• Rasmiylashtirish tartibi
  • 5-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Bikir yo’l to’shamalarini loyihalash (6 soat).
  • Ishning maqsadi
  • «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi




    Download 2,89 Mb.
    bet15/18
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,89 Mb.
    #145162
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma

    Topshiriq variantlari
    5-jadval

    T/r

    Variant

    T/r

    variant

    T/r

    variant

    T/r

    Variant

    1

    a

    6

    E

    11

    l

    16

    R

    2

    b

    7

    J

    12

    m

    17

    S

    3

    v

    8

    Z

    13

    n

    18

    A

    4

    g

    9

    I

    14

    o

    19

    B

    5

    d

    10

    K

    15

    p

    20

    V

    Rasmiylashtirish tartibi
    Talabalar jurnaldagi tartib raqamiga ko’ra variantlarni olishadi va topshiriq variantini bajaradilar. Amaliy mashg’ulot daftarlariga yozib savol-javob tarzida rasmiylashtirishadi.
    Nazorat savollari
    1. Asfaltbeton konsturksiya haqida gapirib bering?
    2. Sementabeton konsturksiya haqida gapirib bering?
    3. Qanday to’shamalarni bilasiz?
    4. Iqtisodiy tomondan samarali yo’l to’shmasini ayting?
    5-Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Bikir yo’l to’shamalarini loyihalash (6 soat).

    1. Bikr yo’l to’shamalari va asoslarini hisoblash

    2. Bikr yo’l to’shamalarini ko’llanish sohasi va asosiy turlari hisoblash

    3. Bikr yo’l to’shamalarini hisoblashning asosiy qoidalari

    Ishning maqsadi: Avtomobil yo’llarini loyihalashda bikr yo’l to’shamalarini loyohalash ishlari bajariladi. Shuning uchun bikir yo’l to’shamalari loyihalash ishning maqsadi hisoblanadi.
    Ishni bajarish tartibi: Birinchidan bikir yo’l to’shamasi nima ekanligini bilishimiz kerak va bikir yo’l to’shamalari loyihalash ishlarini bajarish ketma-ketligini bajaramiz. Bikir yo’l qoplamalarini tashqi yuklamalar ta’siriga hisoblash uchun elastik asosda yotgan to’sinlar va plitalar nazariyasidan foydalaniladi. Bu nazariyaning yaratilishiga akad. A.M.Krilov, professorlardan M.I.Gorbunov-Posadov, B.N.Jemoch-kin, A.Kiselev, B.G.Korenev, I.A.Mednikov, A.P.Sinitsin, O.Ya.Shexter va boshqa tadqiqotchilar ancha katta hissa qo’shdilar.
    Beton plitalarning qalinligini hisoblash borasida taklif etilgan ko’pgina usullar plitaning yuklama ostida egilishini asos sirtining cho’kishi bilan bog’lovchi umumiy diferensial tenglamadan kelib chiqadi. Тurli mualliflarning yechimlari bir-biridan shu bilan farq qiladiki, ularda grunt qarshiligini tavsiflovchi funksiyalarning xar hili qabul qilingan.
    Fuss-Vinklerning to’shak to’shama koeffitsiyenti gipotezasidan eng ko’p foydalaniladi, bu gipotezaga ko’ra asosning plitaga reaktiv bosimi qaralayotgan nuqtada uning cho’kishiga mutanosib, ya’ni r=ku. Shuningdek, elastiklik moduli bilan tavsiflanadigan chiziqli deformatsiyalanadigan yarim bo’shliq gipotezasi keng taralgan.
    Hali u yoki bu usulga afzallik berish qiyin, shunga qaramasdan, gruntning mustahkamlik tavsiflari to’g’ri belgilanganida turli usullar bilan hisoblash natijalari bir-biriga juda yaqin bo’ladi va hisoblash formulasini tanlash undan foydalanish qulayligi bilan belgilanadi.
    Shu boisdan turli mualliflar taklif etgan beton plitalarni hisoblash usullarida foydalaniladigan bikirlik ifodalari xam turlicha.
    Beton qoplamalarning qalinligini hisoblashda g’ildirakdan to’g’ri to’rtburchak shaklli plitaga tushadigan yuklamaning uchta hisobiy sxemasi bo’lishi mumkin: plita markaziga, plita burchagiga va chetiga.
    Beton qoplamalar plitasi chetiga yuklama ta’sir etganida unda eng katta kuchlanishlar hosil bo’ladi. Biroq, bir qancha hollarda qalinlikni hisoblashda yuklama plitaning markaziy qismiga qo’yiladi, yuklamalar plita burchagiga yoki chetiga qo’yilganda hosil bo’lgan momentlar esa tajribaga asoslanib yoki nazariy topilgan tuzatish koeffitsiyentlarini kiritish yo’li bilan aniqlanadi.
    Elastik asosda yotgan plitalar, professor M.I. Gorbunov-Posadov bo’yicha, quyidagi s ko’rsatkichning qiymatiga qarab, bikirligi bo’yicha uchta toifaga bo’linishi mumkin:
    , (22)
    bu yerda Yegr, gr - grunt asosning elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyenti; Yeb, b - xuddi shuning o’zi beton plita uchun; N - plitaning qalinligi; ro - doiraviy plitaning radiusi yoki to’g’ri to’rtburchak plitaning eng kichik tomonining yarmi.
    Agar plita ostidagi asos xossalari bo’yicha bir-biridan farqq iladigan bir nechta qatamlardan iborat bo’lsa, u xolda Yegr o’rniga asosning ekvivalent elastiklik moduli qabul qilinadi.
    s0,5 bo’lganida plita mutlaq bikir ya’ni uning xamma nuqtalari yuklama ta’sirida bir hil chuqurlikka cho’kadi va asosning reaksiyasi bikir shtamp ostidagidek taqsimlanadi, deb hisoblaydilar.
    0,5≤s≤10 bo’lganida plitani oxirgi bikirlikka ega toifaga kiritiladi, bu xol yig’ma qoplmalarga xosdir, bo’lganida planda cheksiz bo’lganlarga kiritiladi, ya’ni ularda perimetr bo’yicha ta’sir qiluvchi yuklama va chetlarining mahkamlanish usullari eguvchi momentlarga, asos reaksiyalariga va o’rta qismdagi egilishlarga ta’sir etmaydi (17.1-rasm).


    Download 2,89 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 2,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi

    Download 2,89 Mb.