|
Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko’rish metodiga ko’ra
|
bet | 47/93 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 435,6 Kb. | | #131505 |
Bog'liq Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.orgMustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko’rish metodiga ko’ra insho ikki turli bo’ladi:
1) sinf o’quvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so’ng yoziladigan insho;
2) alohida mavzu asosida individual tayyorgarlikdan so’ng yoziladigan individual insho.
Janriga ko’ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo’linadi. Boshlang’ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo’lgan hikoya tarzidagi inshodan ko’proq foydalaniladi.
Inshoni tasnif qilish ta’limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni tanlashga, shuningdek, ish turlarini zaruriy yo’nalishda, baravar taqsimlashga yordam beradi.
Boshlang’ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik yoshdagi o’quvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir.
Rasm asosidagi insho maktablarda tez-tez o’tkaziladi, chunki rasm bolalar nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta’sir etadi, hayotning bola tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm o’quvchilarga tanish bo’lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi.
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor:
1) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho;
2) syujetli, o’quvchilarni o’ylashga, faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho;
O’quvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, so’ng bir rasm asosida, undan so’ng tasviriy insho yozish (rasmni tasvirlash)ga o’rgatiladi.
Dasturga ko’ra, 1-sinf o’quvchilari o’yinlari, mehnatlari, voqea-hodisalar haqidagi taassurotlari asosida o’qituvchi rahbarligida hikoya tuzishlari va uni ma’lum tayyorgarlikdan so’ng yozishlari, 2 - sinfda rasmlar seriyasi asosida kichik hikoya tuzish va uni jamoa tarzda tuzilgan reja asosida yozish, tabiatni kuzatish va mehnat jarayoni haqida, bolalarning o’yinlari, ishlari, sayillari haqida, avval o’qituvchi rahbarligida, keyin mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni yozish, shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari, 3 - sinfda rasmlar (bir mavzuga oid bir necha rasm, syujetli bir rasm, rasmni tasvirlash) asosida hayotiy tajribalari, kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan taassurotlari asosida rejani, avval jamoaviy ravishda, keyin mustaqil tuzib hikoya qilish va uni yozishlari talab etiladi.
Boshlang’ich sinflarda insho ta’limiy xarakterda bo’ladi, 3-sinfdagina tekshiruv insho o’tkazish mumkin. Rag’batlantirish maqsadida ta’limiy insholar ham baholanadi, lekin salbiy baho qo’yish tavsiya etilmaydi.
Mavzu insho predmeti bo’lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to’g’ri va to’liq bo’lishi o’qituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o’quvchilar uni qanday tushunishlariga bog’liq.
Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og’zaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rolь o’ynaydi.
O’quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o’rganadilar. Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, bahor havosi haqida, ona qishlog’i (shahri) haqida, qo’rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar. Keyin savollar asosida bir mavzuga oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun iloji boricha tor − aniq chegaralash mumkin bo’lgan mavzuni tavsiya qilish foydali. «Kuz» mavzusi o’quvchilar uchun juda keng mavzu bo’lib, bunda o’quvchi umuman kuz haqida, kuzda qilinadigan ishlar haqida yozishi mumkin, u yozadi − gaplarining aniq chegarasini bilmaydi. O’quvchilarga kuzga oid «Paxta terimiga yordam», «Kuz kunlarining birida», «Bog’da olma terdik», «Pomidor terishga yordamlashdik», «Kech kuzda bog’ manzarasi» kabi mavzularni tavsiya qilish mumkin.
Og’zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab qilishdan tashqari, avval material to’plash va shu yig’ilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin. Masalan, kech kuzda tabiatni kuzatish va material yig’ish tavsiya qilinadi, kuzatishlar «Kech kuzda» mavzusida insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda o’quvchilar mavzuni to’liq yoritadilar.
Reja har qanday og’zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy pog’onasi, uning «loyihasi»dir. Qishi o’z nutqi haqida o’ylab, asosiy gaplarini belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1-sinfda reja rolini o’qituvchi savollari, ya’ni so’roq gaplar tarzidagi reja bajaradi; 2-sinfda reja o’qituvchi rahbarligida jamoaviy tarzda tuziladi; 3-sinfda esa mustaqil tuziladi. Boshlang’ich sinflarda 3 - 5 talik oddiy reja tavsiya qilinadi.
Bolalar avval o’qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so’ng bir mavzuga oid bir necha rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya’ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. Shundan so’ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan, reja tuzishga qulay bo’lgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho rejasini tuzishga o’tiladi.
|
| |