• 2-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Yo’l to’shamasini hisoblash printsiplari (2 saot). Ishning maqsadi
  • Ishni bajarish tartibi
  • 4-rasm. Ko’p qatlamli yo’l to’shamasida avtomobillarning g’ildiraklaridan hosil bo’ladigan kuchlanish: a - vertikal kuchlanishlar  z
  • 5 Qoplama -rasm. Yo’l to’shamasi-ning konstruktiv qatlamlari: 1 Asos
  • Yo’l poyi grunti (to’shama grunti)
  • «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi




    Download 2,89 Mb.
    bet4/18
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,89 Mb.
    #145162
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma

    Topshiriq variantlari
    1-jadval.

    T/r

    H1

    H2

    T/r

    H1

    H2

    1

    0

    10

    11

    100

    110

    2

    10

    20

    12

    110

    120

    3

    20

    30

    13

    120

    130

    4

    30

    40

    14

    130

    140

    5

    40

    50

    15

    140

    150

    6

    50

    60

    16

    150

    160

    7

    60

    70

    17

    160

    170

    8

    70

    80

    18

    170

    180

    9

    80

    90

    19

    180

    190

    10

    90

    100

    20

    190

    200


    Rasmiylashtirish tartibi
    Talabalar jurnaldagi tartib raqamiga ko’ra variantlarni olishadi va topshiriq variantini bajaradilar. Amaliy mashg’ulot daftarlariga yozib savol-javob tarzida rasmiylashtirishadi.
    Nazorat savollari
    1. Yer ishlari hajmini hisoblash formulasi qanday ?
    2. Ko’tarma deb nimaga aytiladi ?
    3. O’yma deb nimaga aytiladi ?
    4. «+» va «-» belgilar nimani anglatadi ?
    2-Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Yo’l to’shamasini hisoblash printsiplari (2 saot).
    Ishning maqsadi: Avtomobil yo’llarini loyihalash jarayonida yo’l to’shamasini hisoblash kerak bo’ladi. Bu ishdan maqsad yo’lning yashash davrini uzaytirish va mustahkam to’shamani loyihalashni o’rganish.
    Ishni bajarish tartibi: Avtomobillarning yil bo’yi harakatlanishini ta’minlash uchun yo’lning qatnov qismida yo’l to’shamasi quriladi. Yo’l poyi sirtiga iqlim omillariga va transport g’ildiraklarining ta’siriga yaxshi qarshilik ko’rsatadigan materiallardan yotqiziladi.
    Avtomobillar o’tganida yo’l to’shamasida hosil bo’ladigan kuchlanishlar chuqurlik ortgan sari so’na boradi. Bu yo’l tushamasini ko’p qatlamli qilib loyihalashga imkon beradi, bunda uning ayrim qatlamlarida ta’sir etuvchi kuchlar va iqlim omillarining intensiv ta’siriga mos holda turli mustaxkamlikdagi materiallardan foydalaniladi.

    а)

    b)

    4-rasm. Ko’p qatlamli yo’l to’shamasida avtomobillarning g’ildiraklaridan hosil bo’ladigan kuchlanish:
    a- vertikal kuchlanishlar z epyurasi; b - gorizontal kuchlanishlar x epyurasi;1 - qoplama; 2 - asos; 3 - asosning qo’shimcha qatlami; 4 - to’shama grunt; 5 - yo’l to’shamasidagi kuchlanish; 6 - bir jinsli gruntdagi kuchlanish.
    Yo’l to’shamasida quyidagi qatlamlar bo’ladi :

    5
    Qoplama
    -rasm.
    Yo’l to’shamasi-ning konstruktiv qatlamlari:
    1
    Asos
    - sirti ishlov berilgan qatlam; 2 - mayda donli asfaltbeton; 3 - yirik donli asfaltbeton; 4 – bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh; 5 - chaqiq tosh; 6 - qum.

    q
    Yo’l poyi grunti
    (to’shama grunti)
    oplama
    - yo’l to’shamasining yuqorigi, eng mustahkam, odatda suv o’tkazmaydigan, yeyilishga, zarbiy va siljituvchi yuklamalarga yaxshi qarshilik ko’rsatadigan, shuningdek iqlim ta’siriga chidamli nisbatan yupqa qatlami. Qoplama ancha qimmat turadigan materiallardan yotqizilganligi uchun u ruxsat etiladigan minimal qalinlikda bo’ladi. qoplama yo’lning zarur foydalanish sifatlarini ta’minlaydi (sirtning tekisligi, shina bilan ilashish koeffitsiyenti katta). Qqoplamada uning zarur sifatlarini ta’minlaydigan asosiy qatlamdan tashqari, zahira (yeyilish) qatlami bo’ladi. Bu qatlam hisobiyq alinlikka kirmaydi va yo’ldan foydalanish jarayonida vaqt-vaqti bilan tiklab turiladi. Suv o’tkazmaslik hossalari va yeyilishga qarshiligi yetarli bo’lmagan qoplama ustiga yupqa himoya qatlami yotqiziladi (sirtiga ishlov berilgan qatlamlar). Bu qatlam bog’lovchi organik materiallar quyib, bir xil mayda chaqiq toshlarni sepib hosil qilinadi. qoplama sirtiga ishlov berish, shuningdek, foydalanish jarayonida silliq sirtlarning g’adir-budirligini oshirish uchun qo’llaniladi;
    asos -to’shamaning toshlardan yoki bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan gruntdan qurilgan ko’tarib turuvchi mustahkam qismi.
    Asos bosimni to’shamaning pastda joylashgan qo’shimcha qatlamlariga yoki yo’l poyi gruntiga (to’shama gruntga) uzatish va taqsimlash uchun mo’ljallangan. Shuning uchun asos yaxlit,siljish va egilishga qarshi ustivor bo’lishi kerak. Asosga avtomobil g’ildiraklari bevosita ta’sir etmaydi, ob-havo yog’nlari esa kam ta’sir etadi. Shuning uchun asosni qurishda qoplama va yeyilish qatlamidagiga qaraganda mustahkamligi kamroq materiallardan ham foydalanish mumkin. Asosni yotqizishda mahalliy materiallar - sanoatning mustahkam chiqindilari, bog’lovchi materiallar bilan ishlov berilgan toshlardan foydalanish mumkin.
    Asos bitta yoki bir nechta qatlamlardan iborat bo’lishi mumkin. Keyingi holda asosning yuqorigi qatlamlari ancha mustahkam materiallardan yotqiziladi. Тakomillashtirilgan qoplamalar yotqizishda sirtqi nam ta’siridan himoyalangan asos ishki muzlash davrida namning yo’l poyida pastdan yuqoriga ko’tarilishi natijasida namlanishi mumkin. Shuning uchun namlanishga chidamli materiallardan quriladi.

    Download 2,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi

    Download 2,89 Mb.