Касбий психология




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/207
Sana16.05.2024
Hajmi6,46 Mb.
#237153
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   207
Bog'liq
avtomabillar texnik ekspluatasiyasi

10-TAJRIBA IShI
Mavzu: Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish texnologiyasi
1.Ishdan maqsad: Neksiya avtomobiliga davriy servis xizmat ko’rsatish(SXK)da bajariladigan ishlar
va ularning tarkibi bilan tanishish va SXK o’tkazish ko’nikmasi hosil qilish.
II.Ishning mazmuni: Ushbu laboratoriya ishi kafedraning laboratoriyasida yoki TXKS larning
birida bajariladi va bunda talabalar Neksiya avtomobillariga SXK da bajariladigan ishlar bilan amaliy
jihatdan tanishadilar.
III.Jihozlar va asboblar: Neksiya avtomobili, ko’rish chuqurchasi, chilangarlik asboblari majmui.
4. Ishni bajarish tartibi:
1.Neksiya avtomobiliga SXK da bajariladigan ishlar tarkibi bilan tanishish.
2. Davriy (har 10 ming km da) SXK da bajariladigan ishlarni avtomobilda o’rganib
ko’nikma hosil qilish.
V. Umumiy malumotlar:


209
Avtomobillarni samarali ekspluatastiya qilishda servis xizmatini tashkil etishning ahamiyati
kattadir.
Avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish (SXK) bo’yicha ularni ishlab chiqaruvchi zavod va
kompaniyalar o’z tavsiyasiyanomalarini ishlab chiqqan. Ushbu tavsiyalar avtomobil, agregat va
detallarning resurslari asosida, birinchi navbatda kam resursli detallarni ehtiborga olgan holda
tayyorlanadi. Tavsiyalar servis xizmat o’tkazish muddati va bajariladigan ishlar ro’yxati kabilarni
o’z ichiga olgan servis kitobchasida keltiriladi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarning tavsiyalarini bajarish majburiy, lekin har
davlat o’zining ekspluatastiya va iqlim sharoitidan kelib chiqib o’zgartirishlar kiritishi mumkin.
Masalan, Respublikamizda «O’zavtosanoat» O’zbekiston avtomobilsozlik korxonalari
assostiastiyasi va «O’zavtotrans» davlat akstionerlik korparastiyasi tomonidan ishlab chiqilgan
«O’zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va
ta’mirlash to’g’risidagi «NIZOM» da SNG davlatlarida, xorijiy davlatlarda va respublikamizda
ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarining turlari,
ularning tarkibi va davri hamda ishlarni tashkil etish to’g’risidagi texnik siyosat keltirilgan.
Quyida NEKSIYa avtomobiliga davriy SXK da bajariladigan ishlar tarkibi keltirilgan.

Download 6,46 Mb.
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   207




Download 6,46 Mb.
Pdf ko'rish