“Aqliy hujum” metodi ta'lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: 1. Ta'lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib
qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash
maqsad qilib qo‘yilganda yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda- mavzudan
so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar: 1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham
inobatga olinadi.
3. Har bir ta'lim oluvchi qatnashishi shart.
Quyida “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan.
Muommali savol: Elektron pochtaning afzalliklari va kamchiliklarini hisobga
olgan hoida bugungi kunda uni qo`llash optimal yoki optimal emasligi to`g`risida.
Muammoli savol beriladiFikr va g‘oyalar eshitiladi va jamlab boriladi Fikr va g‘oyalar guruhlanadi Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi Bilaman ,bilishni xoxlayman, bilib oldim jadvali asosida.
201
Bilaman
Bilishni xohlayman
Bilib oldim
Internet qidiruv tzimida
ishalshni
O`z nomimga Elektron
pochta ochishni
O`z nomimda Elektron
pochta mavjud
7 - ILOVA
Kichik guruhlarga bo`ladi, kichik guruhlarda ishlash qoidasi
O‘quvchilar sonidan kelib chiqib teng 3 yoki 4 kichik guruhlarga
bo‘linadi;
Har bir kichik guruhlar o‘zlariga nom berishadi;
Berilgan topshiriqlarni bajarishadi.