• Darsning maqsadi
  • Tayanch so`z va iboralar
  • Qayta hikoyalash
  • Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua




    Download 435,6 Kb.
    bet41/93
    Sana07.01.2024
    Hajmi435,6 Kb.
    #131505
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93
    Bog'liq
    Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org

    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1.Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009.
    2.Fuzailov., Xudayberganova M., Yo`ldosheva Sh. 3-sinf „Ona tili“ darsligi. Toshkent. 2012-y.

    7-Mavzu: 2-3-sinfda bayon o‘tkaziladigan dars ishlanmasini tuzish.
    Reja:
    1.2-3-sinfda bayon o`tkazish metodikasi.
    2.2-3-sinfda bayon o`tkaziladigan dars-reja ishlanmasini tuzish.
    Darsning maqsadi: Talabalarning 2-sinfda bayon yozish metodikasi yuzasidan ko`nikma va malaka hosil qilish, mavzu yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
    Darsning tiri: Mustahkamlash tipidagi dars.
    Darsning jihozi: Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009, 2-sinf „Ona tili“ darsligi, bayonlar to`plami, ko`rgazmali vositalar.
    Tayanch so`z va iboralar: bayon, og`zaki qayta hikoyalash, yozma qayta hikoyalash, yozma ish, badiiy uslub.
    Namunaviy matn og’zaki va yozma qayta hikoya qilinadi. O’qish darslarida asosan og’zaki qayta hikoyalash mashq qilinsa, ona tili darslarida u ko’proq yozma tarzda o’tkaziladi.
    Bayon o’qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so’ng yozma qayta hikoyalashdir. O’qish darslarida matn ustida ishlash, o’qilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida og’zaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
    Qayta hikoyalashning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish og’zaki qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari, boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga ko’ra bayon uchun kichik hajmdagi, kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni asta-sekin murakkablashtira boriladi: avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi matn tanlansa, unga yana lavhalar, tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari ham qo’shiladi; keyinroq shaxsini o’zgartirib bayon yozishga o’tiladi. Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus ola boradi.
    Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga ko’ra, 2-sinfda katta bo’lmagan (30-40 so’zli) matn yuzasidan o’qituvchi yordamida so’roqlar asosida bayon yozdiriladi. Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy nutqni to’g’ri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.

    Download 435,6 Kb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93




    Download 435,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua

    Download 435,6 Kb.