|
«avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi
|
bet | 6/18 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,89 Mb. | | #145162 |
Bog'liq Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanmaTopshiriq variantlari
Talabalar yo’l to’shamasini hisoblash prinsiplariga amal qilib o’zlariga berilgan kurs loyiha ishidagi yo’lning darajasidan kelib chiqib yo’l to’shamasini turini tanlaydilar ShNQ 2.05.02-07 ning bandlarga muvofiq qabul qiladilar.
Rasmiylashtirish tartibi
Talabalar topshiriqni bajaradilar. Amaliy mashg’ulot daftarlariga yozib savol-javob tarzida rasmiylashtirishadi.
Nazorat savollari
1. Yo’l to’shamasi deb nimaga aytiladi ?
2. Qanday yo’l to’shamalarini bilasiz ?
3. Kapital yo’l to’shamasini qoplamasi qanday ?
4. Eng past yo’l to’shamasini qoplamasi qanday ?
3-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Yo’l to’shamasini uchta mezon va muzlashga bardoshlik bo’yicha hisoblash (8 saot).
Yo’l to’shamasini elastik egilishga hisoblash
Bog’lanmagan qatlamlarda siljishga qarshi mustahkamlikni hisoblash
Monolit qatlamda hosil bo’ladigan egilishdan chuzilishga qarshilikni hisoblash
Yo’l to’shamasini muzlashga bardoshlik bo’yicha hisoblash
Ishning maqsadi: Avtomobil yo’llarini loyihalash jarayonida yo’l to’shamalari to’g’ri tanlash asosiy rol o’ynaydi. Shuning yo’l to’shamasini uchta mezon va muzlashga bardoshlik bo’yicha hisoblashni o’rganish ishning maqsadi hisoblanadi.
Ishni bajarish tartibi: Yo’l to’shamasini elastik egilishga hisoblashmiz, bog’lanmagan qatlamlarda siljishga qarshi mustahkamlikni hisoblaymiz, Monolit qatlamda hosil bo’ladigan egilishdan chuzilishga qarshilikni hisoblaymiz hamda yo’l to’shamasini muzlashga bardoshlik bo’yicha hisoblashni o’rganamizQurilish mexanikasi nuqtai nazaridan yo’l to’shamalari elastik-izotrop yarim bo’shliqda - gruntda yotuvchi turli bikirlikdagi qatlamlardan tuzilgan ko’p qatlamli tizimdan iborat.
Bosimni uzatish, ko’p qatlamli tizimdagi qatlamlarning cho’kishi va siqilishi alohida qatlamlarning qalinligiga, ularning elastiklik modullarining va Puasson koeffitsiyentlarining nisbatiga, deformatsiya jarayonida bir qatlamning boshqa qatlam bo’yicha siljish ehtimoliga bog’liq. Bir jinsli bo’lmagan nochiziq deformatsiyalanadigan materiallar uchun (bularga yo’l to’shamalarining konstruktiv qatlamlari asfalt-beton, shibbalangan chaqiq tosh va b. kiradi) grunt asosga beriladigan kuchlanishlarni hisoblashga imkon beradigan nazariy yechimlar hali topilgani yo’q. Shuning uchun biroz shartlilik bilan yo’l to’shamalarini hisoblashda, elastiklik nazariyasida ishlab chiqilgan, kuchlanishlarning ko’pqatlamli tizimlarda taqsimlanishi qonuniyatlariga asoslanadi. Bu qonuniyatlarning yo’l to’shamalari uchun qo’llanishi shu bilan asoslanadiki, ular kam egilganda chiziqli deformatsiyalanadigan ko’p qatlamli tizim kabi ishlaydi.
|
| |