Use Case:
Foydalanish holatlari yuqori darajadagi funksiyalarni va foydalanuvchi tizimni qanday boshqarishini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Foydalanish holati tizim, komponent, paket yoki sinfning alohida funksionalligini ifodalaydi. U oval shakl bilan belgilanadi, oval shakl ichida foydalanish holatining nomi yozilgan. UMLda foydalanish holatining yozuvi “Use Case-name” ko‘rinishida quyida keltirilgan:
Actor:
U ichki foydalanish holatlari diagrammalarida qo‘llaniladi. Actor tizim bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan obyektdir. Foydalanuvchi actorning eng yaxshi namunasidir. Actor - bu Use Case doirasidan tashqarida foydalanish holatini boshlagan shaxs. Bu foydalanish holati bilan o‘zaro ta’sirga olib keladigan har qanday element bo‘lishi mumkin. Bitta actor tizimda bir nechta foydalanish holatlari bilan bog‘lanishi mumkin. UMLda actor yozuvi “Actor-name” nomi bilan yuqorida keltirilgan.
Topshiriqlar:
1. Use Case diagrammasi nima va u qanday vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan?
2. Use Case diagrammasining asosiy elementlarini nimalar tashkil etadi?
3. Use Case diagrammasini yaratish usullari haqida yozma ma’lumot tayyorlang.
2.7. Sinflar (Class) diagrammasini yaratish
Ishning maqsadi. Talabalarga sinflar (Class) diagrammasini yaratish bo‘yicha amaliy bilim berish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Dasturiy injiniring nuqtayi nazariga ko‘ra sinflar diagrammasi – bu sinflar, atributlar, operatsiyalar va ularning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatish orqali dasturiy tizimning umumiy ko‘rinishini beruvchi statik tuzilmadir.
Ushbu diagramma sinf nomi, atributlari va alohida ajratilgan bo‘limlarda ishlashini o‘z ichiga oladi va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun kod yaratishga yordam beradi.
Sinflar diagrammasi tizimdagi obyektlarning turlarini va ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan turli xil munosabatlarni belgilaydi. Bu ilovaning yuqori darajadagi ko‘rinishini beradi. Ushbu modellashtirish usuli deyarli barcha obyektga yo‘naltirilgan usullar bilan ishlashi mumkin. Sinf boshqa sinfga murojaat qilishi mumkin. Sinf o‘z obyektlariga ega bo‘lishi mumkin yoki boshqa sinflardan meros bo‘lishi mumkin.
UML diagrammasidagi sinf – bu obyekt yoki obyektlar to‘plamini yaratish uchun foydalaniladigan reja. Bunda sinf obyekt nima qila olishini belgilaydi. Bu turli xil obyektlarni yaratish va ularning xatti-harakatlarini tizimda amalga oshirish uchun shablondir. Quyidagi rasmda sinflar diagrammasiga oid bir namuna keltirilgan:
UMLdagi sinf o‘z navbatida, sinf nomlari, atributlari va operatsiyalari bo‘lgan qatorlarni o‘z ichiga olgan to‘rtburchaklar bilan ifodalanadi.
Sinf diagrammasining afzalliklari ko‘proq quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
sinf diagrammasi hatto juda murakkab axborot tizimlariga oid ma’lumotlar modellarini tasvirlay oladi;
haqiqiy kodni o‘rganishdan oldin dastur qanday tuzilganligi haqida umumiy ma’lumot beradi. Bu o‘rganish vaqtini osongina qisqartirishi mumkin;
yaratilayotgan amaliy dastur (ilova)ning umumiy sxemalarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi;
dasturlash uchun zarur bo‘lgan kodni tavsiflovchi batafsil diagrammalarni chizish imkonini beradi va h.k.
UML sinf diagrammasining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
sinf nomi;
atributlar;
operatsiyalar.
|