O‘quv yili davomida amaliyot jarayonida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot




Download 26.53 Kb.
Sana06.03.2024
Hajmi26.53 Kb.
#167983
Bog'liq
Amaliyot hisobot.oxirgi
Намуна, 2 5357221091800517419, 2 5357498499443199130, Lesson 1. Work and jobs. Ways o fworking, O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent avtomobil , 1f50072308e237942c63f2bd02fd2fb7, 9-Sinf, hisobod


O‘quv yili davomida amaliyot jarayonida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot.
2023-2024-o’quv yilining _____________dan ___________gacha bo’lib o’tgan o’quv amaliyoti matmatika o’qitish metodikasi fani va pedagogik amaliyot (4-kurs) uchun fundamental asos bo’lib xizmat qildi. Men amaliy faoliyatimni Toshkent Shahar Mirzo Ulug`bek tumani 222-son umum ta’lim maktabida olib bordim. Amaliyotda men dars o’tish metotlarni o’rganish, har bir darsni o’quv reja asosida borishi, o’quv reja tuzish, sinf rahbari ish faoliyatini yaqindan o’rganish, o’quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ish faoliyati hamda yillik ish rejalari, meyoriy hujjatlari bilan tanishib chiqdik.
Bu amaliyotning 1-kuni: Amaliyot rahbari Matnazarov U. B tomonidan amaliyot oldi konferensiyasida amaliyot qay tartibda bo’lishini tushuntirib berdilar. Hamda maktab rahbari bilan tanishish, maktab nizomi, ichki tartib qoidalari, yo‘l xaritasi bilan dars jadvali qay tartibda tuzish bo’yicha o’quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosar ma’lumot berib o’tilar, sinf xonalari ko’rsatib xona gigienasi, har bir xona fanga munosib jihozlangani, darslar ko’rgazmali qurollar hamda taqdimotlar orqali olib borilishi tartiblarini o’rganib chiqdim.
Amaliyotning 2-kuni: Maktab ichki tartib qoidalari burchagi hamda hayot xavfsizligi burchagini o’qib o’rgandim. Bu burchaklar har bir maktabda bo’lishi lozimligi. O’qish davomida ustozlarimdan o’rgangan dars o’tish uslubimni sinash maqsadida 6-sinf hamda 7-sinflarda dars o’tim.
Amaliyotning 3-kuni: O‘quv-me’yoriy hujjatlar (namunaviy reja, kalendar reja) o’rganib, 2023-2024-o’quv yil uchun ish rejani ko’rib o’zim ham tuzib o’rgandim.
Boshqa fan o’qtuvchilarni darslarini kuzatgan holda yanada ko’plab yangi dars o’tish metodlarni o’rganib chiqdi.
Amaliyotning 4-kuni: Maktabdagi xonalar fanlarga munosib jihozlar bilan taminlangani hamda har bir dars amaliyot qo’shilgan holda olib borilishini dars kuzatishga kirib o’rganib chiqdim. Fizika, ximiya, biologiya fanlari labaratoriya orqali o’quvchilar mavzularni yanada yaxshi va chuquroq o’zlashtirib boradilar.
Amaliyotning 5-kuni: 6-sinfda infarmatika darsini o’tim.
Darsimni kuzatishga matematika o’qtuvchisi kirdilar, dars o’tish usulimdagi xato va kamchiliklarimni aytib o’tidilar va bir necha takliflar berib o’tilar.
Amaliyotning 6-kuni: 9-10-sinflarni darslarini kuzatgani kirdim. Yuqori sinflarda dars o’tish usullarini o’rgandim hamda yuqori sinf o’quvchilarida dars qiyinroq olib borilishini bildim. Chunki bu sinf o’quvchilari o’smir yoshda bo’lgan bolalar bo’lgani sabab yuqori sinf o’quvchilarga psixologig yondashgan holda dars olib borish lozim ekan.
Amaliyotning 7-kuni: Maktab psixologi bilan suhbat olib borildi. Hamda o’zimga biriktirilgan sinfdan psixologik so‘rovnoma o‘tkazidim va psixolog boshchiligida so‘rovnoma natijalarini taxlil qildim.
Amaliyotning 8-kuni: Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi yillik o‘tkaziladigan tadbirlar ish rejasi bilan tanishib qay tartibda bo’lishlarini o’rganib chiqdim. O’zimga biriktirilgan sinflarda dars jadvali asosida dars o’tim.
