• Namangan – 2021
  • «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi




    Download 2,89 Mb.
    bet1/18
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,89 Mb.
    #145162
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma


    O’zbekiston respublikasi
    oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi
    NAMANGAN MUHANDISLIK-Qurilish INSTITUTI

    «AVTOMOBILYO’LLARI VA AERODROMLAR» KAFEDRASI
    AVTOMOBIL YO’LLARINI LOYIHALASH” FANIDAN

    AMALIY MASHG’ULOTLARNI BAJARISH UCHUN

    USLUBIY KO’RSATMA



    Namangan – 2021
    Ushbu uslubiy ko’rsatma 5340800- “Avtomobil yo’llari va aerodromlar” va 530600 – “Transport inshootlari ekspluatatsiyasi” mutaxassisligi uchun “Avtomobil yo’llarini loyihalash” fani bo’yicha o’quv dasturga muvofiq tuzilgan.

    Tuzuvchi: stajyor-o’qituvchi M.Mamajonov


    stajyor-o’qituvchi I.Mutalibov
    Taqrizchi: dots Q.Inoyatov
    Ushbu uslubiy ko’rsatma “Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasining “___” ________2021 yildagi yig’ilishi ( majlis bayoni «№____» ) ko’rib chiqildi va ma’qullandi.

    Uslubiy ko’rsatma Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti kengashining 2021 yil «___» ________ ___ sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan. ( ro’yxat raqami №___).


    Uslubiy ko’rsatma Namangan Muhandislik-Qurilish Institutini uslubiy kengashining 2021 yil «___» ________ ___ sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan. ( ro’yxat raqami №___).


    KIRISH
    Mamlakatimizdagi avtomobil sanoati yildan-yilga o’sishi, avtomobillarni yuk ko’tarish qobilyatini va tashilayotgan yuk hajmini ortishi, harakat jadalligi va tezlikni ortishi avtomobil yo’llarining iste’mol talablarini ortishiga olib kelmoqda.
    Hammamizga ma’lumki, O’zbekiston to’g’ridan-to’g’ri dengizga chiqish yo’liga ega emas. O’zbekiston hududining ko’pgina qismi 30% tog’ va tog’ oldi adirlari, 70% o’rtacha qirli, adirlik va tekislik bo’lib keskin kontinental, quruq iqlim sharoiti 90% atrofida ishlab chiqarish va aholini Respublika hududini uchdan bir qismida joylashishi transport tarmog’ini rivojlanishiga ta’sir etadi. Bu geografik vaziyat mamlakaitmizning keng, jahon andozalari talabi darajasida bo’lgan, rivojlangan mukammal transport tizimiga ega bo’lishini taqozo etadi va runi taraqqiy ettirishning asosiy yo’nalishlairini belgilab beradi. Bunda asosiy o’rinni avtomobil yo’li egallaydi. So’ngi vaqtlarda mamlakatimizda sodir bo’layotgan jarayonlar, qurilish sohasidagi o’zgarishlar yurtimiz chiroyiga-chiroy qo’shib O’zbekistonni yanada gullab yashnashiga omil bo’lmoqda. Zero bu o’zgarishlar o’z-o’zidan emas balki katta sarmoya va katta mehnatlar evasiga kelgan. Albatta bu ishlar inson mehnati va zahmati bilan bo’ladi. Lekin bunday ulkan ishlar faqatgina inson mehnati bilan qilish ancha murakkab jarayonlarni vujudga keltiradi. Bu murakkab ishlar avtomatlashtirilgan texnika va texnologiyalar bilan ma’lum bir kampyuter tizimlari bilan amalga oshiriladi. Qurilish ishlarini asosiylari yo’l va bino inshooti bo’lgani uchun, ularning eng ko’p vaqt oladigan jarayoni shu inshootlarni loyihalash jarayonidir. Shu bilan birga eng yaxshi maosh oladigan ishchilar ham bu loyihachilardir. Loyiha–bu hali qurilmagan yo’l, bino va inshootning chizmada ko’rinishi, chizmalar tarhi, qurilish olib borish ko’rsatmasi va qacha sarf-harajat ketishini ko’rsatuvchi, inshootning qanday qurilishi kerakligini ko’rsatuvchi yo’l xaritasidir.


    Download 2,89 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi

    Download 2,89 Mb.