• 8-rasm. Yo’l to’shamasi qalinligi hisoblashda yondosh g’ildiraklar ta’sirini hisobga olish usuli
  • «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi




    Download 2,89 Mb.
    bet8/18
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,89 Mb.
    #145162
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma

    Qoplamaning asosiy
    qatlami

    E
    MPA

    7-rasm. Elastik deformatsiyalar bo’yicha hisoblashda talab etilgan yig’indi modulni aniqlash uchun nomogramma.
    A va B guruh avtomobillaridan beriladigan hisobiy yuklamaga keltirilgan harakat intensivligini qoplamaning hisobiy xizmat muddatining oxirgi yili uchun bitta harakat polosasiga qabul qilish kerak, bu muddat yo’l to’shamasining qalinligini hisoblashda 10 yilga teng deb qabul qilinadi. Yo’llarda turli avtomobillar harakat qilganligidan hisoblashlarda ular yo’l to’shamasiga ta’siri bo’yicha ekvivalent bo’lgan hisobiy avtomobillar soniga keltiriladi.

    8-rasm. Yo’l to’shamasi qalinligi hisoblashda yondosh g’ildiraklar ta’sirini hisobga olish usuli:
    1 - I g’ildirak ta’sirida egilish; 2 - II g’ildirak ta’sirida egilish; 3 - ikki g’ildirak ta’sirida jami egilish.
    Haqiqatda yo’l to’shamalarining egilishiga qo’shni g’ildiraklardan tushgan yuklama ham ta’sir etadi, chunki qoplamaning egilish to’lqinlari ko’pincha bir-birini qoplaydi (16.6-rasm). Bu holni treylerlar va uch o’qli avtomobillarni o’tkazadigan yo’l to’shamalarini hisoblashda nazarda tutish zarur.
    9

    sm
    -rasm. KrAZ avtomobili 50 km/soat tezlik bilan o’tganida to’shama qum qatlamida 25 va 35 sm chuqurlikda hamda sement-grunt asosli asfaltbeton qoplama ostidagi gruntda 50 sm chuqurlikda vertikal kuchlanishlar epyurasi.


    9-rasmda gruntda turli g’ildiraklardan tushgan kuchlanishlar epyurasini jamlash usuli ko’rsatilgan.
    Hisobiy yuklama ta’sir etganida yo’l to’shamasining katta bog’lanishga ega bo’lmagan qatlamlarida yo’l to’shamasining deformatsiyalanishiga olib keluvchi siljish hodisalari yuzaga kelmasligi kerak. Bog’lanmagan materiallardan qurilgan konstruktiv qatlamning biror nuqtasida siljishlarga qarshi turg’unlik shartlari Kulon tengsizligi bilan ifodalanadi:
    max≤  tg+s, yoki max- tg≤s (13)
    bu yerda max - maksimal urinma kuchlanish;  - maksimal urinma kuchlanishlar ta’sir etayotgan yuzaga kuchlanishlarning normal tashkil etuvchisi;  - bog’lanmagan materialning ichki ishalanish burchagi; s - ilashish.
    O’zgartirilgan ifodaning chap qismi max-tg=Тf faol siljish kuchlanishi deb ataladi.
    Siljish faol kuchlanishining eng katta qiymati, odatda, yuklangan yuza markazining ostida, qatlamlar orasidagi urinish joyida yoki undan pastroqda bo’ladi.
    Muvaqqat yuklamadan hosil bo’lgan siljishga qarshilik faol kuchlanishi Morning mustahkamlik mezoni bo’yicha to’shama gruntning g’ildirak izi markazi ostida eng katta kuchlangan nuqtasidagi chegaraviy muvozanatlik shartiga mos kelib, quyidagicha ifodalanadi.
    , (14)
    bu yerda 1 , 3 - ayni nuqtadagi maksimal va asosiy minimal kuchlanishlar, ular yo’l to’shamasi ikki qatlamli ekvivalent to’shamaga keltirilgandan keyin aniqlanadi;  - ichki ishqalanish burchagi.
    Siljish faol kuchlanishiga, shuningdek, yo’l to’shamasining ko’rilayotgan qatlamdan yuqorida yotgan qatlamlarining o’z og’irliklari ham ta’sirqiladi. Bu omilni hisobga olish uchun v tuzatma kiritiladi. Ichki ishqalanish burchagi va to’shamaning qalinligiga qarab v musbat ham, manfiy ham bo’lishi mumkin.
    Shunday qilib to’shamaning siljishga qarshi turg’unlik mezoni etib quyidagi uzil-kesil shart qabul qilinadi.
    Тfaolshax=(ТfaolV)Тj=k1k2k3s (15)
    bu yerda Тj - gruntdagi siljish joiz kuchlanishi; s - hisobiy davrda yo’l poyi faol zonasidagi gruntning ilashishi; k1, k2, k3 - xususiy zahira koeffitsiyentlari; k1 - qisqa muddatli impulsiv qo’zg’aluvchan yuklama qo’yilganida ilashish s ning kamayishi (qisqa muddatli yuklamalarda k1=0,6, takrorlanishi kam bo’lgan yuklamalar uzoq muddat ta’sir etganida k1=0,9) k2 - zaxira koeffitsenti, u qurilish texnologiyasi buzilishini, ob-havoning o’ta noqulay sharoitlarini hisobga oladi. Harakat intensivligiga qarab, k2 50avt./sut o’tganda 1,23, 5000 avt./sut o’tganda 0,55 ga teng; k3 - yo’l to’shamasi konstruksiyasida turli gruntlarning ishlash hususiyatini hisobga oluvchi koeffitsent. Yirikligiga qarab qumlar uchun k3=3,0...7,0; loyli gruntlar uchun k3=1,5.
    Yo’l to’shamasi og’irligining ta’sirini hisobga olish uchun yordamchi nomogramma berilgan. Puasson koeffitsenti yo’l to’shamasi materiallari uchun 0,25 va grunt uchun 0,35 olingan.
    Konstruktiv qatlamning siljishga qarshi turg’unligi quyidagicha tekshiriladi:
    tekshirilayotgan qatlamdan yuqorida joylashgan qatlamlarning o’rtacha hisobiy elastiklik moduli qo’yidagi tarkibiy formula bilan aniqlanadi.
    (16)
    bu yerda E1, E2 - konstruktiv qatlamlarning hisobiy elastiklik modullari bo’lib, bu qatlamlarning qalinligi tegishlicha h1, h2...ga teng.


    Download 2,89 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 2,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi

    Download 2,89 Mb.