o‘rnatiladi va so‘ng “ArgoUML-0.34-setup.exe” fayli ishga tushirilib ArgoUML dasturi o‘rnatiladi.
ArgoUML UML-modellashtirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradigan qarorlarni qo‘llab-quvvatlashning noyob imkoniyatlariga ega, biroq unda bir nechta muhim xususiyatlar mavjud emas. Paket keng ko‘lamli sozlamalarni taqdim etadi, ammo har xil tipdagi notatsiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydi.
Topshiriqlar:
1. ArgoUML va uning imkoniyatlari haqida yozma ma’lumot tayyorlang.
2. ArgoUML dasturini o‘rnatish bo‘yicha yozma ma’lumot tayyorlang.
|