Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/158
Sana28.06.2024
Hajmi4,96 Mb.
#266104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari

 
4 - ILOVA
 
 
Axborot va uning turlari. Axborotning bit o`lchov birligi. Axborotning 
xususiyatlari. 
Reja : 
 1.Axborot va uning turlari. 
2.Axborotning bit o`lchov birligi. 
3.Axborotning xususiyatlari. 
 
“Axborot texnologialari” iborasidagi texnologiya so`zi lotincha “texnos” – 
san`at, hunar, soha va “logos” – fan degan ma`noni bildiradi. Ya`ni texnologiya 
biror vazifani bajarishda uning turli xil usullarini ko`rinishini bildiradi. 
Axborot texnologiyalai axborotlarni yig`ish,saqlash, uzatish, qayta ishlash, 
usul va vositalari majmuidir. 
Axborot texnologiasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki 
va tashqi omillar mavjud bo`lib,ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: 
Ichki omillar – bu axborotlarning paydo bo`lishi (yaratilishi) , turli xossalari, 
axborotlar bilan turli amallar bajarish, uiarni jamlash, uzatish, saqlash va h.z. 
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnika uskunaviy vositalari 
orqali 
axborotlar 
bilan 
turli 
vazifalarni 
amalga 
oshirishni 
bildiradi. 
Texnologiyalar. 
Texnologiya deganda ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga 
oshiriladigan jarayonlar tizimidan iborat bo‘lgan yaratuvchilik faoliyati 
tushuniladi. (lotincha techne - hunar, sa’nat, logy- fan). Jarayon deganda 
maqsadga erishishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar majmui tushuniladi. Ushbu 
jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi 
vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi. Umumiy hollarda texnologiya 
deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, 
material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o‘zgarishi, uni 
qayta ishlash, tayyorlash 64 usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni 
yuqori darajada uddalash deganidir. Axborot texnologiyalari to‘g‘risida gap 
ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. 
Biroq bu obyekt, jarayon yoki hodisa to‘g‘risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot 
bo‘ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik 
vositalar orqali namoyon bo‘ladi. Sanoat ishlab chiqarishida har qanday 


14 
texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan oxirigacha bo‘lgan texnologik 
jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. 
Tarkibiy elementlar (texnologik operatsiyalar) ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: 
birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli uslublar va 
tamoyillar orqali, ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi 
texnologik operatsiyani bajarish uchun jalb etish mumkin bo‘lgan asbob-uskuna 
vositalari orqali. Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning tamoyilial imkoniyatini 
tavsiflab beradi. Ularning asosini inson tomonidan o‘rganilgan (balki to‘liq emas) 
tabiiy (fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining 
ilmiy izlanishlari natijasida to‘plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar 
tashkil etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya usullar va tamoyillarni 
belgilovchi butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham 
turlicha. Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning 
iqtisodiy tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi. Uslublar va 
tamoyillarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga nisbatan ta’siri har xil 
bo‘lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki tamoyillarning ishlab 
chiqarishga nisbatan ta’siri hisobga olinmasligi mumkin. Uslub va tamoyillar 
ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidagi mahsulotni olishni belgilab beradi. Ushbu 
mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va qanday bajarish davomiyligi aniq 
belgilangan bo‘ladi. Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil ishni amalga oshirish 
uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan 65 asbob-uskuna vositalari texnologiya 
tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi 
(yoki bo‘lmasligi) tayyor mahsulot ko‘rinishida natijalar olish uchun zarur bo‘lgan 
texnologik operatsiyalar ro‘yxatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo‘yicha 
belgilangan barcha funksiyalar amalga oshirilsa (asbob-uskuna vositalari 
yordamida yoki ularni qo‘llamasdan), amalda o‘sha buyumni olish texnologiyasini 
ishlab chiqish mumkin. Aksincha, ayrim funksiyalar bajarilmasa yoki mavjud 
asbob-uskunalar bilan uni bajarish o‘ta murakkab bo‘lsa, u holda tegishli 
operatsiyani bajara oladigan asbobuskunalarni yaratish vazifasi qo‘yiladi yoki 
bunday texnologiyani yaratish imkoniyati yo‘qligi haqida qaror qabul qilinadi. 
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda tayyorlash, qayta ishlash vositalari 
va usullari orqali belgilanadigan xom ashyo, material holati, xususiyati va 
shaklining o‘zgarish jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish 
maqsadida materialning sifati yoki boshlang‘ich holatini o‘zgartiradi. Axborot 
texnologiyasi moddiy resurslarni qayta ishlash analogi sifatida Axborot 
shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash jarayonini xuddi moddiy 
resurslarni qayta ishlash jarayoni kabi texnologiya sifatida qabul qilish mumkin. 
Axborot texnologiyasi — obyektning (axborot mahsulotining) holati, jarayon yoki 
voqeaning yangi xususiyati to‘g‘risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, 
qayta ishlash, uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir. 
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi — inson yoki tizimning 
ehtiyojini 
qondiruvchi 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
sanaladi. 
Axborot 
texnologiyasining maqsadi esa — axborot ishlab chiqarish bo‘lib, uni tahlil etish 
va uning asosida biror bir harakatga qo‘l urish uchun tegishli qaror qabul qilish. 66 


