• Rasmiylashtirish tartibi
  • 4-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Yo’l to’shamasi konstruktsiyalarini iqtisodiy tomondan solishtirish (4 soat).
  • Ishni bajarish tartibi
  • 13-rasm. Beton qoplama choklarining joylashuv sxemasi: 1 - kengayish choki; 2 - siqilish choki; 3 - bo’ylama chok; 4 - shtirlar.
  • «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi




    Download 2,89 Mb.
    bet11/18
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,89 Mb.
    #145162
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
    Bog'liq
    Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma

    Topshiriq variantlari
    4-jadval

    T/r

    E1

    E2

    h1

    h2

    D

    1

    100

    110

    0.10

    0.13

    5

    2

    200

    120

    0.20

    0.14

    6

    3

    300

    130

    0.30

    0.15

    7

    4

    400

    140

    0.40

    0.16

    8

    5

    500

    150

    0.50

    0.17

    9

    6

    600

    160

    0.60

    0.18

    10

    7

    700

    170

    0.70

    0.19

    11

    8

    800

    180

    0.11

    0.21

    12

    9

    900

    190

    0.12

    0.22

    13

    10

    110

    210

    0.13

    0.23

    14

    11

    120

    100

    0.14

    0.10

    15

    12

    130

    200

    0.15

    0.20

    16

    13

    140

    300

    0.16

    0.30

    5

    14

    150

    400

    0.17

    0.40

    6

    15

    160

    500

    0.18

    0.50

    7

    16

    170

    600

    0.19

    0.60

    8

    17

    180

    700

    0.21

    0.70

    9

    18

    190

    800

    0.22

    0.11

    10

    19

    210

    900

    0.23

    0.12

    11

    20

    220

    100

    0.24

    0.14

    12

    Rasmiylashtirish tartibi
    Talabalar jurnaldagi tartib raqamiga ko’ra variantlarni olishadi va topshiriq variantini bajaradilar. Amaliy mashg’ulot daftarlariga yozib savol-javob tarzida rasmiylashtirishadi.
    Nazorat savollari
    1. Yo’l to’shamasini elastik egilishga hisoblash formulasi qanday?
    2. Bog’lanmagan qatlamlarda siljishga qarshi mustahkamlik nima bilan ifodalanadi?
    3. E1 va E2 nimani anglatadi?
    4. Monolit qatlamda hosil bo’ladigan egilishdan chuzilishga formulasi qanday?
    5. D nima va uning birligini ayting?
    6. Yo’l to’shamasini muzlashga bardoshlik bo’yicha hisoblashda asosiy nima hisobga olinadi?

    4-Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Yo’l to’shamasi konstruktsiyalarini iqtisodiy tomondan solishtirish (4 soat).

    1. Yo’l to’shamasi konstruktsiyasini iqtisodiy taxlili

    2. Yo’l to’shamasi konstruktsiyalarini taqqoslash

    Ishning maqsadi: Avtomobil yo’llarini loyihalash ishlarini bajarishda yo’l to’shamasi konstruksiyalarini iqtisodiy tomondan solishtirish va eng samarador yo’l to’shamasi konstruksiyasini tanlashni o’rganishda iborat.
    Ishni bajarish tartibi: Yo’l to’shamalarining asosiy turlarini o’rganib ularni iqtisodiy tomondan solishtirish. Yo’l to’shamalarining foydalanish sifatlari - ruxsat etiladigan tezlik va harakat qulayligi - asosan qoplamalarga bog’liq. Qoplamalarni quyidagi asosiy konstruktiv turlarga ajratish mumkin.
    Asfaltbeton qoplamalar - yo’l qoplamalarining eng takomillashgan turi. Ular mustahkam asosga bir yoki ikki qatlamli qilib yotqiziladi. Bundan bir necha yillar oldin qo’llanilgan ko’p qatlamli asfaltbeton qoplamalar endi yotqizilmaydigan bo’ldi. Asfaltbeton sun’iy qurilish materiali bo’lib, yirikligi bo’yicha saralangan kamg’ovak tosh asosdan - chaqiq tosh yoki shag’aldan va qumdan (bular o’zaro mayin mineral kukunning bitumli aralashmasi bilan bog’langan) tashkil topgan aralashmani qizdirilgan holida shibbalab olinadi. Bitum asfaltbeton aralashmasining tarkibiga qarab 3.5 dan 9%gacha miqdorda qo’shiladi. Asfaltbetonlar yirik donli (chaqiq tosh fraksiyalari 40 mm gacha), mayda donli (20 mm gacha) va qumli (5 mm dan yirik bo’lmagan zarralar) bo’ladi. Asfaltbetonning xossalari haroratga bog’liq. Asfaltbeton harakatlanish uchun tekis, qulay, g’ildiraklar zarbini yumshatuvchi sirt hosil qiladi. Agar uni tayyorlash uchun jilolanmaydigan tog’ jinslarining chaqiq toshlaridan foydalanilsa, u yeyilganida ham ilashish koeffitsiyentlarining yuqori qiymatlarini saqlab qoladi. Тosh asosning tarkibini tegishlicha saralash yo’li bilan g’adir-budurligi oshirilgan yo’l hosil qiluvchi material olish mumkin.
    Sementbeton qoplamalar juda monolit va yuklamalarga chidamli bo’ladi. Ular plandagi o’lchamlari 3....4 ga 6....7 m, qalinligi 18 dan 24 sm gacha bo’lgan plitalar tarzida quriladi. Plitalar bir-biridan choklar bilan ajralib turadi, bu choklar harorat o’zgarganida uzunlikning o’zgarishiga yo’l qo’yadi.
    Kengayish va siqilish choklari bo’ladi, kengayish choklari plitalar uzayganida qisqaradi, siqilish choklari esa plitalar qisarganida kengayadi. Plitalarning birgalikda ilashishini ta’minlash va ularning o’zaro vaziyatini saqlab qolish uchun choklarga po’lat chiviq qo’yiladi, ular plitaning uzayishiga imkon beradi va bir plitadan boshqasiga vertikal yuklamalarni va qisman eguvchi momentlarni uzatadi (13-rasm).

    13-rasm. Beton qoplama choklarining joylashuv sxemasi:
    1 - kengayish choki; 2 - siqilish choki; 3 - bo’ylama chok; 4 - shtirlar.
    Sementbeton qoplamalarning hossalari asfalt-beton qoplamalarning hosslalaridan farqli ravishda hororat o’zgarganida o’zgarmaydi, bularning mustahkamligi va bikirligi issiq kunlarda pasayadi. Beton aralashmasi tarkibi to’g’ri tanlanganda va qurilish texnologik qoidalariga rioya qilinganida sementbeton uncha yeyilmaydi va ular yo’l qoplamalarining boshqa turlariga qaraganda ancha uzoqqa chidaydi.
    Sementbeton qoplamalar qurilishi to’la mexanizatsiyalashtirilgan. Zamonaviy yuqori unumli yotqizsichlar beton qoplamalarni kuniga 800....1000 m tezlikda qurishga imkon beradi. Biroq, bunda foydalanishga qadar qoplamalarning yaxshi sifatini ta’minlash uchun yangi yotqizilgan betonga, u zarur mustahkamligini olgunga qadar, uzo vaqt va sinchiklab parvarish qilishni talab etadi.


    Download 2,89 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




    Download 2,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi

    Download 2,89 Mb.