Sinf nomi faqat sinfning grafik tasvirida kerak bo‘ladi. U eng yuqori bo‘limda ko‘rinadi. Sinf – bu bir xil munosabatlar, atributlar, operatsiyalar va semantikani almashishi mumkin bo‘lgan obyektning rejasi bo‘lib, u atributlar va sperate bo‘limlaridagi operatsiyalarni o‘z ichiga olgan holda to‘rtburchaklar shaklida ko‘rsatiladi.
Atribut – bu modellashtirilgan obyektni tavsiflovchi sinfning xossasi. Sinf diagrammasida ushbu komponent nom bo‘limining biroz ostida joylashgan bo‘ladi.
UMLda asosan uch turdagi munosabatlar mavjud:
bog‘liqliklar;
umumlashtirishlar;
uyushmalar.
Sinf diagrammalaridan dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishning turli bosqichlarida samarali foydalanish mumkin. Bu sinf diagrammalari ikki xil nuqtayi nazardan modellashtirishda yordam beradi.
1. Konseptual diagrammalar real dunyodagi narsalarni tasvirlaydi. Siz o‘rganilayotgan sohadagi tushunchalarni ifodalovchi diagramma chizishingiz kerak. Ushbu tushunchalar sinf bilan bog‘liq va u har doim tildan mustaqildir.
2. Spetsifikatsiya diagrammalari spetsifikatsiyalar va interfeyslarga ega dasturiy ta’minot abstraksiyalarini yoki komponentlarini tavsiflaydi.
Topshiriqlar:
1. Sinf diagrammasi nima va u qanday vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan?
2. Sinf diagrammasining asosiy elementlarini nimalar tashkil etadi?
3. Sinf diagrammasini yaratish usullari haqida yozma ma’lumot tayyorlang.
Ishning maqsadi. Talabalarga ketma-ketliklar diagrammasini yaratish bo‘yicha amaliy bilim berish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Sequence diagrammasi shunchaki ketma-ket tartibda obyektlar orasidagi o‘zaro ta’sirni tasvirlaydi. UMLda Sequence diagrammasini qo‘llashdan maqsad tizimdagi xabarlar oqimining ketma-ketligini tasavvur qilishdir. Sequence diagrammasi vaqt bo‘yicha tartiblangan voqealar ketma-ketligi sifatida ikki hayot chizig‘i o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ko‘rsatadi.
Sequence diagrammasini tuzishdagi asisy qoidalar quyidagilardan iboratdir:
Sequence diagrammasi tizimdagi ssenariyning amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Tizimdagi hayot chiziqlari tizimni bajarish jarayonida ishtirok etadi.
Sequence diagrammasida hayot chizig‘i vertikal chiziq bilan ifodalanadi.
Ikki yoki undan ortiq obyektlar orasidagi xabarlar oqimi sahifaning pastki qismiga cho‘zilgan vertikal nuqta chiziq yordamida ifodalanadi.
Sequence diagrammasida yuqorida tavsiflangan har xil turdagi xabarlar va operatorlar qo‘llaniladi.
Sequence diagrammasida iteratsiya va tarmoqlanish ham qo‘llaniladi.
Notations in Sequence Diagram
Yuqoridagi Sequence diagrammasi hayot chizig'i belgilarini va ketma-ketlik diagrammasida ishlatiladigan turli xabarlarning yozuvlarini o‘z ichiga oladi, masalan, yaratish, javob berish, asinxron xabar va boshqalar.
Berilgan ketma-ketliklar (Sequence) diagrammasidagi hodisalarning tartiblangan ketma-ketligi quyidagicha:
Buyurtma berish.
Kassaga pul to'lash.
Buyurtmani tasdiqlash.
Buyurtma tayyorlash.
Buyurtma miqdori.
Agar biror kishi operatsiyalar tartibini o‘zgartirsa, bu dasturning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bu, shuningdek, noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkin. Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik diagrammasidagi har bir ketma-ketlik boshqa turdagi xabarlar yordamida belgilanadi. Diagrammadagi barcha o‘zaro ta’sirlarni belgilash uchun bir xil turdagi xabarlardan foydalanish mumkin emas.
|