Amaliyotning 9-kuni: 7-hamda 8-sinflarning dars jarayoni kuzatgani, o’quvchilarni dars jarayonida o’zini qanday tutishini kuzatim. Dars kuzatish hamda dars tahlilini yozishlarni o’rgandim.
Amaliyotning 10-kuni: Biriktirilgan sinfning darslarini kuzatish, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarining psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganib va tahliliy ma’lumotnomalar tayyorladim. Ma’lumotnomaning xulosa qismida bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalarimni berdim.
Amaliyotning 11-kuni: Kundalik elektron platformasida ish tartibini o’rganib, jurnallarda elektron baxolar qo‘yilishini tartibini o‘rganib va tahlil qildim. Elektron jurnalni yuritishni o’rgandim.
Amaliyotning 12-kuni: Biriktirilgan sinfda o‘tkaziladigan ma’naviyat soatlarida ishtirok etish hamda bir soatlik tarbiyaviy soat ishlanmasini tuzib ko’rdim. Sinf rahbarining ma’naviyat soati ishlanmasini ko’rib o’rganib chiqdim. Maktablarda haftaning har juma kuni ma’naviyat soati bo’ladi.
Amaliyotning 13-kuni: O’zimga biriktirilgan sinflarda dars o’tim hamda o’quvchilarni diqqatini bir nuqtaga qaratishni, darsga diqqatni jalib qilishlarni o’rganib, qiziqishilariga etibor bergan holda darsni qiziqarlik qilib o’tish.
O’quvchilarni bilim faoliyatini hal xil bo’lgani uchun osondan mukammalashtirilgan holda mavzularni tushuntirib berishni o’rgandim va qo’lab ko’rdim.
Amaliyotning 14-kuni: Sinf rahbarining ota onalar bilan ishlash yillik ish rejasi bilan tanishish. Sinf rahbarining yillik ish rejasi namunasi asosida ota onalar bilan ishlash yillik ish rejasi loyihasini tayyorlashni o’rgandim. Ota- onalar bilan uchrash maqsadlarini bilib o’rgandim.
Amaliyotning 15-kuni: O’zimga biriktirilgan sinflarda dars o’tim va baholash tartibiga asoslanib o’quvchilarni baholadim.
Amaliyotning 16-kuni: O’zimga biriktirilgan sinflarda dars o’tib, hamda dars tahlilga kirib dars o’tish metodlarni o’rganishni davom etim. Ma’naviyatchining ish rejalari bilan tanishib, ma’naviyat xonasini qanday bo’lishi qanday burchaklar bo’lishini o’rgandim.
Amaliyotning 17-kuni: Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda targ‘ibotchi ishtirokida maktabda o‘tkaziladigan tadbirlarning o‘ziga xos jixatlarini o’rganib chiqdim. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdim, ish rejalarini o’rganib chiqdim.
Amaliyotning 18-kuni: O’zimga biriktirilgan sinflarda dars o’tim video dars asosida darsni qiziqarli qilib olib bordim va baholash tartibiga asoslanib o’quvchilarni baholadim.
Amaliyotning 19-kuni: O’zimga biriktirilgan sinflarda dars o’tim hamda o’quvchilarni diqqatini bir nuqtaga qaratishni, darsga diqqatni jalib qilishlarni o’rganib, qiziqishilariga etibor bergan holda darsni qiziqarlik qilib o’tish.
O’quvchilarni bilim faoliyatini hal xil bo’lgani uchun osondan mukammalashtirilgan holda mavzularni tushuntirib berishni o’rgandim va qo’lab ko’rdim. Biriktirilgan sinf rahbarining yillik ish rejasi bajarilishini o‘rganish va o‘quv yili yakuni hisobotining tayyorgarlik jarayoni bilan tanishib. Sinf rahbarining ish rejasini tuzish tartiblarini o’rganib chiqdim.
Amaliyotning 20-kuni: Amaliyotning oxirgi kunida o’zimga biriktirilgan sinflarda dars o’tib, maktab rahbari bilan suhbat qilib amaliyotga tegishli tahlili daftarimga imzo qo’yib berdila.


Download 26.53 Kb.




Download 26.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv yili davomida amaliyot jarayonida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot

Download 26.53 Kb.