Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua




Download 378,85 Kb.
bet24/89
Sana12.12.2023
Hajmi378,85 Kb.
#116419
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89
Bog'liq
Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy m-hozir.org

3. Ta’minot turlariga talablar.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda “saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi” turlarga ajratish mumkin.
Birinchi turdagi saqlovchi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi.
Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo‘ladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog‘lik obyektiv jarayon hisoblanadi.
Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o‘zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko‘rinishda ifodalanishidan qat’i nazar, uni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o‘qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an’anaviy) tizimga nisbatan o‘quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o‘stiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi, talabani o‘quv jarayonining subyektiga aylantiradi.
Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo‘ladi:
  • muayyan pedmetlarni o‘qitishda kompyuter darslari;


  • kompyuter darslari – ko‘rgazmali material sifatida;


  • talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;


  • talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;


  • talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalarini hal yetishda va h.k.


Mehnat samaradorligining bundan keyingi o‘sishi va farovonlik darajasini ko‘tarish, katta hajmdagi multimediya axborotini (matn, grafika, video tasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish ishlashga yangi intellektual vositalar va inson mashina interfeyslaridan foydalanish asosidagina erishish mumkin.


Hozirgi dunyodagi barcha ish joylarining 50% ga yaqin axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta’minlangan.
Jamiyatni axborotlashtirish, yangi axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash insonlarning turli – tuman ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim o‘rin tutadi.
Mazkur yehtiyoj doim mavjud bo‘laveradi va biror -bir axborotli muhit doirasida qondiriladi. “Axborotli muhit” tushunchasiga hozirgi kunda ingformatika masalalarini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Insoniyatni o‘rab turgan muhit o‘z xizmatlariga ko‘ra turlichadir – tabiiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy va oilaviy ruxiy bo‘lishi munkin.
Axborotli muhitning tabiatni tushunishda axborotning bilimga aylanishini o‘rganish katta ahamiyatga yega. Bir qarashda bir xildek tuyiladi, ammo ular munosabatini chuqurroq o‘rganishda axborotda bilimning kommunikativ “boshqa vositalar” o‘rtasidagi bog‘liqlik xususiyati borligini ko‘ramiz.



Download 378,85 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   89




Download 378,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kafedrasi axborot tizimlarini loyihalash fanidan o‘quv-uslubiy majmua

Download 378,85 Kb.