• Ishning maqsadi
  • 1-rasm. Grunt sirti gorizontal bo’lganda ko’tarma va o’ymalar hajmini aniqlashga oid sxema . 2-rasm.
  • «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi




    Download 2,89 Mb.
    bet2/18
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,89 Mb.
    #145162
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Avtomobil yo\'llarini loyihalash uslubiy qo\'llanma

    1-Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Yer ishlari hajmni hisoblash va ularning taqsimlash grafigini tuzish (6 soat).

    1. Yer ishlari hajmi

    2. Yer ishlari hajmni hisoblash

    3. Yer ishlari taqsimlash grafigini tuzish

    Ishning maqsadi : Avtomobil yo’llarini loyihalashda bajarilishi kerak bo’lgan yer ishlarini hajmini hisoblashni o’rganish va shu asosida yer ishlarini o’yma va ko’tarmada ketadigan tuproq ishlari taqsimlash grafigini tuzishni o’rganish.
    Ishni bajarish tartibi: Birinchidan yer ishlari hajmi qayerda ishlatilishi nima uchun kerakligini va u haqida tushuncha olamiz. Ikkinchidan yer ishlarini hajmini hisoblashnim o’rganamiz va so’ngida taqsimlanish grafigini tuzamiz.
    Ishlarni tashkil etish, yo’l mashinalari turini tanlash va qurilish qiymatini aniqlash uchun ayrim uchastkalarda va umuman yo’lda yo’l poyini ko’tarish uchun zarur bo’lgan yer qazish ishlari hajmlari aniqlanishi kerak. Yer qazish ishlari bo’ylama profilda yozilgan ishchi belgilari asosida hisoblanadi.
    Bo’ylama profilning ikki ketma-ket singan joylari oralig’idagi ko’tarmaning qisqa uchastkasini, joyning ko’ndalang qiyaligi bo’lmaganida, muntazam geometrik jism-asoslari trapetsiyasimon bo’lgan prizmatoid deb qarash mumkin.





    1-rasm. Grunt sirti gorizontal bo’lganda ko’tarma va o’ymalar hajmini aniqlashga oid sxema.

    2-rasm. Ishchi belgilari bir hil bo’lgan ko’tarma va o’yma hajmlaridagi farq.

    Prizmatoidning hajmini aniqlash uchun uning uchlarining biridan masofada qalinligi d bo’lgan vertikal qatlam ajratamiz. Bu joyda ishchi belgisi h ga teng.
    Elementarq atlamning hajmi
    (1)
    bu yerda V - yo’l poyining tepasi bo’yicha eni; m - qiyaliklarning yotqizilish koeffitsiyenti.
    Prizmatoidning to’la hajmi
    (2)
    Ko’rilayotgan nuqtada ko’tarmaning balandligi
    , (3)
    bu yerda L - prizmatoidning uzunligi.
    (3) tenglamaga h ning qiymatini qo’yib va uni 0 dan L gacha chegarada integrallasak, ancha katta ko’p xadli tenglama hosil bo’ladi. Uni oxirgi profillarning maydonlari
    (4)
    ni hisobga olib o’zgartirsak, quyidagi ifoda hosil bo’ladi
    (5)
    Agar prizmatoidning o’rtasida maydon profilini deb belgilasak (bu yerda Hur=(N1+N2)/2), u holda ifoda quyidagi ko’rinishni oladi
    (6)
    (5) va (6) ifodalarda ikkinchi hadlari birinchi hadlariga qaraganda kichik. Shuning uchun ularni H1 va N2 belgilarning farqi 1 m dan ortiq bo’lganidagina hisobga olish kerak. qo’shni belgilar farqi kam bo’lganida yer qazish ishlarini aniqlash uchun soddalashtirilgan quyidagi ifodalardan foydalanish mumkin:
    ; (7)
    (8)
    Bularning birinchisi yer qazish ishlari hajmining oshirilgan qiymatini, ikkinchisi kamaytirilgan qiymatining beradi. (7) va (8) tenglamalar ko’tarmalar va o’ymalar hajmini aniqlash uchun bir xilda yaroqlidir.
    Biroq ishchi belgilari teng bo’lganida va qatnov qismlarining hamda yo’l chetlarining kengliklari teng bo’lganida yo ariqlar mavjudligi tufayli paydo bo’lgan qo’shimcha hajm hisobiga o’ymalar hajmi ko’tarmalar hajmidan katta bo’ladi.
    Ko’rib chiqilgan formulalar yo’lning plandagi va profildagi to’g’ri chiziqli uchastkalariga taaluqlidir. Yo’llarning zamonaviy usullarda planda klotoid egri chiziqlar va bo’ylama profilda vertikal egri chiziqlar bilan o’tkazishda yo’lning o’qi egri chiziqli bo’lib chiqadi. Planda yo’lning egriligi tekislik joylarda yer qazish ishlari hajmiga ta’sir qilmaydi. Gyulden teoremasiga asosan aylanish jismining hajmi uning profil yuzining og’irlik trayektoriyasi uzunligiga ko’paytmasiga teng.
    Joyning ko’ndalang qiyaligi bo’lmaganida yo’l poyining og’irlik markazi uning trassa uzunligi o’lchanadigan o’qida joylashadi.
    Katta ko’rsatkichli klotoidalarning egrilik radiuslari ravon o’zgarganligi sababli yer qazish ishlari hajmi hisoblanayotgan qisqa uchastka chegarasida egrilik radiusi o’zgarmaydi.
    Relef o’nqir-cho’nqir bo’lib, ko’tarmalar va o’ymalar almashinib kelgan sharoitlarda yo’l poyi bir qancha usullar bilan ko’tarilishi mumkin: o’ymalar qazishda chiqan gruntni ko’tarmaga to’kish (bo’ylama tashish); ko’tarma uchun gruntlarni chetda joylashgan karer yoki rezervlardan olish, o’ymalardan chiqan gruntni esa chetga - pastlik joylarga yoki ag’darmalarga olib borish to’kish (ko’ndalang tashish).

    b)


    Download 2,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 2,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi

    Download 2,89 Mb.