|
-rasm. Chegaraviy ruxsat etiladigan ko’pchish koeffitsiyentini aniqlashga oid sxema
|
bet | 10/18 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #145162 |
Bog'liq Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma1 2-rasm. Chegaraviy ruxsat etiladigan ko’pchish koeffitsiyentini aniqlashga oid sxema.
CDE va ABO uchburchak-larining o’xshashligidan
,
bundan, ekanligini, fcheg esa R ga qaraganda kichik ekanligini hisobga olsak,
(18)
bu yerda N - yo’l to’shamasi toshli qatlamlarining umumiy qalinligi, sm.
Notekis ko’pchish qatnov qismi umumiy enining faqat L/m qismiga tarqaladi.
Qishki ko’pchish jarayonini kuzatishda olingan ma’lumotlarga ko’ra, gidrogeologik sharoitlar nisbatan qulay bo’lganida m=2, va adrlardan o’tadigan, sizot suvlari sathi yuqori bo’lgan yo’l bo’laklarida m=1,5.
Geometrik mulohazalarga ko’ra
Bu ifodaga (16.16) tenglamadan R ning qiymatini qo’yib, qoplamaning notekis ko’pchishining yemirilishga olib keluvchi chegaraviy qiymatini olamiz.
(19)
Asfaltbeton qoplama uchun εj=0,0010.
Ko’pchish balandligi yo’lning gidrogeologik sharoitlari bo’yicha yonidagidan farq qiladigan har bir bo’lagi uchun hisoblab aniqlanadi. 1-tur joylar uchun namlanish sharoitlari bo’yicha ko’pchish faqat changsimon gruntlar bo’lgandagina tekshiriladi.
Yo’l to’shamalarini muzlashdan ko’pchishga qarshi turg’unlikka tekshirishda joiz notekis ko’pchish fj yo’l to’shamasi uchun chegaraviy qiymatning 0,2...0,6 qismidan ortmasligi kerak va xamdo’stlik mamlakatlaridagi II va III yo’l-iqlim mintaqalari uchun quyidagilarni tashkil etadi:
qoplamalar fj, sm
Sementbeton monolit .................................... 3
Asfaltbeton va yig’ma sementbeton 4
Тakomillashtirilgan yengillashtirilgan 6
O’tuvchi turdagi 10
7.4=§ ga muvofiq ko’pchish muzlagan qatlam qalinligida turgan suv miqdori Q ga bog’liq va qo’yidagini tashkil etadi
Q ning qiymatini P.A. Puzakov formulalari bilan aniqlash mumkin.
Sizot suvlar chuqur yotgan joylarda (namlanish sharoitlari bo’yicha 1 - va 2- tur joylar) fko’pch ning qiymatini soddalashtirilgan formula bo’yicha topish mumkin
, (20)
bu yerda Zmuzl - yo’l o’tkazilgan xududda maksimal muzlash chuqurligi, uni inshootlarning poydevorlarini yotqizish uchun qurilish me’yorlari va qoidalarida keltirilgan muzlash chuqurligi me’yoriy kartalari bo’yicha qabul qilish mumkin.Qabul qilingan qiymatni qordan tozalanadigan yo’lning chuqurroq muzlashini hisobga olish uchun qo’shni joydagiga qaraganda 0,5 m ga oshirish mumkin. Uni N.A.Puzakov formulasi bo’yicha ham aniqlash mumkin :
, (21)
- iqlim koeffitsiyenti, u gruntning muzlash tezligini ifodalaydi ; - gruntning ko’pchish koeffitsiyenti, uning qiymati =100 uchun 3-jadvalda berilgan; Т - muzlash davomiyligi, sut; - joyning gidrogeologik sharoitlarini hisobga oluvchi koeffitsiyent (suv chetlatilishi ta’minlanmagan zax joylar uchun =1,5, quruq joylar uchun =1); - yo’l poyining turini hisobga oluvchi koeffitsiyent (ish belgisi ≥1 m bo’lgan ko’tarmalar uchun =1, past ko’tarmalar va o’ymalar uchun =1,5).
3-jadval
Gruntlar
|
A=100%da ko’pchish koeffitsenti Kp
|
Kritik muzlash chuqurligi, sm
|
Loylar,qumo, qumloq tuproqlar.
Changsimon og’ir qumoq tuproqlar
Changsimon yengil qumoq tuproqlar.
Changmison og’ir qumoq tuproqlar yengil qumloq tuproqlar, changsimon qumlar.
|
2
3,5
3
5
1
|
80
120
120...130
120...140
120...160
|
Agar hisoblab topilgan ko’pchish ruxsat etilganidan ortib ketsa, yo’l to’shamasiga ko’pchishga duchor bo’lmagan (sovuqqa chidamli) materiallar (qum, shag’al, chaqiq tosh, shlak) dan qo’shimcha qatlam kiritilishi yoki gidroizolyatsion qatlam yoqtizilishi kerak. Bu qatlam muzlaydigan gruntning ortiqcha ko’pchish hosil qiluvchi qismini o’rnini bosadi.
|
| |