|
«avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi
|
bet | 13/18 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #145162 |
Bog'liq Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanmaChaqiq toshli qoplamalar avtomobillar o’tganida yeyilishga kam qarshilik ko’rsatadi, chunki pnevmatik shinalarning qoplama bilan uringan qismida hosil bo’ladigan urinma kuchlar shibbalash samarasini buzadi. Shuning uchun harakat intensivligi kam bo’lgandagina chaqiq toshli oplamalar mustaqil oplama tarzida qo’llanadi.
Chaqiq toshliq oplama va asoslar taxminan bir hil o’lchamli chaqiq toshlardan yotqiziladi. Chaqiq toshli qoplamalarning mustahkamligi g’altak bilan shibbalashda hosil qilinadigan tishlashish tufayli ta’minlanadi. Qoplamalar yotqizishda yirikligi 50....75 mm li chaqiq toshlarning asosiy qatlami o’ziyurar yo’l g’altaklari yordamida suv quyib shibbalanadi, so’ng maydaroq (15....20 mm li) chaqiq toshlar sepib, yirik toshlar orasiga shibbalab kiritiladi. qoplamani yotqizish oxirida mayda toshlar shibbalangandan keyin olgan ancha mayda bo’shliqlar (g’ovaklar) 5....15 mm o’lchamli mayda toshlar bilan to’latiladi.
Тosh yo’llar - alohida, bir-biriga jips qilib o’rnatilgan tabiiy yoki sun’iy toshlardan qurilgan qoplama yoki asos.
Chor qirra tosh yoki klinkerdan quriladigan takomillashtirilgan tosh yo’llar sirti tekisligi bilan farq qiladi. Sindirilgan qo’pol yoki qoya toshlardan qurilgan tosh yo’llar ba’zan II va III toifali yo’llarda muvaqat qoplama sifatida yoki ancha takomillashgan qoplamalarning asosi sifatida, past toifali yo’llarda qoplamalarning mustqail turi sifatida foydalaniladi.
Mustahkamlangan gruntdan qurilgan qoplamalar va asoslar tosh materiallar yo’l xududlarda keng qo’llaniladi. Sement bilan ishlov berilgan gruntlar namlikka qarshi mustahkam va turg’un bo’ladi, bu esa undan yo’l qoplamalarining konstruktiv qatlamlari uchun material sifatida foydalanishga imkon beradi. Sementgrunt asoslar allaqachonlar keng tarqalgan. Тajriba tariqasida sement-gruntdan qurilib, sirtiga ishlov berilgan qoplamalar jadalligi kam yo’llarda yetarlicha muvaffaqiyat bilan ishlamoqda.
Qum, shag’al va donli materiallar qo’shib yaxshilangan mahalliy gruntdan qurilgan qoplamalar past toifali yo’l tarmoqlarida qo’llanadi. Loyli gruntlarga qum-shag’al kiritilganda namgarchilikda qoplamaning tashqi yuklamalarga qarshiligi oshadi. qumloq tuproq yoki loy qo’shish yo’li bilan qumlarning bog’lanishiga erishiladi.
Harakat qulayligini ta’minlashga qarab yo’l to’shamalari takomillashgan (kapital va yengillashtirilgan), o’tuvchi va past turlarga bo’linadi. Yo’l qoplamasini u yoki bu klassdagi qoplamaga kiritishda ularda deformatsiyalarning to’planish tezligi va avtomobillarning ta’minlanadigan harakat tezligi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Yo’l to’shamalarini va qoplamalarni tasniflash, ularning qo’llanish soxalari va sutkasiga yuk avtomobillarining ikki polosada jadal harakatlanish chegaralari 15.1 - jadvalda keltirilgan.
QMQ 2.05.02-95 da yo’l to’shamasi turlari, qoplamaning asosiy turlari va ularni qqabul qilish darajasi 15.2 - jadvalda keltirilgan.
Yo’l to’shamasining ba’zi keng tarqalgan turlari 15.5 - rasmda ko’rsatilgan.
Kapital va yengillashtirilgan turdagi qoplamlar mustahkam asosga yotqiziladi.
a)
b)
v)
g)
d)
e)
z)
i)
k)
j)
l)
m)
n)
o)
p)
r)
s)
|
| |