204
8-TAJRIBA IShI
Mavzu: Avtomobillarni oldingi g’ildiraklarini o’rnatish burchaklarini aniqlash va sozlash
texnologiyasi
.
1.Ishdan maqsad:
Shkvoren birikmasini yoki oldingi osma kronshteynining radial va o’q bo’ylab og’ish
burchaklarini o’lchash, boshqarish g’ildiraklarining yaqinlashuv va og’ish
burchaklarini jihozlar
yordamida aniqlashni o’rganish.
2. Ishning mazmuni:
Laboratoriya ishi kafedra laboratoriya bazasida yoki ilg’or ATK larning birida o’tkaziladi.
Bunda talabalar boshqaruv g’ildiraklarining o’rnatish burchaklarini aniqlash va soz sozlash hamda
ularning nosozliklari natijasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan jarayonlar to’g’risida ko’nikma hosil
qiladilar.
3. Jihozlar:
1. Neksiya, VAZ yoki boshqa turdagi avtomobillar.
2. Ko’rish chuqurchasi.
3. G’ildiraklarni o’rnatish burchaklarini tekshiruvchi va sozlovchi jihoz.
4. Chilangarlik asboblar to’plami.
4.Ishni bajarish tartibi:
1.Boshqaruv g’ildiraklari osmalarining texnik holatini aniqlash.
2.Shkvorin birikmasi yoki oldingi osma kronshteynining radial va o’q bo’ylab og’ish
burchaklarini aniqlash va sozlash.
3.Boshqaruv g’ildiraklari o’rnatish burchaklarini aniqlash va sozlash.
4. Ishlatiladigan jihoz va asboblar bilan tanishish.
5.Umumiy ma’lumotlar:
Avtomobilning boshqarish g’ildiraklarini o’rnatilish burchaklarining me’yorida bo’lishi,
uning
ravon yurishini, engil boshqarilishini, shinaning kam emirilishini
va tebranishga qarshiligini,
yonilg’i sarfining kamayishini ta’minnlaydi.
Chizmada a-burilish ustinining bo’ylama og’ish burchagi, b-g’ildirakning og’ish burchagi,
v- burilish ustinining ko’ndalang og’ish burchagi, A, B-yaqinlashuv o’lchami kattaligini aniqlovchi
o’lchamlar, V-rul tortqilari sharnirlari orasidagi masofalar keltirilgan.
Zamonaviy avtomobillarda, avtobuslar va yuk avtomobillarida oldingi g’ildiraklarining
o’rnatilish burchklaridan faqatgina yaqinlashuv burchaklarigina sozlanadi. Sozlash ishlari K-463
turidagi teleskopik chizg’ich yordamida amalga oshiriladi. Quyida teleskopik lineykaning
tuzilishi
keltirilgan. Lineykaning 7-tayanchli 6-harakatlanuvchi uchi avtomobilning oldingi g’ildiraklari
koleyasi kattaligiga qarab suriladi va 5-qotirgich bilan mahkamlanadi. Chizg’ichning ikki uchiga
qotirilgan 8-zanjirlar chizg’ichni ikkala tomonini poldan bir hil balandlikda o’rnatishni
ta’minnlaydi.
205
Yaqinlashuv buchagini sozlash
yon tortqilarning uzunligini
o’zgartirish bilan bajariladi. Shaklda yaqinlashuv burchagini sozlash
uchun tortqining uzunligini o’zgartirilishi keltirilgan. Buning uchun
3-xomutning 1-gaykasi bo’shatiladi
va sozlovchi trubka buragich
yordamida kerakli o’lchamni hosi qilguncha buraladi.
Oldingi ko’prik birikmalarini diagnostikalash va sozlash ishlari 1-TXK, 2-TXK, SXK va JT
davrida bajariladi. Ishlash jarayonida eng ko’p ediriladigan oldingi ko’prik detallaridan shkvoren
va burash mushti vtulkasi hisoblanadi. Diagnostikalash natijalariga ko’ra
bu detallar yangisiga yoki
ta’mirlanganiga almashtiriladi.
Zamonaviy oldingi ko’prigi etaklovchi avtomobillarda esa qildiraklarning og’ish va
kronshteynning o’rnatish burchaklari me’yoridan farq qilsa, kronshteyn yangisiga almashtiriladi.
VAZ, Moskvich va shu turdagi avtomobillarda g’ildraklarning og’ish burchaklari pastki
yoki yuqorigi richaglarning tagidagi sozlovchi shaybalarning qalinligini o’zgartirish yo’li bilan
amalga oshiriladi.