|
Asosning qo’shimcha qatlamlari
|
bet | 5/18 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #145162 |
Bog'liq Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanmaAsosning qo’shimcha qatlamlari. Buqatlamlar qlim va grunt gidrologik sharoitlari noqulay joylarda qoplamalarning asosi bilan yo’l poyi to’shama grunti orasida yotqiziladi. Yo’l poyi ishki nam to’plash va do’ppayish jarayonlari rivojlanishi mumkin bo’lgan changsimon qumoq yoki loyli gruntilardan yotqizilgan joylarda g’ovak materiallar (qum, shag’al yoki chaqiq tosh)dan qo’shimcha qatlam yotqiziladi, u zax qochiruvchi, do’ppayishga qarshi, sovuqdan himoyalovchi qatlam deb ataladi. Bunday qatlam yo’l poyining yuqorigi qatlamlaridan ortiqcha suvni chetlatish, yo’l qoplamasini quritish, oplamaning ortiqcha do’ppayishiga yo’l qo’ymaslik va yo’l poyi gruntining mustahkamligini oshirish uchun mo’ljallangan:
yo’l poyi grunti (to’shama grunti, yo’l poyining «ishchi qatlami») -yo’l poyining yaxshilab shibbalangan va tekislangan yuqorigi qatlami bo’lib, unga yo’l to’shamasining qatlamlari yotqiziladi. Тo’shama gruntga transportning barcha bosimi beriladi, shuning uchun u yo’l to’shamasi konstruksiyasida asosiy element bo’lib hisoblanadi. Yo’l to’shamasining mustahkamligi faqat bir jinsli, yaxshilab shibbalangan, do’ppayib chiqmaydigan yo’l poyi bo’lgandagina ta’minlanishi mumkin, bunda suvni chetlatish ham ta’minlangan bo’lishi kerak. Yo’l poyi gruntining tashqi yuklamalarga qarshiligini oshirish, uni quritish va suv rejimining doimiyligi yo’l to’shamasining mustahkamligini oshirish va uning narxini pasaytirishning ishonchli usullaridir. Kuchsiz chala shibbalangan yoki o’ta namlangan gruntli asosga yotqiziladigan toshli materiallar qatlami qalinligini har qanday oshirish yo’l to’shamasining mustahkamligini va tekisligini ta’minlay olmaydi.
2-jadval
Yo’l to’shamasi turlari
|
Qoplamaning asosiy ko’rinishi
|
Yo’l toifasi
|
Bandlarga muvofiq qabul qilinadi
|
Kapital
|
Sementbetonli uyma
Тemir betonli yoki ara-mabetonli va yig’ma betonli
Asfaltbetonli
|
I-IV
I-IV
I-IV
|
7.8; 7.16; 7.33
7.10; 7.14
7.34
|
Yengillashtirilgan
|
Asfaltbetonli
Bog’lovchilar bilan ishlov berilgan shag’al, chaqiq tosh va qumli
|
III, IV va II darajali yo’lni 2 bosqichli qurilishining 1 bosqichida.
IV-V
|
7.34
7.34
|
O’tuvchi
|
Shag’alli va chaqiq toshli;
Bog’lovchilar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh qo’shilgan shag’al
|
IV-V
III darajali yo’lni
2 bosqichli qurilishining 1 bosqichida
|
7.4; 7.45
7.37-7.39; 7.40
|
Eng past
|
qo’shimchalar bilan mustahkamlangan yoki yaxshilangan tuproq
|
V va IV darajali yo’lni 2 bosqichli qurilishining 1 bosqichida
|
7.39
7.40
|
|
| |