|
O’quvchilar inshosini tahlil qilish
|
bet | 17/93 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 435,6 Kb. | | #131505 |
Bog'liq Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.orgO’quvchilar inshosini tahlil qilish
Nutq o’stirish metodikasida o’quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
O’quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1. Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?).
2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to’g’ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo’qmi, zarur o’rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?).
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo’l qo’yilmaganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?).
4. Insho hajmi (so’z, gap soni; lakonizm yoki ko’p so’zlilik).
O’quvchilar inshosiga qo’yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.
Nutqiy xatolarga noto’g’ri (noo’rin) tanlangan so’zlar, noto’g’ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto’g’ri ishlatish kiradi.
Boshlang’ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to’g’rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o’rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to’g’rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
10-Mavzu: Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari
O`quvchilar yo`l qo`yadigan nutqiy xatolarning asosiy turlari, ularni to`g`rilash va oldini olish yo`llari.
Reja:
1. Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari
2. O`quvchilar yo`l qo`yadigan nutqiy xatolarning asosiy turlari
3. Nutqiy xatolarni to`g`rilash va oldini olish yo`llari.
|
| |