15 
Ma’lumki, bitta va faqat o‘sha moddiy resursga nisbatan har xil buyum yoki 
mahsulot olish mumkin. Axborotni qayta ishlash texnologiyasiga nisbatan ham 
shunday bahoni bersa bo‘ladi. Axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, 
izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, 
qurilmalar, usullar va jarayonlardir. Moddiy va axborot texnologiyasining asosiy 
komponentlarini qiyoslash 1- jadvalda berilgan. Axborot texnologiyasi 
avtomatlashgan 
va 
an’anaviy-(qog‘oz) 
ko‘rinishda 
amalga 
oshiriladi. 
Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir 
texnologiyaning mohiyatiga bog‘liq. Avtomatlashtirish — bu inson ish faoliyatini 
mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va 
iqtisodiy mazmundagi xattiharakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lib, 
ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga 
oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi. 1- 
jadval. Mahsulot ishlab chiqarish uchun texnologiya komponentlari Moddiy 
mahsulot Axborot mahsuloti Xom ashyo va materiallar tayyorlash Ma’lumotlar 
yoki boshlang‘ich Moddiy mahsulot ishlab axborotni yig‘ish chiqarish 
Ma’lumotlarni qayta ishlash va yakuniy axborotga ega bo‘lish Iste’molchilarga 
ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish Uning asosida qaror qabul qilish uchun 
yakuniy axborotni uzatish Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi? Quyidagi 
hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani 
avtomatlashtirish zarur bo‘ladi: •insonning fiziologik va psixologik imkoniyati 
mazkur jarayonni boshqarish uchun yetarli bo‘lmasa; •boshqaruv tizimi inson 
hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo‘lsa; 67 •boshqaruv jarayonida 
ishtirok etish kishidan o‘ta yuqori malakani talab etsa; •boshqarish kerak bo‘lgan 
jarayon o‘ta tang yoki avariya holatida bo‘lsa. Zamonaviy axborot texnologiyalari 
Hozirgi zamon jamiyatida axborotlarni qayta ishlashning asosiy texnik vositasi 
sifatida texnologik jarayonlarni yaratish va ulardan foydalanish konsepsiyasiga 
hamda qayta ishlash natijalarining sifati, ishonchligiga yetarli darajada ta’sir 
ko‘rsatgan shaxsiy kompyuter ishlatiladi. Shaxsiy kompyuterning axborotlashtirish 
jarayoniga tatbiq etilishi va telekommunikatsion vositalardan aloqa vositalari 
sifatida foydalanish axborot texnologiyalari rivojlanishining yangi bosqichiga yo‘l 
ochib berdi. Buning natijasida axborot texnologiyasi atamasi “zamonaviy” bilan 
birgalikda 
“zamonaviy axborot texnologiyasi”, “zamonaviy kompyuter 
texnologiyasi” yoki “yangi axborot texnologiyasi” kabi iboralar shakllandi. 
“Zamonaviy” so‘zi bunday texnologiyaning evolyutsion emas, balki novatorlik 
(yangilik) tavsifga ega ekanligini ko‘rsatadi. Zamonaviy axborot texnologiyasi 
tushunchasiga 
axborotlarni 
uzatishni 
ta’minlovchi 
kommunikatsion 
texnologiyalari, ya’ni telefon, telegraf, telekommunikatsiya, faks va boshqa shu 
kabi qurilmalar ham kiradi. Zamonaviy axborot texnologiyasi – shaxsiy 
kompyuterdan keng foydalanishga, foydalanuvchilarning (dasturlash bo‘yicha 
mutaxassis bo‘lmaganlar) axborot jarayonida faol ishtirokiga, «do‘stona» 
foydalanuvchi interfeysining yuqori darajada bo‘lishiga, umumiy va muammo 
mazmunidagi amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga, EHM hisoblash 
tarmoqlari tufayli ma’lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish imkoniyatiga 


16 
asoslangan texnologiyalardir. Zamonaviy axborot texnologiyalarining uchta asosiy 
tamoyillari quyidagilar: 
• kompyuter bilan interaktiv (muloqot) rejimida ishlash;
• boshqa dasturiy mahsullar bilan integratsiyalashuvning mavjudligi (birlashtirish, 
o‘zaro bog‘liqlik); 
• qo‘yilgan masala va berilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish jarayonining qulayligi.
Hozirgi kunda 0 va 1 ikkita belgilarni o‘z ichiga olgan tildan foydalangan holda 
axborotni ifodalashning bunday usuli texnik qurilmalarda keng qo‘llaniladi. 
Ushbu ikkita belgi 0 va 1 bit deb ataladi (ingliz tilidan. 

Download 4,96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasb hunar maktabi axborot texnologiyalari asoslari

Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish