«avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi




Download 2,89 Mb.
bet7/18
Sana25.01.2024
Hajmi2,89 Mb.
#145162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma

6

-rasm.
Ko’p qatlamli tizimning umumiy /ekvivalent/ elastiklik moduli xaqidagi tushunchani aniqlashga oid sxema:
a - ko’p qatlamli tizim deformatsiyalanishdan keyin /punktir bilan qatlamlarning dastlabki holati ko’rsatilgan/; b- ekvivalent bir jinsli bo’shliq.
, (9)
bu yerda E1- yuqorigi qatlamning elastiklik moduli; E2- pastki qatlamning elastiklik moduli; h- yuqorigi qatlam qalinligi; D- bosimni uzatadigan doiraviy yuzaning diametri; he=2h - elastiklik moduli E2 bo’lgan pastki qatlam materialining «ekvivalent qatlami»; ko’rib chiqilayotgan ikki qatlamli tizimning yuqorigi qatlami h «ekvivalent qatlam» bilan almashtirilganda uning kuchlanganlik holati o’zgarmaydi.
Ekvivalent qatlam to’g’risidagi tushunchani quyidagi soddalashtirilgan hisobiy sxemadan olish mumkin. Chiziqli deformatsiyalanadigan yarim bo’shliqda qalinligi h1 va h2 bo’lgan, elastiklik moduli E1 va E2 bo’lgan turli materiallardan tashkil topgan ikkita cheksiz plita yotgan bo’lsin. Ma’lumki, agar plitalarning mustahkamligi bir xil bo’lsa, ularning egilishi bir xil yuklamalarda teng bo’ladi. Buning uchun ularning silindrik bikirligi bir xil bo’lishi kerak
, (10)
bu yerda Ei- elastiklik moduli; hi- plitalarning qalinligi; i- Puasson koeffitsiyenti.
Yo’l to’shamasiga ekvivalent bo’lgan bir jinsli yarim bo’shliqning elastiklik moduli (bu modulda hisobiy yuklama hosil qilgan deformatsiya berilgan qiymatdan oshmaydi), Bussineska formulasi bilan aniqlanishi mumkin. Bu formula elastik-izotrop yarim bo’shliq sirtining doira bo’yicha bir tekis taqsimlangan yuklamadan o’ta cho’kishi uchun chiqarilgan: , (11)
Bu yerda r - avtomobil g’ildiragining bosimi; D- g’ildirak iziga teng bo’lgan doira diametri; - Puasson koeffitsiyenti; - ruxsat etiladigan tiklanuvchi deformatsiya; uning qiymatini hisoblashlarda yo’l qoplamasining mo’ljallangan konstruksiyasini va harakat intensivligini nazarga olgan holda qabul qilinadi.
Yo’l to’shamalarining joiz nisbiy elastik egilishi /D talab etilgan jami elastiklik modulini aniqlashda harakat jadalligi yuqori bo’lgan yo’llarda 0,0025...0,0030, harakat yengil bo’lganida 0,0035...0,0040 chegarasida qabul qilinadi. Yengillashtirilgan takomillashtirilgan yo’l qoplamalarini hisoblashda bu qiymatni ko’pi bilan 1,5 marta oshirishga yo’l qo’yiladi.
Nobikir yo’l to’shamalarining qalinligini hisoblash uchun umumiy /ekvivalent/ elastiklik modulini belgilashda shuni hisobga olish kerakki, ko’p karra qo’yiladigan yuklamalar va harorat o’zgarishlari ta’sirida yo’l to’shamalarida toliqish hodisasi yuz beradi. Mineral materiallarning donlari yeyiladi va maydalanadi, ular orasidagi ishalanish va ilashish kamayadi, ular bog’langan organik bog’lovchilar esa toilqish jarayoni natijasida mo’rt bo’lib qoladi. Yo’llardagi kuzatishlar va modellarni laboratoriyada sinash shuni ko’rsatdiki, yuklamani bir karra qo’yishga hisoblanganda ancha katta mustahkamlikka ega bo’lgan yo’l to’shamalari hisobiy yuklamadan kam bo’lgan yuklamalar ko’p marta takror ta’sir ettirilganda yemiriladi. Yuklama qo’yish soni qancha ko’p bo’lsa, yo’l to’shamasining mustahkamligi shuncha jadal kamayadi, bunda u quyidagi empirik bog’lilikka bo’ysinadi.
, (12)
bu yerda EumumN -yo’l to’shamasining bitta polosada N (avt./sut) ta’sir etgandagi umumiy (ekvivalent) elastiklik moduli; Eumum.st - yuklamaning statik ta’sir etish sharti bo’yicha hisoblangan, endigina qurilgan yo’lning umumiy (ekvivalent) elastiklik moduli; Kin - harakat intensivligini hisobga oluvchi koeffitsiyent; a,b- qoplamaning tabiiy eskirishini va unda deformatsiyaning intensiv to’planishini hisobga oluvchi koeffitsiyent, ularning qiymatlari hozirgi harakat tarkiblari uchun nisbatan tor chegaralarda o’zgaradi.
Modullarning talab etilgan hisobiy qiymatlarini belgilash uchun nomogramma taklif etilgan .


Download 2,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 2,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi

Download 2,89 Mb.