O‘xshash tijorat modellarini yaratish




Download 378,85 Kb.
bet42/89
Sana12.12.2023
Hajmi378,85 Kb.
#116419
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
Bog'liq
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org

2. O‘xshash tijorat modellarini yaratish.
Videokonferensiya auditoriyalarning bir-biri bilan siqilgan videosignallarni telefon liniyasi orqali uzatish yordamida bogʻlanishidir.
Bu uslub orqali turli joylardagi o‘quvchilar bir-biri bilan mukammal darajadagi harakatga keltirilgan video materiallari orqali ulanishlari mumkin. Video konferensiya ma’lum masofada joylashgan sinf xonalarini bir biriga yaqinlashtiradi. Bunday videokonferensiyalarni tashkil etish ancha qimmat tushadi va u yetarli darajada samarali bo‘lishi uchun munozaralar (tasvirlar, xarakatlar va ovozlar) sinxron ravishda uzatilishi lozim. Video konferensiya huddi audio konferensiya kabi sifatli telekommunikatsion infrastrukturaga tayanadi.
Kompyuter vositasi orqali muloqot. Kompyuterga asoslangan muloqot talim uchun bevosita elektron pochta, kompyuter konferensiyasi va Butun-Jahon Tarmogʻi resurslarini o‘z ichiga qamrab oladi. Kundan-kun soni yanada oshayotgan, kompyuterga asoslangan aloqa orqali o‘qitish yaqin kunlarda o‘z nomini «tarmoq orqali o‘qish» ga o‘zgartirishi mumkin. Elektron pochta telefon o‘rnini bosib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning aloqa vositasi sifatida hizmat qiladi. Kompyuter konferensiyasi o‘rganuvchilarni bir-biri bilan va o‘qituvchilar bilan malumot almashish va o‘quv materiallaridan kelib chiqadigan masalalarni muhokama qilish imkoniyatlarini beradi. Kompyuter konferensiya qatnashchisi o‘zgalarning qo‘shgan hissalarini o‘qishlari va hech qanday o‘qitish markazlariga sayohat qilib o‘tirmasdan, o‘zi istagan payt va joyda qatnashishi mumkin. Faqat modem va internetga ulangan va kerakli kompyuter dasturi bilan ta’minlangan kompyuter bo‘lishi lozim.
Kompyuter konferensiya aloqalari tekstga asoslangan, o‘rganuvchilar axborotlarni download (axborotga yoki sahifaga kirish) va upload qilish kabi bilimga ega bo‘lishlari kerak.
Kompyuter orqali konferensiya juda tezkor va ishonchli Internetni yetkazib bera oladigan telekommunikatsion infrastrukturaga tayanadi.
Misol: Deakin Universiteti elektron pochta va kompyuter orqali konferensiyalar yordamida “elektron jamiyat” quryapti, Murdoch Universiteti esa telekommunikatsion vositalarni barcha o‘quv dasturlariga kiritgan.
Kompyuter asosida bilim olish. Kompyuter asosida bilim olish (Computer Based Learning CBL) bu umumiy termin bo‘lib, u yakka, yani internetga ulanmagan va maxsus kompyuter dasturlari yordamida o‘qish va bilim olishdir.
Misol: Kanadadagi Atabaska Universiteti o‘quvchilarini qo‘shimcha malumot bilan, ingliz tili grammatikasi hamda izohli lugʻati bilan ta’minlash yuzasidan kompyuter yordamida o‘quv dasturlarini tashkil qiladi.
Taylanddagi Chulalongkorn Universitetining Meditsina Fakultetida qon aylanish hamda nafas olish sistemalari kabi asosiy mavzularda ishlatilishi mumkin bo‘ladigan qator kompyuter yordamida o‘qish dasturlari mavjud.
Samarali o‘quv quroli hamda hozirgi kunda barcha ishlay oladigan grafika va animatsiya qobiliyatiga ega bo‘lgan kompyuterga asoslangan o‘quv dasturlari ko‘p mablagʻ talab qiladigan masala va narhi samarali bo‘lishi uchun juda ko‘p sonli o‘rganuvchilarni jalb qilish kerak.



Download 378,85 Kb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




Download 378,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘xshash tijorat modellarini yaratish

Download 378,85 Kb.