• Organik bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh va shag’aldan iborat qoplamalar
  • Yo’lda (joyida) aralashtirish
  • Sirtqi ishlov berish
  • «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi




    Download 2,89 Mb.
    bet12/18
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,89 Mb.
    #145162
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma

    a)

    b)

    v)

    14-rasm. Beton qoplamalar choklarining konstruksiyasi:
    a - ko’ndalang kengayish choki; b - ko’ndalang siqilish choki; 1 - bo’ylama chok; 2 - betonlash joyida shtirlarni mahkamlash uchun ingichka armaturadan tayyorlangan montaj karkasi; 3 - bitum surkash; 4 - chokni izolyatsiyalovchi material bilan to’ldirish; 5 – yog’och qistirma; 6 - shtirga kiysiziladigan uzunligi 6...8 sm li qalpoqcha; 7 - qalpoqchadagi tirqishni qirindi yoki namat bilan to’ldirish; 8 - sun’iy chok; 9 - kuchsiz kesimi bo’yicha plita uziladigan joy.
    Organik bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh va shag’aldan iborat qoplamalar tosh zarralari kiritilgan bog’lovchi modda bilan mustahkam bog’langanligi tufayli avtomobillarning yemiruvchi ta’siriga yaxshi qarshilik ko’rsatadi. Bunday to’shamalar suvga chidamli bo’ladi.
    qoplamalarning tuzilishidagi farqlar qurilish jarayonida bog’lovchi moddalarni kiritish usullariga bog’liq.
    Yo’lda (joyida) aralashtirish yo’lga to’kilgan chaqiq tosh yoki shag’al qatlamini ularga gudronatorlardan suyuq bitum, atron yoki emulsiya sepilganidan keyin greyderlar bilan aralashtirishdan iborat.
    Shimdirish - to’liq shibbalanmagan bir hil yiriklikdagi chaqiq toshlar qatlamiga emulsiya yoki qizdirilgan qovushoq bitumlar va atronlarni quyib kiritishdan iborat. Bog’lovchi modda 1m2 yuzaga 1 sm oplama chuqurligida taxminan 1 l bitum hisobidan sarflanadi. Bitum to’kilma ichiga kirib borgach qoplam sirtiga mayda chaqiq toshlar sepiladi va og’ir g’altaklar bilan shibbalanadi, g’altaklar bularni yirik chaqiq toshlar orasidagi bo’shliqlarga bosib kiritadi. Qoplamalarning turg’unligi asosan shibbalash vaqtida chaqiq toshlar yirik toshlar orasiga kirishi bilan ta’minlanadi. Bu turdagi qoplamalarning kamchiligi bog’lovchi materiallar ko’p sarflanishidir.
    Sirtqi ishlov berish - 2...2,5l/m2 miqdorda bitum quyib, keyin juda mayda chaqiq toshlar sepish va shibbalash usuli bilan yo’l to’shamasining sirtida hosil qilinadigan yupqa himoya qavatidir. Quyiladigan bitum va sepiladigan chaqiq toshlar miqdoriga qarab yakka va qo’sh sirtqi ishlov berish turlari bor. Sirtqi ishlov berish qoplamaning yeyilishiga qarshiligini oshiradi va uni suv o’tkazmaydigan qiladi, natijada yilning namgarchilik davrlarida quruqligicha qoladi va deformatsiya moduli katta bo’ladi. Odatda, yo’l qoplamalarining qalinligini hisoblashda sirti ishlov berilgan qatlam mustahkamlik zahirasida nazarga olinmaydi, chunki qattiq jinsli chaqiq toshdan foydalanilganda ilashish koeffitsiyenti va harakat xavfsizligi ancha ortadi. Sirtqi ishlov berish, odatda, harakat xavfsizligini oshirish tadbiri sifatida bajariladi.

    Download 2,89 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 2,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi

    Download 2,89 Mb.