|
Shaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon
|
bet | 45/93 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 435,6 Kb. | | #131505 |
Bog'liq Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org1. Shaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang’ich sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan ko’proq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o’quvchilar hikoyadagi gaplarni qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni o’quvchilar III shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari uchun o’qituvchi rahbarligida gapning kesimini o’zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o’zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning nomini va u yoki ular so’zini ishlatadilar. SHaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon yozish o’qish darslarida olib borilgan bunday og’zaki tayyorgarlikning davomi sifatida o’tkaziladi.
2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish.
3. Matnni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalash. O’quvchilar hikoya mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham ko’pincha og’zaki tarzda o’tkaziladi.
Tarqatma materiallar:
1-tarqatma:
1.Boshlang`ich sinfda qayta hikoyalash metodikasini izohlash.
2.Boshng`ich sinflarda tanlab hikoya qilish metodikasini izohlash.
2-tarqatma:
1. 4-sinfda shaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon o`tkazish metodikasini o`tkaziash.
2. 4-sinfda bayon yozishda hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish metodikasini izohlash.
3-tarqatma:
1. 4-sinfda bayon yozish dars-reja ishlanmasini tuzish.
2 4-sinfda bayon yozishda matnni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalash qo`llaniladigan mustaqil topshiriqlar tuzish.
Nazorat uchun savollar:
1. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida qayta hikoyalash metodikasi qanday o`tkaziladi?
2. 4-sinfda bayon o`tkazish qanday metodlar asosida tashkil etiladi?
3. Tanlab qayta hikoyalash metodikasi qanday o`tkaziladi?
4. Tanlab qayta hikoyalashning qanday turlari mavjud?
5.To`liq hikoya qilish qanday metodda tashkil qilinadi?
6. 4-sinfda nechta so`zdan iborat bayon yozdiriladi?
7. Shaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon o`tkazishda qanday ishlar olib boriladi?
|
| |