• Nazorat uchun savollar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Darsning maqsadi
  • Tayanch so`z va iboralar
  • Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua




    Download 435,6 Kb.
    bet44/93
    Sana07.01.2024
    Hajmi435,6 Kb.
    #131505
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
    Bog'liq
    Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org

    Tarqatma materiallar:
    1-tarqatma:
    1. “Bayon” o`tkazish metodikasini misollar orqali izohlash.
    2. Boshlang`ich sinfda qayta hikoyalash metodikasini misollar orqali izohlash.
    2-tarqatma:
    1. 2-sinf o`quvchilariga bayon o`tkazish metodikasini misollar bilan izohlash .
    2. 2-sinfda bayon o`tkaziladigan mavzularda matnlar tuzish .
    3-tarqatma:
    1. 2-sinfda bayon o`tkazish dars-reja ishlanmasini tuzish.
    2. 2-sinfda bayon o`tkazishda qo`llaniladigan mustaqil topshiriqlar tuzish.
    Nazorat uchun savollar:
    1.2-sinfda nechta so`zdan iborat bayon yozdiriladi?
    2. 2-sinfda bayon qanday metodlar asosida tashkil qilinadi?
    3. 2-sinfda bayon o`tkazish uchun qanday matnlar tanlanadi?
    4. 2-sinfda bayon o`tkazishda tanlab hikoya qilish metodi qanday o`tkaziladi?
    5. 2-sinfda bayon o`tkazishda qanday mavzular tanlanadi?
    6. Bayon o`tkazishning o`quvchilarning bog`lanishli nutqili o`stirishda qanday ahamiyati bor?
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1.Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009.
    2. Qosimova K., Fuzailov S., Ne`matov A. 2-sinf „Ona tli“ darsligi. Toshkent. 2010-y.
    8-Mavzu: 4- sinfda bayon o‘tkaziladigan dars ishlanmasini tuzish
    Reja:
    1.4-sinfda o`tkazish metodikasi.
    2.4-sinfda bayon o`tkaziladigan dars-reja ishlanmasi tuzish.
    Darsning maqsadi: Talabalarning 4-sinfda bayon yozish metodikasi yuzasidan ko`nikma va malaka hosil qilish, mavzu yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
    Darsning tiri: Mustahkamlash tipidagi dars.
    Darsning jihozi: Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009, 4-sinf „Ona tili“ darsligi, bayonlar to`plami, ko`rgazmali vositalar.
    Tayanch so`z va iboralar: qisqartirib qayta hikoyalash, qisqartirib qayta hikoyalash elementlari ijodiy qayta hikoyalash, shaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash, personaj tilidan qayta hikoya qilish, matnni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalash.
    Qayta hikoyalash bog’lanishli nutqni o’stirishning zaruriy bosqichidir. Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga ko’ra, matn mazmunini qisqartirib bayon yozishni 3-sinfda o’rgatish ko’zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik matn qismlariga sarlavha topish, matn rejasini jamoa bo’lib tuzish bilan bog’liq holda 2-sinfdan boshlanadi.

    Qisqartirib bayon yozish uchun o’qituvchi yoki o’quvchilarning o’zlari matnni bir-ikki marta o’qiydilar, so’ng matn mazmuni yuzasidan suhbat o’tkaziladi va yoziladigan asosiy fikr hamda tushirib qoldiriladigan o’rinlar ajratiladi. Qisqartirib bayon yozishga og’zaki tayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi, lug’at ustida ishlanadi, gap va matnning ayrim qismlari tuzdiriladi. Og’zaki qisqa qayta hikoyalashdan matnni qisqartib bayon yozishga o’tiladi. Qisqartib bayon yozishga og’zaki tayyorgarlik mashqlari asta kamaytirilib boriladi.


    Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi ajratiladi. Boshlang’ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

    Download 435,6 Kb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




    Download 435,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua

    Download 435,6 Kb.