|
-rasm. Тo’shamaning o’z og’irligi ta’sirida faol siljish kuchlanishlarini aniqlash uchun nomogramma
|
bet | 9/18 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #145162 |
Bog'liq Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma10-rasm. Тo’shamaning o’z og’irligi ta’sirida faol siljish kuchlanishlarini aniqlash uchun nomogramma.
Hisoblashlarning ko’r satilishicha, (16) formula bo’yicha hi sobangan kuchlangan lik holati aniq usullar bilan hisoblangani natijaga yaqin;
siljishga joiz qarshilik Тj (16.13) tenglama bo’yicha hisoblanadi. h/D va Eo’rt/Egr nisbatlar va ichki ishalanish burchagi ma’lum bo’lsa, tekshirilayotgan qatlamda siljish faol kuchlanishining maksimal solishtirma qiymati faol nomogrammadan topiladi va unga yo’l to’shamasi og’irligining ta’siriga tuzatma kiritiladi.
Yo’l to’shamasi egilganda uning ayrim qatlamlarida cho’zuvchi kuchlanishlar paydo bo’lib, ular darz ketishi mumkin.
Elastik yarim bo’shliqda yotgan bog’langan qatlamdagi kuchlanishlarni topish uchun t.f.d. M.B. Korsunskiy quyidagi formulani taklif etdi.
, (17)
bu yerda r - hisobiy avtomobildan tushgan bosim, MPa; bunga 1,15 dinamiklik koeffitsenti kiritiladi; K1 - yuklama ta’sirining dinamikligini va yo’l to’shamalarining ishlash sharoitlarining bir xilmasligini hisobga oluvchi zaxira koeffitsenti, u 1,3 ga teng; h -qoplamaning qalinligi; he=1,1h - qoplamaning ekvivalent qalinligi; E1 - qoplamaning elastiklik moduli; - qoplama ostida yotgan konstruktiv qatlamlarning umumiy (ekvivalent) elastiklik moduli; D – g’ildiraknig qoplama bilan urinish yuzasiga teng kattalikdagi doiraning diametri.
Eum.asos
Egr
E1 /Eum.asos
11-rasm. G’ildirakdan qoplamaga tushadigan bosim 0,1 MPa bo’lganda qatlamlarning egilishga ishlaydigan pastki sirtlaridagi cho’zuvchi kuchlanishlarni aniqlash uchun nomogramma.
(17) formula bo’yicha hisoblashlar uchun nomogramma bor (11-rasm). Bu nomogramma qoplamaning nisbiy qalinligi h/D ni, qoplama materiali elastiklik modulining asos yuzasidagi umumiy modulga nisbati E1/Eum.asos ni egilishda doiraviy yuza bo’yicha taqsimlangan, 1MPa teng yuklamadan materialda hosil bo’lgan maksimal cho’zuvchi kuchlanish r bilan bog’laydi.
Nomogrammadagi mustahkamlik zaxirasi qoplamaning asos bilan ilashuvi bo’lmagan eng xavfli xol uchun berilgan.
Kuchlanish quyidagi tarzda tekshiriladi:
qoplama ostida yotgan konstruktiv qatlamlarning umumiy elastiklik moduli Eum.asos nomogramma bo’yicha topiladi, nomogrammadan foydalanib ma’lum h/D va E1/Eum.asos lar uchun birlik yuklamadan hosil bo’lgan maksimal cho’zuvchi kuchlanish topiladi. Тo’liq kuchlanish r= rK (bu yerda K - bosimning qoplamaga uzatilish xususiyatini hisobga oluvchi koeffitsent). Juft g’ildirak bo’lganida K=0,85, yakka g’ildirak bo’lganida K=1.
Agar kuchlanish 15.5-jadvaldagi joiz qiymatidan ortib ketsa, qoplamaning qalinligini kattalashtirish yoki asosning bikirligini oshirish kerak.
Oraliq qatlamda cho’zuvchi kuchlanishlarni tekshirishda oldin nomogrammadan yo’l to’shamasining yuqorida joylashgan qatlamlari uchun elastiklik moduli hisoblab chiqariladi, pastda joylashgan qatlamlar esa ekvivalent yarim bo’shliqqa keltiriladi.
Asfaltbeton qoplamalar ham yuqorida bayon qilingan usulda maxsus nomogrammalardan foydalanib tekshiriladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, qatlamlardan birortasining qalinligini tekshirishlardan birining natijasi o’zgarganida to’shamani qayta hisoblab tekshirish zarur bo’ladi.
Namning qishda ko’chib yurish jarayoni grunt g’ovaklarida namning to’planishiga va muzlashiga olib keladi, buning natijasida qoplama notekis ko’tariladi va uning tekisligi buziladi, beton oplamalarda esa darzlar, plitalar orasida pog’onalar hosil bo’ladi. Grunt bahorda eriganida og’ir avtomobillar o’tganida qoplama buziladi.
|
| |